Abdullaev Oybek Qurbonovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasiva metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:2024-10-17 №01.29.08.2024
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar:Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich,pedagogika fanlari nomzodi,dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa,IK raqami:Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024. Ped.05.10
Rasmiy opponentlar: Jumaev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi,professor; To‘xtaxo‘jaev Xanjarbek Boxodirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirishda anʼanaviy va innovatsion ta’lim jarayonlarini differensiyalash asosida jismoniy ta’limdagi pedagogik innovatsiyalar mezonlari (yangilik, optimallik, natijakorlik, ommaviy tajribada innovatsiyalarni ijodiy qo‘llash imkoniyati) aniqlashtirilgan;
“Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi” fanini o‘qitishda jismoniy-ruhiy tarbiyaga tayyorlash tamoyillari (konvergensiya va divergensiya) asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining umumkasbiy integral (jismoniy tayyorgarlik, masʼuliyatlilik, refleksivlik) va maxsus integral (ruhiy barqarorlik va toqatlilik, bagʻrikenglik, jismoniy faollik, empatiyalik) sifatlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirish modelining kognitiv-intellektual, operatsion-faoliyatli va aksiologik-refleksiv mezonlarini daraja ko‘rsatkichlarini kasbiy bilimga, mustaqil ishga va amaliyotga yo'naltirilgan natijaviy ko'rsatkichlarning identiv mosligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
“Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi” fanini o‘qitishda jismoniy (sogʻlom turmush, harakat, jismoniy sifat, o‘z-o‘zini rivojlantirish) ta’lim va psixologik tarbiya (iroda, matonat, qadriyat, emotsiya) integratsiyasi asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mtodikasi imkoniyatlari differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarni rivojlantirishda an’anaviy va innovatsion ta’lim jarayonlarini differensialash asosida jismoniy ta’limdagi pedagogik innovatsiyalar mezonlarini (yangilik, optimallik, natijakorlik, ommaviy tajribada innovatsiyalarni ijodiy qo‘llash imkoniyati) aniqlashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi  innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4437/04-son dalolatnomasi).  Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jismoniy ta’limga tayyorlash tamoyillari (konvergensiya va divergensiya) asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining umumkasbiy integral (jismoniy tayyorgarlik, mas’uliyatlilik, refleksivlik) va maxsus integral (bag‘rikenglik, jismoniy faollik, empatiyalik) sifatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi  innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4437/04-son dalolatnomasi).  Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jismoniy ta’lim (sog‘lom turmush, harakat, jismoniy sifat, o‘z-o‘zini rivojlantirish) va ruhiy tarbiya (iroda, matonat, qadriyat, emotsiya) integratsiyasi asosida o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish  imkoniyatlarini differensial yondashuv asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi  innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4437/04-son dalolatnomasi).  Natijalarning joriy qilinishi “Jismoniy va ruhiy tarbiya integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani nashr etish va unda ilgari surilgan pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan jismoniy ta’limga innovatsion monitoring ko‘rsatkichlarini (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik) kiritish asosida takomillashtirishga doir O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi  innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4437/04-son dalolatnomasi).  Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida o‘quvchilar ruhiyatitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga doir bilimlarini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish