Nematova Maftuna Mirzajon qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lingvokognitivnoe issledovanie aspekta lakunarnosti nominativnogo polya konsepta “motivatsiya” (na primere sopostavleniya angliyskogo, russkogo i uzbekskogo yazikov)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3875
Ilmiy rahbar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, Filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05. 
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Vositov Valijon Abduvaxobovich; O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mo‘minova Aziza Arslonovna. Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillarida “motivatsiya” konsepti nominatativ maydonidagi lakunarlik hodisasini kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lakunarlik aspekti nafaqat chog‘ishtirilayotgan tillarda kognitiv tuzilmalarning o‘zaro muvofiqsizligi yoki ularning mavjud emasligi kabi hodisalar toifasini (ya’ni tillararo lakunarlikni), balki bir til ichida, uning turli davrlarida ro‘y beradigan voqe’lik obektlarini farqli shakllarda konseptuallashtiradigan hodisalar guruhini (ya’ni ichki til lakunarligini) ham o‘z ichiga olishi isbotlangan;
konseptning nominativ maydonini qurish vositasida milliy til korpuslarida lakunarlik holatini aniqlash metodologiyasi bir xil leksik-frazeologik, paremiologik va assotsiativ maydonlarga tegishli bo‘lgan, shartli ravishda strukturallashgan va belgilangan nominativ birliklar kompleksini o‘rganish orqali samara berishi aniqlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida konseptning nominativ zichlik darajasidagi farqlar yuzaga chiqarilib, “motivatsiya” konsepti leksik-frazeologik va paremiologik maydonlarining yadro zonasida lakunarlikning mavjud emasligi, lekin ularning  periferik zonalarida yaqqol namoyon bo‘lganlik omili ingliz tilida ilmiy terminologiya va individualizmga, rus tilida axloqiy va ijtimoiy-maishiy kategoriyalarga, o‘zbek tilida esa jamoaviylik hamda ma’naviy qadriyatlar kategoriyalarga urg‘u berilishi orqali isbotlangan;
ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida «motivatsiya» bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy ramzlar zinapoya va olov tushunchalari ekanligi isbotlanib, uch tilda ham motivatsiya konsepti assotsiativ maydonining asosiy elementlari – ilhom, ishonch va maqsadga yo‘naltirilganlik bo‘lib chiqqanligi, lakunarlikni vujudga keltiruvchi omillar esa ingliz konseptosferasida harakatlar dinamikasiga, rus konseptosferasida mehnatsevarlik va maqsadga yo‘naltirilganlikka, o‘zbek konseptosferasida esa ruhiy uyg‘unlik, sabr-toqat va qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berilishi tufayli ro‘y berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Motivatsiya» konsepti nominativ maydonining lakunarlik aspektdagi lingvokognitiv tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
lakunarlik aspekti nafaqat chog‘ishtirilayotgan tillarda kognitiv tuzilmalarning o‘zaro muvofiqsizligi yoki ularning mavjud emasligi kabi hodisalar toifasini (ya’ni tillararo lakunarlikni), balki bir til ichida, uning turli davrlarida ro‘y beradigan voqe’lik obektlarini farqli shakllarda konseptuallashtiradigan hodisalar guruhini (ya’ni ichki til lakunarligini) ham o‘z ichiga olishi isbotlangani haqidagi ilmiy xulosa va natijalardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PF201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-yanvar 2025 – yildagi 04/1-4-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada lakunarlikning tavsifi borasida surilgan yangicha qarashlar loyiha samaradorligini va ilmiy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
konseptning nominativ maydonini qurish vositasida milliy til korpuslarida lakunarlik holatini aniqlash metodologiyasi bir xil leksik-frazeologik, paremiologik va assotsiativ maydonlarga tegishli bo‘lgan, shartli ravishda strukturallashgan va belgilangan nominativ birliklar kompleksini o‘rganish orqali samara berishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Ta’lim va taraqqiyot” va “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarning 2025-yil yanvar oyidagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 11-fevral 2025-yildagi 05-09-162-son ma’lumotnomasi). Natijada  konseptning nominativ maydonini qurish vositasida milliy til korpuslarida lakunarlik holatini aniqlash metodologiyasini ilgari surish hisobiga ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan media materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida konseptning nominativ zichlik darajasidagi farqlar yuzaga chiqarilib, «motivatsiya» konsepti leksik-frazeologik va paremiologik maydonlarining yadro zonasida lakunarlikning mavjud emasligi, lekin ularning  periferik zonalarida yaqqol namoyon bo‘lganlik omili ingliz tilida ilmiy terminologiya va individualizmga, rus tilida axloqiy va ijtimoiy-maishiy kategoriyalarga, o‘zbek tilida esa jamoaviylik hamda ma’naviy qadriyatlar kategoriyalarga urg‘u berilishi aniqlanib, ushbu ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasini bajarishda foydanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-yanvar 2025-yildagi 04/1-5-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlaridagi “motivatsiya” konseptining leksik-frazeologik va paremiologik maydonlarining tavsifi bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalar hisobiga loyiha amaliy natijalarining samaradorligi va foydalanish koʻlami ortgan;
shuningdek, ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida «motivatsiya» bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy ramzlar zinapoya va olov tushunchalari ekanligi aniqlanib, uch tilda ham motivatsiya konsepti assotsiativ maydonining asosiy elementlari – ilhom, ishonch va maqsadga yo‘naltirilganlik bo‘lib chiqqanligi, lakunarlikni vujudga keltiruvchi omillar esa ingliz konseptosferasida harakatlar dinamikasiga, rus konseptosferasida mehnatsevarlik va maqsadga yo‘naltirilganlikka, o‘zbek konseptosferasida esa ruhiy uyg‘unlik, sabr-toqat va qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berilishi tufayli ro‘y berishi aniqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasini bajarishda foydanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-yanvar 2025-yildagi 04/1-5-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, rus va o‘zbek lingvomadaniyatlarida “motivatsiya” konseptining assotsiativ maydonini tavsiflash bo‘yicha tavsiyalar loyiha samaradorligini oshirishga hamda uning amaliy qo‘llanish doirasini kengaytirishga xizmat qilgan. Ma’lumotnoma filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashga taqdim etish uchun berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish