Galiakberova Albina Rinatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi elektr-energetika sohasiga oid terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Fil1367 Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zohidjon Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Toirova Nargiza Isaqovna, filologia fanlari nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi elektr-energetika sohasiga oid terminlarning umumiy va xususiy jihatlarini yoritish, ularning struktur-semantik va derivatsion xususiyatlarining o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlash, shuningdek, tarjima qilish usullarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
chog‘ishtirilayotgan tillarda soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan, nominatsiyaning terminlar taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rsatilgan, o‘zlashma qatlamning hududiy va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
elektr-energetika sohasiga oid terminlar tarixiy-genetik ildizlari aniqlanib, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlar terminlarning sermahsul va kammahsul shakllanish usullari faktik-analitik manbalarga muvofiq ekanligi asoslangan;
elektr-energetika sohasiga oid terminlarni chog‘ishtirish orqali ikki tilning asosiy shakllantiruvchi morfologik, leksik-semantik, sintaktik usullarining yasalishiga xos allomorflik va izomorflik xususiyatlari aniqlangan;
elektr-energetika sohasiga oid terminlar tarjimasidagi funksional-semantik xususiyatlar aniqlangan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga terminlarni tarjima qilishda aniqlik, analitik va izohlash tamoyillari hamda tasviriy, transformatsion, kalka, muqobil usullariga tayyangan holda terminlar tarjimasini amalga oshirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi elektr-energetika sohasiga oid terminlar orqali shu sohaga oid terminlarning lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
“Ingliz va o‘zbek tillaridagi elektr-energetika sohasiga oid terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanildi. Mazkur dissertatsiyadagi elektr-energetika sohasiga oid terminlar tarixiy-genetik ildizlari, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlar, elektr-energetika sohasiga oid terminlarni chog‘ishtirish orqali ikki tilning morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullarining yasalishiga xos allomorflik va izomorflik xususiyatlari, ularning ta’rifi mamlakatimizda elektr-energetika sohasiga doir terminlarni faqat ingliz va o‘zbek tillari misolida emas, balki turli sathlarda, boshqa jahon tillari mavqeiga ega bo‘lgan tillar misolida ham o‘rganib, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlik qilish muhim vazifalar ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosalardan mazkur loyihada foydalanildi. (Andijon davlat universitetining 2023- yil 2-noyabrdagi 39-01-2380-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida soha terminologiyasining ilmiy jihatdan o‘rganilishi ushbu soha doirasidagi terminlarning tilshunoslikdagi o‘rni ko‘rsatilib, mazkur sohaga doir terminlar leksik birliklarni rivojiga va neologizmlarni tilshunoslik sohasi samaradorligini oshirishiga muhim turtki bo‘ladi. Shu ma’noda, elektr-energetika sohasiga oid terminlarni faqat ingliz va o‘zbek tillari misolida emas, balki turli sathlarda, boshqa jahon tillari mavqeiga ega bo‘lgan tillar misolida ham o‘rganib, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlik qilish muhim vazifalardan hisoblanadi;
Ikki tilga doir soha terminologiyasining hozirgi holati, elektr-energetika sohasi doirasida sodda, qo‘shma, birikma terminlar, shu bilan birga sohadagi boshqa tillardan o‘zlashma terminlar asosida tayyorlangan ikki tilli lug‘atlar, so‘zlar chastotasi, ters lug‘atlarga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ- 201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 -yil 26 -fevraldagi 04/1-490-son ma’lumotnomasi). Natijada korpuslar elektr-energetika sohasi terminlari bilan boyitilgan;
Tadqiqotning ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023- yil 20 -yanvardagi 04-36-97-son ma’lumotnomasi). Natijada Mazkur dissertatsiya materiallari va xulosalaridan elektr-energetika sohasiga oid terminlar tarkibida kam tadqiq etilgan, xususan, xalq og‘zaki nutqida ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, bu nomlarning odamlar hayotida katta ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida; sohada keng qo‘llanilgan nomlar; elektr-energetika atamalarining manba sohalari, tuzilishi, diaxron va sinxron tahlili haqidagi xulosalar radio eshittirish davomida asoslab berildi.