Xamidova Malika Abdirasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘lmas Umarbekov asarlari tilining sotsiopragmatik aspekti”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil.3725.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna , filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna filologiya fanlari doktori, professor, G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevna filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘lmas Umarbekov asarlari tilining sotsiopragmatik, sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnning pragmatik, kognitiv xususiyatlari, diskursning o‘ziga xos belgilari hamda ularning umumiy va mushtarak tomonlari O‘lmas Umarbekov asarlari asosida aniqlangan;
badiiy matnda, xususan, leksik-grammatik va frazeologik birliklarda kommunikativ intensiyaning ifodalanishi O‘lmas Umarbekov asarlarining lingvopoetik va pragmatik tahlili orqali aniqlangan, integrativ yondashuv asosida yozuvchining o‘ziga xos uslubini yoritib berishda muhim vosita bo‘la olishi asoslangan;
badiiy matnning kognitiv xususiyatlari, uning sotsiopragmatik tahlili, jumladan, badiiy asarlar tilining gender tavsifi muallifning o‘ziga xos kommunikativ maqsadini aks ettiruvchi lisoniy birliklar orqali dalillangan;
o‘zbek xalqining milliy-mental dunyoqarashi, turmush tarzi, urf-odatlari, fe’l-atvori va an’analari mujassam bo‘lgan sotsiopragmatik birliklar xalqning milliy-madaniy qarashlari, olamning lisoniy manzarasini namoyon etganligi adib asarlari misolida pragmatik va kognitiv nuqtayi nazardan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘lmas Umarbekov asarlari tilining sotsiopragmatik aspektda tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
badiiy matnda, xususan, leksik-grammatik va frazeologik birliklarda kommunikativ intensiyaning ifodalanishi badiiy asarlarning lingvopoetik va pragmatik tahlili orqali aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023- yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024 - yil 4-noyabrdagi № 01 – 3131- sonli ma’lumotnomasi). Natijada korpuslar badiiy matnning sotsiopragmatik xususiyatlari tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
o‘zbek xalqining milliy-mental dunyoqarashi, turmush tarzi, urf-odatlari, fe’l-atvori va an’analari mujassam bo‘lgan sotsiopragmatik birliklar xalqning milliy-madaniy qarashlari, olamning lisoniy manzarasini namoyon etganligiga doir xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish” (lugat mobil ilovasi va veb saytini yaratish) mavzusidagi loyihasida foydalanilgan.( O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2024-yil 28-oktyabrdagi 73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at badiiy asarning antropotsentrik, pragmatik, sotsiopragmatik paradigma asosida yondashuv tendensiyasi imkoniyatlarining tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
badiiy matnning kognitiv xususiyatlari, uning sotsiopragmatik tahlili, jumladan, badiiy asarlar tilining gender tavsifi muallifning o‘ziga xos kommunikativ maqsadini aks ettiruvchi lisoniy birliklar orqali dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvida ma’lumot sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali 5- noyabrdagi 01-44-391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirish orqali teleko‘rsatuv materiallari amaliy jihatdan boyitilgan.