Jo‘raev Islomjon Mamasodikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maishiy tanazzul va ijtimoiy inqirozning tarixiy ¬- badiiy talqinlari (“Boburnoma” va “Shayboniynoma” asarlari asosida)”, 10.00.02 - 0’zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Fil2066.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusupjanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Nasrullaev Elmurodjon Jumaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyat ravnaqi yoki tanazzuli oilaviy maishiy muammolar bilan mushtarakligining tarixiy badiiy ifodasini tadqiq etish, tegishli ilmiy nazariy xulosalarga kelishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma”, “Shayboniynoma” kabi badiiy-tarixiy manbalarda davlatchilikning mavjud tarixiy asoslari, jamiyat milliy-madaniy an’analarga muvofiq siyosiy-ijtimoiy adolat, oila va jamiyat munosabatlarning ilmiy-tarixiy, badiiyi ifodalari qay tarzda yoritilganligi, ularning hozirgi zamon jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi, voqeliklar ilmiy va badiiy ifodasidagi uygun hamda mushtarak nuqtalari aniqlangan;
“Boburnoma”, “Shayboniynoma” asarlardagi hukmdorlar oilaviy-maishiy turmushidagi tanazzuli, aksariyat hollarda, ular boshqarayotgan jamiyatning inqirozga olib kelgan omillar tarixiy dalillar, tarixiy haqiqat va badiiy haqiqat talqinlari asosida hamda baiiyat tasvirlarda gavdalantirilgan voqeliklarning so‘z ijodkorligining aniq, ociq-oydin yoki nazm va nasr san’atlarini qo‘llab ishoraviy-badiiy ifodalangan o‘rinlar orqali mualliflarning o‘ziga xos ijodiy mahorati dalillangan;
“Boburnoma”, “Shayboniynoma” asarlarida tasvirlangan davr va ijtimoiy muhitning oilaviy munosabatlarga, tarixiy-siyosiy jarayonlarga, millat va jamiyat a’zolari hayotiy turmush tarziga, mehnat faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi, azaliy qavm-qarindoshlik rishtalarining barqarorligi, bardavomligi muqaddas milliy qadriyat ekanligi badiiy-estetik va ruhiy-emotsional tasir ifodalarning badiiy kuchi orqali talqin etilganligi asoslangan;
temuriylar davri adabiyotida maydonga kelgan janrlardan – memuar asar va tarixiy dostonlarning o‘ziga xos xususiyatlaiga, ularning shakliy va mazmuniy qirralaridagi tasvir yollari, ta’sir vositalari hamda ifoda usullariga shaxsiy yondashuvlar asosida munosabatlar yoritilib, mazkur janrlarda ijod qilgan mualliflarning kuchli badiiy zakovati va keng ilmiy salohiyati ular tasvirlagan voqeyliklarning badiiy ko‘rinishlaridagi tasvirlar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Badiiy asarlarda oila va jamiyat munosabatlariga doir masalalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Boburnoma”, “Shayboniynoma” kabi badiiy-tarixiy manbalarda davlatchilikning mavjud tarixiy asoslari, jamiyat milliy-madaniy an’analarga muvofiq siyosiy-ijtimoiy adolat, oila va jamiyat munosabatlarning ilmiy-tarixiy, badiiyi ifodalari qay tarzda yoritilganligi, ularning hozirgi zamon jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi, voqeliklar ilmiy va badiiy ifodasidagi uygun hamda mushtarak nuqtalari aniqlangan xulosalardan 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 – O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratishda samarali qo‘llanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 16-dekabrdagi 04/1-4169-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma badiiy-tarixiy manbalarda mavjud milliy-madaniy an’analarga muvofiq, adolat, oila va jamiyat munosabatlarning badiiy ifodalardagi ko‘rinishlari orqali boyitilgan;
“Boburnoma”, “Shayboniynoma” asarlarida tasvirlangan davr va ijtimoiy muhitning oilaviy munosabatlarga, tarixiy-siyosiy jarayonlarga, millat va jamiyat a’zolari hayotiy turmush tarziga, mehnat faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi, azaliy qavm-qarindoshlik rishtalarining barqarorligi, bardavomligi muqaddas milliy qadriyat ekanligi badiiy-estetik va ruhiy-emotsional tasir ifodalarning badiiy kuchi orqali talqin etilganligi asoslangan ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 1/04-126-son ma’lumotnomasi). Natijada multimediya muqaddas milliy qadriyatlarni ifodalovchi badiiy-estetik va ruhiy-emotsional tasir ifodalovchi vositalar bilan kengaytirilgan va to‘dirilgan; 
 “temuriylar davri adabiyotida maydonga kelgan janrlardan – memuar asar va tarixiy dostonlarning o‘ziga xos xususiyatlaiga, ularning shakliy va mazmuniy qirralaridagi tasvir yollari, ta’sir vositalari hamda ifoda usullariga shaxsiy yondashuvlar asosida munosabatlar yoritilib, mazkur janrlarda ijod qilgan mualliflarning kuchli badiiy zakovati va keng ilmiy salohiyati ular tasvirlagan voqeyliklarning badiiy ko‘rinishlaridagi tasvirlar orqali isbotlangan xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi. (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10-oktyabrdagi 26-36-908-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy jihati kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish