Qo‘ziev Umidjon Yandashalievichning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlarning tarixiy taraqqiyoti va me’yorlashuv omillari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil280.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor, Saparniyozova Muyassar Yo‘ldoshovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarning tarixiy taraqqiyot yo‘llari va til me’yorlariga moslashuv jarayoniga ta’sir etuvchi lisoniy va nolisoniy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy va mahalliy olimlarning nazariy qarashlari asosida so‘z o‘zlashishida ajnabiy so‘z, chet so‘z, xorijiy so‘z, olinma so‘z, qo‘llanma so‘z, ekzotik so‘zlar, baynalmilal so‘zlar haqidagi fikrlar umumlashtirilgan, ularning bir bosqichdan ikkinchi amaliy qo‘llanish bosqichiga o‘tishi va me’yorlashuvida integratsiya, idealogizatsiya, deidealogizatsiya jarayonlarining ta’siri nazariy jihatdan dalillangan;
so‘z o‘zlashuvida va me’yorlashuvida muhim vosita sifatida davlatning til siyosati, xususan, lingvistik akademiyalarning ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi roli Turkiya, Eron, Misr, Isroil kabi davlatlar tajribalari asosida o‘rganilib, boshqa jahon tilshunoslik maktablarining til lug‘at fondi qamrovidagi etimologik, etnografik va lingvomadaniy belgilari, mazkur lisoniy leksik birliklarning voqelanish holatlari, qo‘llanilish ko‘lami, ularning lug‘atlardagi berilish darajalari aniqlangan;
so‘z o‘zlashishida lisoniy omillar, jumladan, konvergensiya, divergensiya, reduksiya kabi fonetik hodisalar, alifbo va imlo qoidalari o‘zgarishining o‘zlashmalar variantlashuvi hamda me’yorlashuviga ta’siri; o‘zlashmalar tarkibida kirib kelgan morfologik vositalarning standartlashuvi hamda agglyutinativ tabiatli o‘zbek tilida muqobil variantlar “to‘qnashuvi”; so‘z o‘zlashuvida nafaqat lisoniy birlik, shuningdek, lisoniy qolip (bu o‘rinda sintaktik qolip)larning kirib kelishi, “xususiyatlar hovuzi” (Feature pool) gipotezasi va buning o‘zbek tili lingvistik me’yorlariga ta’siri asoslangan;
o‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda, jumladan, terminologiyada yuz beradigan semantik o‘zgarishlar, ularning umumiste’molga kirishi – determinizatsiyaga uchrash qoidalari; o‘zlashmalarning lug‘aviy tejamkorlik, metafora ta’sirida qo‘llanish doirasining kengayishi, torayishi, enantiosemiya hamda grammatikalizatsiyaga uchrashi, muqobil variantlarning uslubiy va semantik xoslanishi kabi hodisalar kuzatilishi dalillangan;
o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlar asosida o‘zlashma so‘zlar talqinidagi o‘zgarishlarning o‘zbek tilining tub tabiatidan kelib chiqadigan sof ilmiy, jamiyat va ayrim ijtimoiy tabaqalarning qiziqish doirasi, madaniy jihati bilan bog‘liq faollashuvi va nofaollashuvi kabi ijtimoiy sabablari ochib berilgan, ayrim ijtimoiy qatlam nutqiga xos chet so‘zlarning sotsiolekt safidan me’yorlashgan o‘zlashma so‘zlar tarkibiga o‘tish qonuniyatlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, axborot asri qadriyatlarining kirib kelishi, milliy o‘zlikni saqlab qolishga intilish kabi sotsial hamda madaniy omillarning o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarning tarixiy taraqqiyoti va me’yorlashuv omillarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘z o‘zlashuvida va me’yorlashuvida muhim vosita sifatida davlatning til siyosati, xususan, lingvistik akademiyalarning ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi roli Turkiya, Eron, Misr, Isroil kabi davlatlar tajribalari asosida organilib, boshqa jahon tilshunoslik maktablarining til lug‘at fondi qamrovidagi etimologik, etnografik va lingvomadaniy belgilari, mazkur lisoniy leksik birliklarning voqelanishi holatlari, qo‘llanishi ko‘lami, ularning lugatlardagi berilish darajalariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 250/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashma so‘zlarning fonetik va morfologik tabiatining so‘z yasalishiga ta’siri borasidagi qarashlarning ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
so‘z o‘zlashishida lisoniy omillar, jumladan, konvergensiya, divergensiya, reduksiya kabi fonetik hodisalar, alifbo va imlo qoidalari o‘zgarishining o‘zlashmalar variantlashuvi hamda me’yorlashuviga ta’siri; o‘zlashmalar tarkibida kirib kelgan morfologik vositalarning standartlashuvi hamda agglyutinativ tabiatli o‘zbek tilida muqobil variantlar “to‘qnashuvi”; so‘z o‘zlashuvida nafaqat lisoniy birlik, shuningdek, lisoniy qoliplarning kirib kelishi, “xususiyatlar hovuzi” (Feature pool) gipotezasi va buning o‘zbek tili lingvistik me’yorlariga ta’siri asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 – “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 250/1-son ma’lumotnomasi). Natijada maqol va matallar matnida qo‘llanilgan yasama til birliklari, ularning semantikasi tarkibidagi o‘zgarishlarni aniqlashga erishilgan;
o‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda, jumladan, terminologiyada yuz beradigan semantik o‘zgarishlar, ularning umumiste’molga kirishi – determinizatsiyaga uchrash qoidalari; o‘zlashmalarning lug‘aviy tejamkorlik, metafora ta’sirida qo‘llanish doirasining kengayishi, torayishi, enantiosemiya hamda grammatikalizatsiyaga uchrashi, muqobil variantlarning uslubiy va semantik xoslanishi kabi hodisalar kuzatilishi dalillanganligiga doir xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023 yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 5-iyundagi 351 / 01-01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha doirasida bajarilgan, til korpusi haqida olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasining oshishiga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlar asosida o‘zlashma so‘zlar talqinidagi o‘zgarishlarning o‘zbek tilining tub tabiatidan kelib chiqadigan sof ilmiy, jamiyat va ayrim ijtimoiy tabaqalarning qiziqish doirasi, madaniy jihati bilan bog‘liq faollashuvi va nofaollashuvi kabi ijtimoiy sabablari ochib berilgan, ayrim ijtimoiy qatlam nutqiga xos chet so‘zlarning sotsiolekt safidan me’yorlashgan o‘zlashma so‘zlar safiga o‘tish qonuniyatlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, axborot asri qadriyatlarining kirib kelishi, milliy o‘zlikni saqlab qolishga intilish kabi sotsial hamda madaniy omillarning o‘rniga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tomonidan efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda (2023-2024-yillar) foydalanilgan, tadqiqot muallifi bilan o‘zlashma so‘zlar xususida suhbat tashkil etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 05.11.2024-yil 04.36.1170-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi va millatining ma’naviy boyligi bo‘lgan lug‘at boyligimizni xalqimizga yaqindan tanishtirish, o‘zbek tilini targ‘ib qilish orqali ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlashga, tilning milliy qadriyat sifatidagi nufuzini oshirishga erishilgan.