Shamuradova Naima Muxtarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kauzallikning ingliz va o‘zbek tillarida semantik-sintaktik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil3919
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, dots. Sulaymanova Nilufar Jabbarovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Elova Umida Ro‘zimurodovna
Yetakchi tashkilot: Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida gap tarkibida kauzallik kategoriyasini namoyon etuvchi birliklarning variantlari, ularning derivatsiyasi va ularning gap tarkibidagi o‘rnini tilararo qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqini olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida kauzallik o‘rnida ishtirok etayotgan birliklarning sistem-struktur maqomini belgilovchi sintaktik aloqa turlari grammatik modellashtirish amallari tatbiqida aniqlanib, har ikkala tilda sababni bildiruvchi qo‘shimchalar, predloglar, bog‘lovchi so‘zlar hamda sintaktik elementlarning xususiyatlari o‘rganildi;
kauzal sintaksemalarning paradigmatik qatorini tashkil qiluvchi birliklar variantlarini ajratish, ularni tavsiflash usullarini takomillashtirish, shakl va mazmun o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurroq tushunish maqsadida metodik tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilgan;
ifodalangan sintaksemalarning semantik ma’no nuqtayi nazaridan o‘zaro mutanosiblik va struktur nomutanosiblik ko‘rinishlarida nutqiy voqelanishi isbotlangan, shu bilan bir qatorda, kauzal sintaksemalarning izomorflik (o‘xshash jihatlari), allamorfligi (farqli jihatlari) bilan bog‘liq morfo-leksik, distributiv belgilari qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda yoritilgan;
qiyoslanayotgan tillarda kauzallik konseptual semantikasini voqelantirishda til tizimining lug‘at va grammatik sathlariga aloqador lisoniy vositalarning faollashuv meyori, lisoniy ifoda imkoniyatlari bilan birgalikda nutqiy muloqot muhitiga daxldorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida kauzallik o‘rnida ishtirok etayotgan birliklarning sistem-struktur maqomini belgilovchi sintaktik aloqa turlari grammatik modellashtirish amallari tatbiqida aniqlanib, har ikkala tilda sababni bildiruvchi qo‘shimchalar, predloglar, bog‘lovchi so‘zlar hamda sintaktik elementlarning xususiyatlari o‘rganildi;