Dadamirzaeva Mohidil G‘ulomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Madaniyatlararo muloqotda nutqiy etiketning antropotsentrik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Fil5056
Ilmiy rahbar: Karimov Rivojiddin G‘ulomjonivich Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov Gaybullo Kulmuradovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi etiket qoidalarining lingvomadaniy jihatlarini chog‘ishtirma tahlil qilish hamda ikki xalq tilidagi milliy qadriyatlar, mentalitet va ijtimoiy me’yorlaridan kelib chiqadigan umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nutqiy etiketning lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ pragmatik yondashuvning samaradorligi ingliz va o‘zbek tillarida salomlashish va hayrlashish nutqiy aktlarning ijtimoiy-kommunikativ aloqadagi verbal ifodasini ochib berish orqali isbotlangan;
rasmiy munosabatlar darajasida ingliz nutqiy etiketi fenomenining chegaralari yosh, gender, shaxsiy imtiyoz kabi me’yorlar bilan tartibga solinmasligi, o‘zbek tilida esa suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa va o‘zaro munosabat, ijtimoiy mavqe, kommunikatorning maqomi, darajasi, vaziyat turi kabi imperativlarga bo‘ysunishi asoslangan;
har ikki tilda ham salomlashishdan farqli o‘laroq, muloqot so‘ngida suxbatdoshlar xushmuomalalik strategiyasiga murojaat qilishi, yaxshi tilaklar, gʻamxo‘rlik semantikasi bilan ketma-ket bir nechta eslatmalardan foydalanishi, uchinchi shaxsga e’tibor belgilarini etkazishi, mazkur farq nafaqat xayrlashuv aktining uzunligida, balki xayrlashuv shakllari to‘plamini tanlashda va ularning o‘zgaruvchanligida ham kuzatilishi aniqlangan;
muloqotda nutq me’yorlaridan chetlashish va ijtimoiy maqomga ko‘ra muhim farqlar ingliz tili madaniyatidan ko‘ra ko‘proq o‘zbek tili madaniyatiga xos ekanligi, zamonaviy ingliz tilida so‘zlashuvchi jamiyatda munosabatlarning rasmiyligi emas, balki har bir insonning ijtimoiy tengligini ta’minlashi muhim o‘rin tutishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi etiket qoidalarining lingvomadaniy jihatlarini chog‘ishtirma tahlil qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy etiketning lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ pragmatik yondashuvning samaradorligi ingliz va o‘zbek tillarida salomlashish va hayrlashish nutqiy aktlarning ijtimoiy-komunikativ aloqadagi verbal ifodasini ochib berish haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zMTRK “Yoshlar” teleradiokanali AJ qoshidagi “Bolajon” telekanalining “Kitobim oftobim!”, Assalom, bolajon!” ko‘rsatuvlarida foydalanildi (“Yoshlar” Teleradiokanali” 2024-yil 2-maydagi 14-03-66 son ma’lumotnomasi). Natijada kichik teletomoshabinlarda axborot oqimiga nisbatan to‘gʻri munosabatni shakllantirishda hamda bolalarga mo‘ljallangan milliy kontentlar asosida yosh avlodni zararli axborot xurujlardan asrashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
rasmiy munosabatlar darajasida ingliz nutqiy etiketi fenomenining chegaralari yosh, gender, shaxsiy imtiyoz kabi me’yorlar bilan tartibga solinmasligi, o‘zbek tilida esa suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa va o‘zaro munosabat, ijtimoiy mavqe, kommunikatorning maqomi, darajasi, vaziyat turi kabi imperativlarga bo‘ysunishi hamda har ikki tilda ham salomlashishdan farqli o‘laroq, muloqot so‘ngida suxbatdoshlar xushmuomalalik strategiyasiga murojaat qilishi, yaxshi tilaklar, gʻamxo‘rlik semantikasi bilan ketma-ket bir nechta eslatmalardan foydalanishi, uchinchi shaxsga e’tibor belgilarini etkazishi, mazkur farq nafaqat xayrlashuv aktining uzunligida, balki xayrlashuv shakllari to‘plamini tanlashda va ularning o‘zgaruvchanligida ham kuzatilishi haqidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasi 2024-yil 3-maydagi 06-28-543-son ma’lumotnomasi) ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. Natijada dissertatsiyada keltirilgan muloqotda nutq me’yorlaridan chetlashish va ijtimoiy maqomga ko‘ra muhim farqlar ingliz tili madaniyatidan ko‘ra ko‘proq o‘zbek tili madaniyatiga xos ekanligi, zamonaviy ingliz tilida so‘zlashuvchi jamiyatda munosabatlarning rasmiyligi emas, balki har bir insonning ijtimoiy tengligini ta’minlashi muhim o‘rin tutishiga oid ma’lumotlar asosida ko‘rsatuv dasturlari tahlil manbai shakllantirildi.
nutqiy etiketning lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ pragmatik yondashuvning samaradorligi ingliz va o‘zbek tillarida salomlashish va hayrlashish nutqiy aktlarning ijtimoiy-komunikativ aloqadagi verbal ifodasini ochib berish orqali olingan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlangʻich sinf o‘quvchilarida ogʻzaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 4-sentyabrdagi 04/1-2279-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyani rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan.