Bafaev Muxiddin Muxammatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologk texnologiyalarini takomillashtirish», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P66
Ilmiy rahbar: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Halimova Naima Vohidovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda tolerantlikning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash asosida uni shakllantiruvchi psixologik texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar tolerantligini shakllantirishda komponent turlaridan «affektiv komponent», «kognitiv komponent», «konativ komponent», «ehtiyoj-motivasion komponent», «faoliyat uslubi komponenti», «axloqiy-me’yoriy komponent», «qadriyatlarga yo‘nalganlik komponenti», «shaxsiy-ma’noviy komponent», «guruhiy identifikasiya komponenti», «shaxsiy identifikasiya komponenti»larning o‘zaro  ta’siri aniqlangan;
talabalarda tolerantlikning «quyi», «o‘rta», «yuqori» darajalarini ifodalanishiga ko‘ra  etnik tolerantlik o‘zini o‘zi hurmat qilish motivasiyasi bilan ijtimoiy tolerantlik muvaffaqiyatga intilish motivi, eksternal motivasiya bilan uyg‘un holda namoyon bo‘lishi ta’limga nisbatan munosabatning transformasiyalashuv jarayonida o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir etishi asoslangan;
talabalarda tolerant yoki intolerant munosabatlarning motivasion-qadriyatli tuzilmadagi o‘ziga xoc farqlarini shaxsning o‘zini rivojlantirish, o‘ziga nisbatan hurmat hissini shakllanishiga integrasiyasiga asoslanib o‘quv faoliyati va shaxslararo munosabatlarga ta’siri tasniflangan;
«talabalarda tolerantlikni shakllantirish» psixotexnologiyalari kombinasiyasi kognitiv, motivasion-qadriyatli, faoliyat kontekstida motivasion, kognitiv-informasion, affektiv empatiya va xulq-atvor,  ijtimoiy-perseptiv komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda tolerant sifatlarni shakllantirishning konseptual modeli etnik, ijtimoiy tolerantlik xususiyatlariga integrativ ta’sir etish zaruratiga asoslanib “kognitiv-informasion”, “motivasion”, “xulq-atvor”, “emotiv” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Talabalarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik texnologiyalarini takomillashtirishga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talabalar tolerantligini shakllantirishda komponent turlaridan «affektiv komponent», «kognitiv komponent», «konativ komponent», «ehtiyoj-motivasion komponent», «faoliyat uslubi komponenti», «axloqiy-me’yoriy komponent», «qadriyatlarga yo‘nalganlik komponenti», «shaxsiy-ma’noviy komponent», «guruhiy identifikasiya komponenti», «shaxsiy identifikasiya komponenti»larning o‘zaro  ta’siri aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-martdagi PM-316-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM-316 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tolerantlikni shakllantirishning tarkibiy komponentlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
 talabalarda tolerantlikning «quyi», «o‘rta», «yuqori» darajalarini ifodalanishiga ko‘ra  etnik tolerantlik o‘zini o‘zi hurmat qilish motivasiyasi bilan ijtimoiy tolerantlik muvaffaqiyatga intilish motivi, eksternal motivasiya bilan uyg‘un holda namoyon bo‘lishi ta’limga nisbatan munosabatning transformasiyalashuv jarayonida o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir etishi asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-martdagi 316-son buyrug‘iga asosan “Shaxs psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM 316 a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda tolerantlikka oid bilimlar ko‘lami sifatini oshirishga erishilgan;
talabalarda tolerant yoki intolerant munosabatlarning motivasion-qadriyatli tuzilmadagi o‘ziga xoc farqlarini shaxsning o‘zini rivojlantirish, o‘ziga nisbatan hurmat hissini shakllanishiga integrasiyasiga asoslanib o‘quv faoliyati va shaxslararo munosabatlarga ta’siri tasniflangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-martdagi 316-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM 316 a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik xizmat doirasida amaliyotchi psixologlarda ta’lim subekti va obekti orasidagi munosabatlarni obektiv baholash orqali o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan;
«talabalarda tolerantlikni shakllantirish» psixotexnologiyalari kombinasiyasi kognitiv, motivasion-qadriyatli, faoliyat kontekstida motivasion, kognitiv-informasion, affektiv empatiya va xulq-atvor,  ijtimoiy-perseptiv komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-martdagi 316-son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-martdagi PM 316 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning talabalarda tolerantlikni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
 talabalarda tolerant sifatlarni shakllantirishning konseptual modeli  etnik, ijtimoiy tolerantlik xususiyatlariga integrativ ta’sir etish zaruratiga asoslanib “kognitiv-informasion”, “motivasion”, “xulq-atvor”, “emotiv” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-martdagi 316-son buyrug‘iga asosan “Shaxs psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-martdagi PM 316 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning subektning tolerantlik darajasini baholash sifati bo‘yicha imkoniyatlari oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish