Nurdinova Fotima Xolmirzaevning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nasriy asarlar tarjimalarida tarixiylik va milliy xoslikni lingvopragmatik tadqiqi (ingliz va rus adabiyotidan M.Ismoiliy tarjimalari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil2593
Ilmiy rahbar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Jafarov Botir Sattarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Zuhriddin Isomiddinov, filologia fanlari nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Nasriy asarlar tarjimalarida tarixiylik va milliy xosliklarni linvopragmatik jihatdan qayta yaratish muammolarini Mirzakalon Ismoiliyning ingliz va rus adabiyotidan tarjimalari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nasriy asarlar tarjimasida tarixiylik va milliylikning linvopragmatik o‘ziga xos jihatlarini mutarjim Mirzakalon Ismoiliyning so‘z tanlash mahoratini aniqlash misolida ochib berilgan;
          ingliz va rus adabiyotidagi realistik uslubda yaratilgan nasriy asarlarda  tasvirlangan portret va peyzajni o‘zbek tiliga o‘girishda ko‘p o‘rinlarda transkripsiya va transliteratsiya usullaridan foydalanilganligi aniqlanib, ularning tarjimadagi adekvat matnlar asosida isbotlab berilgan; 
          Etel Lilian Voynichning “The Gadfly” ning ingliz tilidan vositachi rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘girilgan tarjimasining qiyosiy o‘rganish asosida tahlil qilish, vositachi til orqali qilingan tarjimaning yutuq va kamchiliklari aniqlash orqali, badiiy asar qahramoni individualligini tarjimada aks ettirishning linvopragmatik jihatlari dalillangan;
          “Inson taqdiri” romani tarjimasi misolida metafora, metonimiya hamda o‘xshatish kabi leksik-stilistik vositalarning qo‘llanishi bilan bog‘liq badiiy matnning linvopragmatik muammolarini ochib berish asosida mazkur paremiologik birliklarning tarjima qilish tamiyillari dalillangan; 
          o‘zbek tiliga bilvosita va bevosita tarjimalar  pragmatikasining o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar misolida Etel Lilian Voynichning “The Gadfly”, M. Sholoxovning “Sud`ba cheloveka” asarlarini M. Ismoiliy tomonidan qilingan tarjima matnlari misolida pragmatik xususiyatlarning tarjimada qayta yaratilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Nasriy asarlar tarjimalarida tarixiylik va milliy xoslikni lingvopragmatik tadqiqi (ingliz va rus adabiyotidan      M. Ismoiliy tarjimalari misolida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida: 
tadqiqotning “Nasriy asarlar tarjimalari masalasining nazariy muammolari” hamda “Asardagi tarixiylik va milliy xoslikni qayta yaratish” nomli boblari va ularda keltirilgan tarixiylik va milliylikka oid bo‘lgan so‘z va iboralar, ularni  tarjimada aks etishi, tarjimaning lingvopragmatik hususiyatlari boʻyicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish va tarjimon mahoratini transkripsion va transliteratsion tarjima usullari vositasida ifodalashga bog‘liq ilmiy xulosa va natijalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149-raqamli “American Drama” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanildi. (Farg‘ona davlat universiteti 2024-yil 23-apreldagi 04/2245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ommaviy nutqiy madaniyatni shakllantirishga doir aniq diskurslarga doir tavsiyalarining nazariy asosi ta’minlangan;
dissertatsiyasining “Nasriy asar tarjimasida badiiy tasviriy vositalarning ifodalanishi”  nomli  boblari  va  ularda  keltirilgan  so‘z  va  iboralar, tasviriy  vositalar ularni  tarjimada aks etishi, tarjimaning lingvopragmatik hususiyatlari boʻyicha ilmiy-nazariy  tavsiyalarni  shakllantirish  va  tarjimon  mahoratini  transkripsion  va transliteratsion  tarjima  usullari  vositasida  ifodalashga  bog‘liq  ilmiy  xulosa  va  natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetida Davlat ilmiy-texnika  dasturlari  doirasidagi  2020-2023 yillarda  amalga  oshirilgan  AM-FZ-201908172 - “O‘zbek  tilining  ta’limiy  korpusini  yaratish”  nomli  grant  loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil 6 iyundagi № 04/1-1477-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlar yanada samarali tashkil etishga erishilgan.
Nasriy asarlar tarjimalarida tarixiylik va milliy xoslikni lingvopragmatik tadqiqi (ingliz va rus adabiyotidan Mirzakalon Ismoiliy tarjimalari misolida) mavzusidagi tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston” teleradio kanali” davlat muassasasi tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarning 2024 yil fevral va avgust oylaridagi sonlari seriyasida foydalanildi. Taniqli yozuvchi hamda mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tomonidan tarjima qilingan “So‘na” romanida go‘zal til birliklari, tasviriy vositalar yuksak mahorat bilan berilganki, ularning har biri alohida tadqiqot darajasida o‘rganilishni taqozo etadi. Tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilganda dissertantning tilshunoslik va tarjimashunoslikka oid fikrlari va xulosalaridan unumli foydalanilgan. (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 4-apreldagi 04-36-448 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tarjimachiligi va uning taraqqiyot tendensiyalari, shu bilan birga badiiy tarjima va unda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi haqida ma’lumot berilgan, teletomoshabinlar tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik borasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishda ilmiylik mezoni ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish