Kenjaev Zohirjon Sobirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Boysun tumani oronimlarining lingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Fil4008 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Zafar Bekpo‘latovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari doktori, professor, Davlatova Ra’no Haydrovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boysun tumani oronimlarini leksik-semantik va struktur xususiyatlarini tahlil qilishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Boysun tumani oronimlarning nomlanishida dara, ko‘h, togʻ, jar, soy, tepa, adir, qoya, chuqur, tosh, kamar singari oronimik indikatorlarning o‘rni qay darajada ekanligi aniqlanib, Tuzloqdara, Berkdara (dara), Ko‘hisafed, Ko‘hiyoqubparida (ko‘h), Sanjartogʻ, Tobuttogʻi (togʻ), Oqjar, Jarko‘chgan (jar), Ko‘ksoy, Ichaksoy (soy), Hisortepa, Gʻo‘ritepa (tepa), Shungburron, Tulkili (adir), Oqqoya, Gʻajirqoya (qoya), Minchuqur (chuqur), Qo‘tirtosh, Tuyatosh (tosh), Qorakamar, Otkamar (kamar) kabi nomlar asosida dalillangan;
Boysun tuman oronimlarining semantik tiplari o‘rganilib, ularning etnonim (Arabtepa, Chimboy), antroponim (Berdikamar, Polvonsoy, Amirtepa), fitonim (Andizli, Taripoya, Paxtalisoy), gidronim (Qo‘shchashma, Suvsizdara, Shirinbuloq), zoonim (Govxona, Bo‘rixona, Jilqiyotgich) asosida hosil bo‘lishi aniqlangan;
Boysun tuman oronimlari yasalishida affiksatsiya, kompozisiya hamda konversiya usullari faol ekanligi Cho‘yan+li, Andiz+li, Chashma+zor, Gurch+xona (affiksatsiya usuli), Qoplon+dara, Tillo+kamar, Munchoq+tepa (kompozisiya usuli), Tepa, Tumshuq, Ko‘k, Gaza (onomastik konversiya) kabi oronimlar asosida isbotlangan;
Boysun tumani oronimlarning xalqning milliy-madaniy qarashlarini, ijtimoiy munosabatlarini ko‘rsatuvchi lisoniy birlik sifatidagi leksik, semantik va etimologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boysun tumani oronimlarining leksik-semantik, struktur-grammatik tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalari asosida:
Boysun tumani oronimlarining yasalish usullari, yasalishidagi faol va nofaol tiplar, nomlarning grammatik tuzilishi va struktural modellari, ma’noviy-etimologik xususiyatlariga doir xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyundagi № 04/1-1527 son ma’lumotnomasi). Natijada, oronimlarning statistikasi, grammatik tuzilishi va struktural modellari, ma’noviy-etimologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar orqali til korpusi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini boyitishga erishilgan.
Tadqiqotda ifodalangan oronimlarning yuzaga kelishi, shakllanishi uchun asos bo‘lgan lisoniy va nolisoniy omillari, etimologik xususiyatlari hamda tarixiy-lisoniy jihatlarini aniqlash, tuman oronimlarining etnonimlar, antroponimlar, fitonimlar, gidronimlar, zoonimlar asosida shakllangan semantik tiplari tasniflanib, ularining lingvistik tabiatiga xos lisoniy xususiyatlari aniqlanganligiga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyundagi № 04/1-1526 ma’lumotnomasi). Natijada, xalqning milliy, etnik, madaniy taraqqiyoti va til tarixini yoritish masalalariga oid ma’lumotlar takomillashtirilgan;
Boysun tumani oronimlarning nomlanishida oronimik indikatorlarning o‘rni qay darajada ekanligi, ularning funksional-semantik xususiyatlari tadqiq etish muhim ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til-millat kuzgusi”, “Kun mavzusi”, “Ma’naviyat saboqlari”, “Dialog” ko‘rsatuvlarida foydalanildi. (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-sentabdagi 01-01/44 son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan.