Sattorov Asliddin Boytemirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika kolleji o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasi (Axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5130.
Ilmiy rahbar: Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika kolleji o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollej o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarni raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini gorizontal va vertikal integratsiyalashgan dasturiy-metodik tizimini aniqlashtirish hamda kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalar fanidan uslubiy-didaktik ta’minot mazmunini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarini axborot texnologiyalari fanida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning  metodik modelidan  natijaga yo‘nalgan bashoratlash imkonini beruvchi komponentlar ketma-ketligida hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning subekt-subekt o‘zaro ta’sirini rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar ta’limining axborot texnologiyalari fanida o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishing gnoseologik, metodologik, didaktik o‘quv-bilish metodikalari umumiydan chegaraviy umumiylikka yo‘nalgan dialektik birliklarda fundamental bilimlarni shakllantirish orqali o‘qitishni mobillashtirish (Java dasturlash tilida) va kasbiy ta’limga mazmunan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalari fanida pedagogika kollej o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini motivasion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash mezonlari kasbiy kompetensiyalar komponentlarini optik spektral kenglikda vizuallashtirish va nazariy umumlashtirish natijasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini raqamli texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasi (Axborot texnologiyalari fani misolida) takomillashtirishga doir ilmiy izlanishlar natijasida:
kollej o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarni raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini gorizontal va vertikal integratsiyalashgan dasturiy-metodik tizimni aniqlashtirish hamda kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan uslubiy-didaktik ta’minot mazmunini rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Informatika va axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 22-dekabr 2023-yildagi 537-sonli buyrugʻi asosida berilgan 401678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur takliflar pedagogika kolleji o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarini axborot texnologiyalari fanida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘nalgan bashoratlash imkonini beruvchi komponentlar ketma-ketligida hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning subekt-subekt o‘zaro ta’sirini rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Informatika va axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 22-dekabr 2023-yildagi 537-sonli buyrugʻi asosida berilgan 401678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur takliflar pedagogika kolleji o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar ta’limining axborot texnologiyalari fanida o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishing gnoseologik, metodologik, didaktik o‘quv-bilish metodikalarii takomillashtirish, kollej o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini motivasion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash mezonlarini takomillashtirisga doir takliflardan “Informatika va axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 22-dekabr 2023-yildagi 537-sonli buyrugʻi asosida berilgan 401678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur takliflar axborot texnologiyalari fanidan ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish