Kiyomov Abdulla Xaytalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped3987
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Dauletmuratov Boribay Koptileuovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Allambergenov Axmet Janabergenovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda texnogologik kompeten¬tlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak pedagoglar texnologik kompetentligini rivojlantirishning ergonomik asoslari (faoliyat muhiti, dasturiy ta’minot va psixologik) kasbiy kompetentlikning asosiy paradigmalariga ustivorlik berish orqali bo‘lajak pedagogning integrativ sifatiga motivatsion, bilish, faoliyat va refleksiv komponentlari integratsiyasi yordamida rivojlantiruvchi va texnologik faoliyat mazmuni aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish modeli o‘zaro bog‘liq maqsad, mazmun, jarayon va natijaviy-baholash komponentlariga texnologik tayyorgarlikning asosiy xususiyatlari integratsiyasi yordamida texnologik tayyorgarlikning ta’lim jarayonlariga klaster texnologiyasini samarali joriy etish jarayoni takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning mazmuni didaktik birliklarini aniqlashning konstruktiv-metodik yondashuvi orqali integrativ texnologik ta’lim muhitini tashkil etish va zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash asosida texnologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning o‘quv kontentlari konstruktiv ta’lim texnologiyasiga ustivorlik berish orqali texnologik kompetentligini rivojlantirishning ergonomik asoslari integratsiyasini ta’minlagan holda pedagogik shart-sharoitlarning o‘zaro birligini ta’minlash motivatsion, bilish, faoliyat va refleksiv mezonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglar texnologik kompetentligini rivojlantirishning ergonomik asoslarini (faoliyat muhiti, dasturiy ta’minot va psixologik) kasbiy kompetentlikning asosiy paradigmalariga ustivorlik berish orqali bo‘lajak pedagoglarning integrativ sifatiga motivatsion, bilish, faoliyat va refleksiv komponentlari integratsiyasi yordamida rivojlantiruvchi va texnologik faoliyat mazmunini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Mexanika” nomli nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 43882 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda integrativ yondashuvni amalga oshirish orqali motivatsiya, bilim, faoliyat va refleksiya komponentlarini uyg‘unlashtirishga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning modelini o‘zaro bog‘liq maqsad, mazmun, jarayon va natijaviy-baholash komponentlariga texnologik tayyorgarlikning asosiy xususiyatlari integratsiyasi yordamida texnologik tayyorgarlikning ta’lim jarayonlariga klatster texnologiyasini samarali joriy etishga doir tavsiyalar “Mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 43882 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini tizimli rivojlantirish orqali zamonaviy texnik vositalarini o‘quv jarayonlariga ongli va samarali qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishda konstruktiv-metodik yondashuv didaktik birliklarni aniqlash va integrativ texnologik ta’lim muhitini tashkil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali pedagogik shart-sharoitlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, motivatsion, bilish, faoliyat va refleksiv komponentlar integratsiyasi orqali bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Mexanika” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 43882 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagoglar zamonaviy talablarga mos ravishda o‘z kasbiy malakalarini rivojlantirishga erishilgan.