Quvvatova Zilola Risqul qizining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlari», 19.00.04- Tibbiy psixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P456.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqot maqsadi bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bokschilarning o‘z-o‘zini boshqarishida yosh va jins farqlari aniqlanganligi tufayli «irodaviy boshqaruv», «qat’iylik», «rejalashtirish», «modellashtirish», «dasturlash», «moslashuvchanlik» kattalar jamoasida, «mustaqillik» esa yoshlar jamoasida, o‘z-o‘zini boshqarishida «rejalashtirish», «dasturlash», «umumiy o‘z-o‘zini boshqarish» erkaklar jamoasida ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlar aniqlangan;
boks jamoalarining emotsional holatlaridagi differensial farqlarga ko‘ra shaxsiy xavotirlanish, hissiy charchoq va depersonalizatsiya hamda irodaviy va xulqiy o‘z-o‘zini boshqarishi orasida manfiy, yutuqlarning kamayishi orasida esa musbat bog‘lanishning mavjudligi isbotlangan;
bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishi hamda g‘alabaga intilish va mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasi, intilish darajasi orasida ijobiy bog‘lanish, xolerik va melanxolik temperamenti orasida salbiy aloqadorlik mavjudligi asoslangan;
bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirishda emotsional, irodaviy, kognitiv va konativ sohalarni nazorat qilishga qaratilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli kombinatsiyasini qo‘llash muhimligi tufayli motivatsional sohaga ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bokschilarning o‘z-o‘zini boshqarishida yosh va jins farqlari aniqlanganligi tufayli «irodaviy boshqaruv», «qat’iylik», «rejalashtirish», «modellashtirish», «dasturlash», «moslashuvchanlik» kattalar jamoasida, «mustaqillik» esa yoshlar jamoasida, o‘z-o‘zini boshqarishida «rejalashtirish», «dasturlash», «umumiy o‘z-o‘zini boshqarish» erkaklar jamoasida ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlar aniqlangan. Birinchi ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati o‘z-o‘zini boshqarish yosh ulg‘ayishi bilan oshib boradigan dinamik jarayon ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-304 buyrug‘iga asosan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-304-a son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasining 2024-yil 1-martdagi 4.24-son buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston velosiped sport federatsiyasining 2024-yil 20-son buyrug‘iga asosan sportchilar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi O‘zbekiston Boks milliy terma jamoasi yozgi Olimpiada o‘yinlariga 11 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
ikkinchi ilmiy yangili: boks jamoalarining emotsional holatlaridagi differensial farqlarga ko‘ra shaxsiy xavotirlanish, hissiy charchoq va depersonalizatsiya hamda irodaviy va xulqiy o‘z-o‘zini boshqarishi orasida manfiy, yutuqlarning kamayishi orasida esa musbat bog‘lanishning mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati erkaklarda o‘z-o‘zini boshqarish yuqori ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-304 buyrug‘iga asosan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-304-a son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasining 2024-yil 11-martdagi 4.24-son buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston velosiped sport federatsiyasining 2024-yil 20-son buyrug‘iga asosan sportchilar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi O‘zbekiston Boks milliy terma jamoasi yozgi Olimpiada o‘yinlarida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
uchinchi ilmiy yangilik: bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishi hamda g‘alabaga intilish va mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasi, intilish darajasi orasida ijobiy bog‘lanish, xolerik va melanxolik temperamenti orasida salbiy aloqadorlik mavjudligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati bokschilarga salbiy hissiy holatlarga berilmaslik hamda g‘alabaga intilish motivatsiyasini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-304 buyrug‘iga asosan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-304-a son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasining 2024-yil 11- martdagi 4.24-son buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston velosiped sport federatsiyasining 2024-yil 20-son buyrug‘iga asosan sportchilar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bunda sportchilar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi ortadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bokschilarda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirishda emotsional, irodaviy, kognitiv va konativ sohalarni nazorat qilishga qaratilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli kombinatsiyasini qo‘llash muhimligi tufayli motivatsional sohaga ta’sir etish zarurati asoslangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati biz tomonimizdan ishlab chiqilgan trening dasturi samarali bo‘lganligi tufayli nafaqat bokschilarga balki boshqa sport turlariga ham qo‘llash foydali ekanligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining PM-304 buyrug‘iga asosan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-304-a son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasining 2024-yil 11-martdagi 4.24-son buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston velosiped sport federatsiyasining 2024-yil 20-son buyrug‘iga asosan sportchilar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan sportchilar o‘z-o‘zini boshqarishi natijasida miqdor va sifat jihatdan ijobiy natijalarga erishildi.