Xamdamov Alisherjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastro-ezofageal reflyuks kasalligi fonida kechgan metabolik sindromli bemorlarda bariatrik operatsiyalar natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib.4344.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Oktyabr Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
gastro-ezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarda laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining klinik natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan kechuvchi metabolik sindromli bemorlarni davolashda an’anaviy laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish gastroezofageal reflyuks kasalligining qaytalanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining yuqori klinik samaradorligi isbotlangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda taklif qilingan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish davolanish samaradorligini oshirib gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanish chastotasini 11,7±2,9% dan 3,3±1,6% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 20 martdagi 14/01 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan kechuvchi metabolik sindromli bemorlarni davolashda an’anaviy laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish gastroezofageal reflyuks kasalligining qaytalanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan kechuvchi metabolik sindromli bemorlarni davolashda an’anaviy laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish gastroezofageal reflyuks kasalligining qaytalanishiga sabab bo‘lishi, asoratlarni kamaytirish maqsadida ushbu operatsiyani takomillashtirilgan usulini ishlab chiqilishiga ko‘rsatma borligini tasdiqlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (07.01.2025 y.; № 01/6-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; № 01/9-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; №12- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromni jarrohlik davolashda an’anaviy yondashuvni qo‘llash gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishining yuqori chastotasi bilan birga kelishi o‘rganilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromni jarrohlik davolashda an’anaviy yondashuvni qo‘llash gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishining yuqori chastotasi bilan birga kelishini inobatga olinishi o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1400000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromni jarrohlik davolashda an’anaviy yondashuvni qo‘llash gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishining yuqori chastotasi bilan birga kelishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkon yaratgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, ularni inobatga olinishi asoratlar sonini keskin kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (07.01.2025 y.; № 01/6-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; № 01/9-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; №12- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 14000000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: metabolik sindromni an’anaviy jarrohlik davolashdan so‘ng gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanishiga tikilgan diafragma qizilo‘ngach teshigining cho‘zilishi, diafragma oyoqchalarining gipotrofiyasi, krurorafiya choklarining kesilishi, Gis burchagining qisqaligi; shakllantirilgan tor oshqozon naychasi tufayli oshqozonda gidrostatik bosim gradientining oshishining sabab bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining yuqori klinik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining yuqori klinik samaradorligi isbotlangan, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (07.01.2025 y.; № 01/6-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; № 01/9-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; №12- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining yuqori klinik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasining yuqori klinik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish orqali bemorlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarini 1400000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrlarda texnik jihatdan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda taklif qilingan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish davolanish samaradorligini oshirib gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanish chastotasini 11,7±2,9% dan 3,3±1,6% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda taklif qilingan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish davolanish samaradorligini oshirib gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanish chastotasini 11,7±2,9% dan 3,3±1,6% gacha kamaytirish imkonini berishi, shifo jarayonini tezlashtirib hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (07.01.2025 y.; № 01/6-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; № 01/9-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.01.2025 y.; №12- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda taklif qilingan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish davolanish samaradorligini oshirib gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanish chastotasini 11,7±2,9% dan 3,3±1,6% gacha kamaytirgan, bu o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarni davolashda taklif qilingan modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasidan foydalanish davolanish samaradorligini oshirib gastroezofageal reflyuks kasalligi qaytalanish chastotasini 11,7±2,9% dan 3,3±1,6% gacha kamaytirish imkonini berishi hisobiga bemorning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqarib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligi fonida metabolik sindromli bemorlarda modifikatsiyalangan laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasi usulini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.