Qurbonova Gavxar Xurramovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida astronimlarning obraz hosil qilish imkoniyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2829
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista To‘xtashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi astronimlarning obraz hosil qilish imkoniyatlarini aniqlash, astral nominativ birliklarning lisoniy sathlarda voqelanish xususiyatlarini tekshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fanda obrazlilik tushunchasi va uni lingvistik kesimda tadqiq etishning metodologik asoslari, astronim, kosmonim, astronimika, kosmonimika terminlarining qiyosiy-tipologik farqlari ochib berilgan;
oʻzbek tili astronimlarining leksik-semantik, giperonim-giponimik tabiati yoritilib, turkiy, arab, fors, rus tillardagi astronomik ekvivalent nomlar va ularning oʻzbek badiiy, folklor matnlarida metaforik, perifrastik ifodalarni hosil qilish imkoniyatlari konseptual, funksional-semantik jihatdan koʻrib chiqilgan;
astronim komponentli o‘xshatish konstruksiyalarida lingvomadaniy kod ifodasi statistik tahlil qilingan (predmetli kod – 31.76%, antropomorf kod – 20.78%), astronimik obrazlarga xos kodlar ustuvorligi (Oy – 120 (48,38%), Quyosh – 57 (22,98%), yulduzlar – 57 (22,98%)) aniqlangan; 
o‘zbek folklor va etnografiyasida astronimlarning o‘rni hamda ularning olam milliy konseptual manzarasini tashkil qilishdagi vazifasiga doir xulosalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi astronim va astronim konseptli ifodalar lingvistik jihatlarining tasnifi, etimologiyasi, ularni lingvokulturologik kesimda o‘rganishga doir xulosalardan:
XX asr o‘zbek onomasiologiyasida astronimlarning tasnifi, etimologiyasiga doir tadqiqotlarning etarli emasligi, obraz yaratish jarayoni borasida qarash va yondashuvlarning deyarli mavjud emasligi hamda astronimlarning lingvistik maqomi bo‘yicha keltirilgan tafsilotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ishlab chiqilgan “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomdagi innovatsion amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-sentyabrdagi 01/10-1939-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi astronimlar lisoniy xususiyatlarining lingvomadaniy kodlarda ifodalanishi, etimologik jihatlarining izohli lug‘atlarda aks etishiga doir amaliy va nazariy bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
astronimlar mavzuviy guruhiga kiruvchi leksemalarning til xususiyatlari hamda obrazli nutq ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi borasidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbek tilida neymning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” deb nomlangan innovatsion amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 9-oktyabrdagi 101/10-2048-son ma’lumotnomasi). Pirovardida o‘zbek tilida onimlarning, ya’ni osmon jismlarining nom hosil qilish borasidagi tahlillar mukammallashgan;
o‘zbek tilida osmon jismlarining nomlanishi, etimologiyasi, she’riy va nasriy matnlarda obrazli ifoda sifatida bir qator ko‘chim turlari (metafora, o‘xshatish, perifraza) bilan ifodalanishi, milliy-madaniy xususiyatlarini ifodalash haqida bildirilgan fikrlardan “Til – millat ko‘zgusi” deb nomlangan ko‘rsatuv hamda “Yaxshi kayfiyat ” nomli radioeshittirish ssenariysini yozishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-iyuldagi 01-01/43-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va radiodasturlarning astronimlar obrazli ifodalariga doir ma’lumotlar, ilmiy dalillar bilan boyitilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish