Sattarova Diana Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tayyorlik bosqichlarida paralimpiya sportchilarning reabilitatsiya dasturlarini klinik va funsional asoslash», 14.00.38 – Sport tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Tib2970.
Ilmiy rahbar: Usmanxojaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12. 2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘rish qobiliyati cheklangan dzyudochi-paralimpiyachilarni kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida kompleks jismoniy reabilitatsiya dasturlarini klinik-funsional asoslash va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paralimpiya dzyudochilarining morfometrik, funksional, gemodinamik va psixo-emotsional ko‘rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish asosida jismoniy mashqlardan keyingi tiklanish dasturi ishlab chiqilgan;
kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali paradzyudochilarning anaerob qobiliyatlari darajasini oshirish bilan birgalikda intervalli mashg‘ulotlar uslubiyatining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
parasportchilarni organizmining aerob quvvati va glikolitik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularning morfometrik va funksional ko‘rsatkichlari yuklamadan keyingi tiklanish dasturini qo‘llashga tabaqalashtirilgan yondashuvning samaradorligi isbotlangan;
paradzyudo sportchilarning ish faoliyatini yaxshilash va stressga chidamliligiga erishish maqsadida keng qamrovli reabilitatsiya dasturini qo‘llash uchun sportchilarining psixo-emotsional holatini tashxislash va hayot sifatini baholash zaruriyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport tayyorgarligi bosqichlarida paralimpiyachilarni tiklanish dasturlarining klinik-funsional asoslanishi natijasida:
birinchi ilmiy yangilik: paralimpiya dzyudochilarining morfometrik, funksional, gemodinamik va psixo-emotsional ko‘rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish asosida jismoniy mashqlardan keyingi tiklanish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/359-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Paralimpiyachi dzyudochilarning yuklamadan keyingi davrda takomillashtirilgan tiklanish dasturi algoritmi va uning funksional imkoniyatlari va hayot sifati parametrlariga samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Dastur Toshkent shahar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi 635-son hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining 2024-yil 17-sentyabrdagi 681-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 13-noyabrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: multidissiplinar va shahsiylashtirilgan yondashuv, paralimpiyachilarning tayyorgarlik sifatini monitoring qilish va yuklamadan keyingi davrda sportchilarni umumiy va xususiy ish qobiliyatini ko‘rsatkichlarini yaxshilashni va intensiv jismoniy yuklamalar paytida energiya resurslarini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Kasbiy tayyorgarlik sikllari o‘rtasida tiklanish jarayonlarini samarali o‘tkazishga asos bo‘lganligini aniqlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: standart tiklanish protokolini olgan bir nafar paralimpiyachi uchun harajatlar 2005000 so‘mni, takomillashtirilgan tiklanish protokoli – 2720000 so‘mni tashkil etdi, hamda standart tiklanish protokoli va takomillashtirilgan tiklanish protokoli ishtirokchilarining yakuniy harajatlari terapiyaning salbiy natijalari koeffitsientini hisobga olgan holda 6435000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan. Takomilashtirlgan protokoli ko‘zi ojiz dzyudochilar o‘rtasida mehnatga layoqatsizlik va jarohatlanish xavfini kamaytirishga imkon yaratgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali paradzyudochilarning anaerob qobiliyatlari darajasini oshirish bilan birgalikda intervalli mashg‘ulotlar uslubiyatining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/359-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Paradzyudochilarning yuklamadan keyingi davrda takomillashtirilgan tiklanish dasturi algoritmi va uning funksional imkoniyatlari va hayot sifati parametrlariga samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/359-t-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma Toshkent shahar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi 635-son hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining 2024-yil 17-sentyabrdagi 681-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 13-noyabrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan uslub paralimpiyachilarning jismoniy tayyorgarligini boshqarish hamda yuklamadan keyingi tiklanish dasturini shahsiylashtirish orqali sportchilarning aerob zahiralari va anaerob quvvati sezilarli darajaga oshirildi, bu esa jismoniy yuklamalarni optimal boshqarish va tiklanish jarayonlarini samarali o‘tkazish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tadbiq etilgan takomillashtirilgan tiklanish protokoli bo‘yicha har bir paralimpiyachining tiklanish xarajati iqtisodiy samaradorligi 625000 so‘mgacha tashkil qildi va layoqatsizlik topilgan kunlarni yil mobaynida 15 foyizgacha qisqartirilganini aniqlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: parasportchilarni organizmining aerob quvvati va glikolitik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularning morfometrik va funksional ko‘rsatkichlari yuklamadan keyingi tiklanish dasturini qo‘llashga tabaqalashtirilgan yondashuvning samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/359-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Paralimpiyachi dzyudochilarning yuklamadan keyingi davrda takomillashtirilgan tiklanish dasturi algoritmi va uning funksional imkoniyatlari va hayot sifati parametrlariga samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/359-t-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma Toshkent shahar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi 635-son hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining 2024-yil 17-sentyabrdagi 681-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 13-noyabrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: multidissiplinar va individuallashtirilgan yondashuv, paralimpiyachilarning tayyorgarlik sifatini monitoring qilish va yuklamadan keyingi davrda sportchilarning jismoniy tiklanish dasturini tashkil etish aerob zahiralarni, anaerob quvvat ko‘rsatkichlarini yaxshilashni va intensiv jismoniy yuklamalar paytida energiya resurslarini samarali boshqarishni ta’minlaydi, sportchilarning ish faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi va kasbiy tayyorgarlik bosqichlari o‘rtasida samarali tiklanishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: standart tiklanish protokoli bo‘yicha har bir paralimpiyachining tiklanish xarajati 2005000 so‘m, takomillashtirilgan tiklanish protokoli bo‘yicha esa 2720000 so‘mni tashkil etdi. Standart tiklanish protokoli va takomillashtirilgan tiklanish protokoli ishtirokchilari bo‘yicha umumiy harajatlar (salbiy terapiya natijalarining koeffisienti hisobga olingan holda) 6435000 so‘mgacha kamaytirildi, natijada takomillashtirilgan tiklanish protokoli joriy etilishi ko‘rish qobiliyati cheklangan dzyudochilarda nogironlik va jarohat olish xavfini pasaytirishga xizmat qilishi isbotlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: paradzyudo sportchilarning ish faoliyatini yaxshilash va stressga chidamliligiga erishish maqsadida keng qamrovli reabilitatsiya dasturini qo‘llash uchun sportchilarining psixo-emotsional holatini tashxislash va hayot sifatini baholash zaruriyati aniqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma Toshkent tibbiyot akademiyasining Ekspert kengashi tomonidan №08-24/359-t (22 avgust 2024 yil) qarori bilan tasdiqlangan metodik tavsiyalarga kiritildi va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini tayyorlash markazi (Toshkent) №635 (30 sentyabr 2024 yil) va Andijon filialidagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazi №681 (17 sentyabr 2024 yil) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan majmuaviy reabilitatsiya dasturi yuqori malakali sportchilarni salomaligini baholash uni kasbiy faoliyatini jismoniy va ruhiy barqarorlikni rivojlantirishga va sportchining zaxira salohiyatini va yutuqlarga erishishni oshirishga qodir bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadbiq etilgan sportchilarni takomillashtirilgan tibbiy protokoli xalqaro QALY (quality adjusted life year) tibbiy usullarni afzalligini baholash formulasi orqali o‘zini samaradorligini xar bir sportchini bir yil mobaynida salomatligini va hayotini sifatini foydali qiymatini 50% gacha oshirishni ko‘rsatdi va 30% qayta tiklash dasturida iqtisodiy foydasini aniqlangan.