Afakova Ma’mura Shuxratovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Doimiy tishlarning chiqishi xamda mineralizatsiya jarayonini hisobga olgan holda karies samaradorligini oshirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3193.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Saidmurodxon Saidalloevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorus` Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining markaziy hududlarida yashovchi bolalarda doimiy tishlarning chiqishi va minerallashuv vaqtini hisobga olgan holda kariesning oldini olish samaradorligini oshirishdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro va Navoiy viloyatida yashovchi bolalar orasidagi kariesning  tarqalishi, intensivligi, yuza karies hamda (OHI-S) indeksining hududlararo kesimida ekologik sharoitlarni tekshirilganda keskin (19,3 barobarga) farq qilishi isbotlangan;
ilk  bor bolalarda doimiy tishlar chiqishining fiziologik jarayoni pastki jag‘da oldinroq rivojlanishi hamda mazkur holat bolalarning 14 yoshida barcha doimiy tishlar chiqishi bilan yakunlanishi isbotlangan;
ilk bor 7-15 yoshdagi bolalarda qattiq tish to‘qimalarining mineralizatsiya jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘lishining turli mintaqa va bolalarning jinsidan qat’iy nazar, tish fissuralarida emal mineralizatsiyasini to‘liq yakunlanmaganligi isbotlangan;
ilk bor maktab o‘quvchilarida ftoridli "Belak-F" dan foydalanilganda tish fissurasi sohasida emalning elektr o‘tkazuvchanligini o‘rtacha 2,3 martaga ortishi aniqlanib, tishlardagi remineralizatsiya jarayonlari va karies profilaktikasi samaradorligini  oshirilishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 noyabrdagi 09/46– son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Buxoro va Navoiy viloyatida yashovchi bolalar orasidagi kariesning  tarqalishi, intensivligi, yuza karies hamda (OHI-S) indeksining hududlararo kesimida ekologik sharoitlarni tekshirilganda keskin (19,3 barobarga) farq qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: doimiy tishlarning shakllanishini o‘rganish natijalarining ilmiy ahamiyati ftorning tish salomatligiga ta’siri haqidagi tushunchamizni kengaytirishdan iborat.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №71-son) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; №01-36-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: doimiy tishlarning chiqishi hamda mineralizasiya jarayonini hisobga olgan holda karies profilaktikasini samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar karies birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi ftorli “Belak-F” ning etarlicha yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar orasida karies tarqalishining o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, engil darajasi 9,7 baravar kam aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada davolanish muddatini  3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (BVSP ning preyskurantiga ko‘ra 1 kun davolanish 46000 so‘mni tashkil qiladi); poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Bolalar orasida karies rivojlanishini oldini olish byudjet mablag‘larini 138000 so‘mgaiqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda doimiy tishlar chiqishining fiziologik jarayoni pastki jag‘da oldinroq rivojlanishi hamda mazkur holat bolalarning 14 yoshida barcha doimiy tishlar chiqishi bilan yakunlanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tavsiya etilayotgan uslubiy tavsiyanomalarning iqtisodiy samaradorligiga bemor bolalar orasida  doimiy tishlarning chiqishi hamda mineralizasiya jarayonini hisobga olgan holda karies profilaktikasini kuchaytirish, stomatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi hisobiga erishilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №71-son) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; №01-36-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Doimiy tishlarning chiqishi hamda mineralizasiya jarayonini hisobga olgan holda karies profilaktikasini samaradorligini baxolash olingan bevosita natijalar   karies birlamchi profilaktikasi samarasini ishonarli darajada kuchaytiruvchi ftorli “Belak-F” ning etarlicha yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aniqlangan. Tavsiya etilayotgan uslubiy tavsiyanomalarning iqtisodiy samaradorligiga bemor bolalar orasida  doimiy tishlarning chiqishi hamda mineralizasiya jarayonini hisobga olgan holda karies profilaktikasini kuchaytirish, stomatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi hisobiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilayotgan uslubiy tavsiyanomalarning iqtisodiy samaradorligiga bemor bolalar orasida  doimiy tishlarning chiqishi hamda mineralizasiya jarayonini hisobga olgan holda karies profilaktikasini kuchaytirish, stomatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi hisobiga erishilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida rivojlanish xavfi yuqori  bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamaytirilishi imkonini bergan. Xulosa. bemor bolalar orasida stomatologik xizmatni amalga oshirish reglamentining qo‘llanilishi stomatologik kasalliklarni davolash va oldini olishni tizimlashtiradi, ular stomatologik holatini doimiy nazoratda tutish imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor 7-15 yoshdagi bolalarda qattiq tish to‘qimalarining mineralizatsiya jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘lishining turli mintaqa va bolalarning jinsidan qat’iy nazar, tish fissuralarida emal mineralizatsiyasini to‘liq yakunlanmaganligi amaliyotda isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijalaridan tish kasalliklarining oldini olish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin, masalan, suvni ommaviy florlash va oziq-ovqat sanoatida ftorli tuzlardan foydalanish. Bu, salomatligini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №71-son) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; №01-36-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Doimiy tishlarning shakllanishini o‘rganish natijalarining ilmiy ahamiyati ftorning tish salomatligiga ta’siri haqidagi tushunchamizni kengaytirishdan iborat. Tadqiqot ishi ftoridning tish emaliga ta’sir qilish mexanizmlarini yoritishi, ftorlanishning samaradorligi va xavfsizligini baholashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta 7-15 yoshdagi bolalarda qattiq tish to‘qimalarining mineralizatsiya jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘lishi aniqlanishi, rivojlanish ehtimoli bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini yaratgan. Xulosa. Tadqiqot ishi ftoridning tish emaliga ta’sir qilish mexanizmlarini yoritishi, ftorlanishning samaradorligi va xavfsizligini baholashga yordam bergan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor maktab o‘quvchilarida ftoridli "Belak-F" dan foydalanilganda tish fissurasi sohasida emalning elektr o‘tkazuvchanligini o‘rtacha 2,3 martaga ortishi aniqlanib, tishlardagi remineralizatsiya jarayonlari va karies profilaktikasi samaradorligini  oshirilishiga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: maktab o‘quvchilarida tish chiqishidan boshlab kariesning oldini olish maqsadida ftoridli "Belak-F" dan foydalanish tish fissurasi sohasida emalning elektr o‘tkazuvchanligi o‘rtacha 2,3 martaga oshishi hamda uning remineralizatsiya jarayonlari kuchayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №71-son) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; №01-36-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarida tish chiqishidan boshlab kariesning oldini olish maqsadida ftoridli "Belak-F" dan foydalanish tish fissurasi sohasida emalning elektr o‘tkazuvchanligi o‘rtacha 2,3 martaga oshishi hamda uning remineralizatsiya jarayonlari kuchayishi imkonini berib karies profilaktikasini samarali amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarida tish chiqishidan boshlab kariesning oldini olish maqsadida ftoridli "Belak-F" dan foydalanish tish fissurasi sohasida emalning elektr o‘tkazuvchanligi o‘rtacha 2,3 martaga oshishi hamda uning remineralizatsiya jarayonlari kuchayishi imkonini berib: bolalarning poliklinikada davolanish muddatini  3 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga, byudjetdan  tashqari mablag‘larni  150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: maktab o‘quvchilarida tish chiqishidan boshlab kariesning oldini olish maqsadida ftoridli "Belak-F" dan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga, byudjetdan  tashqari mablag‘larni  150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish