Kambarova Dildora Noxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipotireozda migrenga chalingan bemorlar klinik-laborator ko‘rsatkichlarning xususiyati” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4667
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asoidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdug‘afur Axadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migrenning klinik-laborator ko‘rsatkichlari xususiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
manifest gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda migren xuruji og‘ir kechishi va subklinik gipotireozga qaraganda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari hamda triptan tomonidan nazorat qilinmasligi aniqlangan;  
migren bilan gipotireoz birga kelgan bemorlarda giperxolesterinemiya rivojlanishi va lipid spektri ko‘rsatkichlarining oshishi orasidagi bog‘liqlik asoslangan;  
migren bilan gipotireoz birikkan bemorlarda lipidlarning perekis oksidlanish biomarkerlari hisoblangan qon zardobida malon dial`degid va dien kon`yugatlar miqdorining oshishi aniqlangan;
gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migren rivojlanishining antioksidant tizim diagnostik biomarkerlari hisoblangan (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidi) ko‘rsatkichlarini kasallik erta prediktori ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilishi bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: manifest gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda migren xuruji og‘ir kechishi va subklinik gipotireozga qaraganda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari hamda triptan tomonidan nazorat qilinmasligi aniqlanganligi Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Namangan filiali 2024-yil 16-oktyabrdagi 145-sonli buyrug‘i, Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024-yil 7-noyabrdagi 61-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 noyabrdagi 08/17-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: gipoteriozda migrenga chalingan bemorlar  tashhisotini muvofiqlashtirishni o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirish, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migrenni qon zardobida serotonin darajasi va lipid spektori nazoratiniini qo‘llash bilan erta tashxislash, ularni davolash uchun qo‘shimcha laborator-asbobiy tekshiruvlar hamda, davolash chora-tadbirlariga safrlanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi va bu xar bemor uchun bir murojaatidan 35.742 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migrenning klinik laborator tashxisoti uchun bashoratlash mezoni sifatida oksidlovchi tizim biomarkerlari va lipid spektri ko‘rsatkichlarini baholash kasallikning kechishini sekinlashib, asosiy kasallikni avjlanishi va bemorlarning nogironligi kamayib, o‘rtacha umr davomiyligini oshadi, kasalxonaga qayta yotishlar soni, kuni hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamayishi orqali iqtisodiy samara beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: migren bilan gipotireoz birga kelgan bemorlarda giperxolesterinemiya rivojlanishi va lipid spektri ko‘rsatkichlarining oshishi orasidagi bog‘liqlik asoslanganligi Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Namangan filiali 2024-yil 16-oktyabrdagi 145-sonli buyrug‘i, Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024-yil 7-noyabrdagi 61-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 noyabrdagi 08/17-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: gipoteriozda migrenga chalingan bemorlar  tashhisotini muvofiqlashtirishni o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migrenning klinik laborator tashxisoti uchun bashoratlash mezoni sifatida oksidlovchi tizim biomarkerlari va lipid spektri ko‘rsatkichlarini baholash kasallikni to‘g‘ri tashxislash va klinik kechishini bashorat qilish uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi va davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migrenning klinik laborator tashxisoti kasallik asoratlari rivojlanishini, kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: migren bilan gipotireoz birikkan bemorlarda lipidlarning perekis oksidlanish biomarkerlari hisoblangan qon zardobida malon dial`degid va dien kon`yugatlar miqdorining oshishi baxolanganligi Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Namangan filiali 2024-yil 16-oktyabrdagi 145-sonli buyrug‘i, Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024-yil 7-noyabrdagi 61-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 noyabrdagi 08/17-sonli xulosasi) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan biokimyoviiy tadqiqot natijalari surunkali migren aniqlangan bemorlarda bosh og‘rig‘ining uzoq davom etishi va gipoteriozning mavjudligiga bog‘liqlikda oksidant-antioksidant muvozanatining oksidantlar tufayli buzilishi ko‘rsatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Bosh og‘rig‘i 5 yildan ko‘proq muddatda davom etgan bemorlar qonida bosh og‘rig‘i 5 yildan kam davom etganlarga qaraganda AOS (anti oksidant tizimi) ko‘rsatkichining past ekanligi aniqlanadi. Asosiy kasallikni avjlanishi va bemorlarning nogironligi kamayib, o‘rtacha umr davomiyligini oshadi, kasalxonaga qayta yotishlar soni, kuni hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamayishi orqali iqtisodiy samara beradi Xulosa: Giperiteoz va surunkali migren aniqlangan bemorlar qonida LPO (lipidlarning perekis oksidlanish) va AOS (anti oksidant tizimi) ko‘rsatkichlarini o‘lchash ushbu ikki kasallik rivojlanishining patofiziologik asosini shakllantiradi, bu qo‘shimcha diagnostik mezon va bashoratlovchi ahamiyatga ega bo‘lish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali migren rivojlanishining antioksidant tizim diagnostik biomarkerlari hisoblangan (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidi) ko‘rsatkichlarini kasallik erta prediktori ekanligi asoslanganligi Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Namangan filiali 2024-yil 16-oktyabrdagi 145-sonli buyrug‘i, Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024-yil 7-noyabrdagi 61-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 noyabrdagi 08/17-sonli xulosasi) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: surunkali migren va gipotireoz aniqlangan bemorlarda superoksiddismutaza darajasi va faolligining pasayishi kislorodning faol shaklini keltirib chiqaruvchi oksidlanishla shikastlanishga sezuvchan bo‘lib borishdan dalolat beradi hamda ularning asoratlarini davolash uchun katta moddiy xarajatlardan qochish, maqsadli terapevtik va profilaktika choralarini o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan mezonlar ketma-ketligidan foydalangan holda har bir bemor uchun umumiy 35.742 so‘mgacha diagnostik tejash imkonini bergan. Gipotireozda surunkali migren holatini baholashda diagnostik va bashoratlash mezonlarining ishlab chiqilgan algoritmi erta tashxislashga imkon beradi. Xulosa: gipotireoz bilan surunkali migren aniqlangan bemorlarda TTG (tireotrop gormoni), T3 (triyodtironi) , T4 (tiroksin), lipid spektri, 5-NT (gidroksitriptamin) ko‘rsatkichlari, shuningdek, LPO (lipidlarning perekis oksidlanish) va AOS (anti oksidant tizimi) ko‘rsatkichlari kasallik rivojlanishining erta bosqichlarida bashoratlash mezoni sifatida foydalanish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish