Kalanxodjaeva Kamilaxon Botirxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osobennosti emotsional`nogo intellekta u studentov s raznimi tipami profilya funksional`noy asimmetrii” 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” (Psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P972.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sh.X.Abdullaeva psixologiya fanlari doktori, professor; D.D.Baymirzaeva psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli funksional asimmetriya qiyofasiga ega bo‘lgan talabalarning emotsional intellekt xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yigitlarda emotsional intellekt va o‘ng yarimshar neyrofiziologik mexanizmlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka ko‘ra shaxslararo emotsional intellekt komponentlarining (boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish, boshqalarning his-tuyg'ularini boshqarish) o'ng qo'l motor markazlari faoliyatiga bog'liqligi, chap yarimsharning motor markazlari va o'ng yarimsharning sensor markazlari faolligi tufayli shaxsga xos emotsional intellekt komponentlarining (o'z his-tuyg'ularini boshqarish, ekspressiyani nazorat qilish) ortishi uchun emotsional intellekt komponentlari va yarimsharlararo sinxronizatsiyaning muhimligi isbotlangan;
talaba-qizlarda emotsional intellekt va chap yarimshar neyrofiziologik mexanizmlari o'rtasidagi bog'liqlikka ko‘ra, shaxsga xos emotsional intellekt komponentlarining (o'z his-tuyg'ularini tushunish) chap qo‘l motor markazlari faoliyatiga bog‘liqligi, chap yarimsharning motor markazlari va o'ng yarimsharning sensor markazlari faolligi tufayli shaxslararo emotsional intellekt komponentlarining (boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish) ortishiga asoslanib, shaxslararo emotsional intellekt komponentlarini ta'minlashda yarimsharlararo sinxronizatsiyaning muhimligi dalillangan;
talaba-qizlarda o‘zini boshqarish, iroda va o‘zini baholash kabi ikkinchi signal tizimining tarkibiy komponentlari o‘ng yarimshar motor markazlari, tahliliy fikrlash esa chap yarimshar motor markazlari faolligi bilan bog‘liq bo‘lsa, talaba-yigitlarda bu qonuniyat qarama-qarshi yo‘nalishda namoyon bo‘lishi tufayli ortishi miya yarimsharlari tomonidan yetakchi signal tizimlarini ta'minlashda jinslararo farqlar mavjudligi asoslangan;
emotsional intellektning birinchi va ikkinchi signal tizimlari tarkibiy komponentlari bilan aloqadorligi, ya’ni muloqotchanlik, faollik, o‘zini o‘zi boshqarish, tahliliy fikrlash, iroda va o‘zini o‘zi baholash hamda emotsional intellektning tarkibiy komponentlari orasida musbat bog‘liqlik bo‘lsa, emotsionallik, xayol va xavotirlanish kabi sifatlar uning past rivojlanganligi natijasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli funksional asimmetriya qiyofasiga ega bo'lgan talabalarda emotsional intellekt xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan dissertatsion tadqiqot natijalariga ko'ra:
funksional asimmetriya individual qiyofasini aniqlash metodikasidan foydalangan holda, talaba-yigitlarda shaxslararo va umumiy emotsional intellektning namoyon bo‘lishi o‘ng yarimsharning motor markazlarining faolligi bilan, shaxslardagi emotsional intellektning ifodalanganligi esa chap yarimsharning motor markazlari va o‘ng yarimsharning sensor markazlarining faolligi bilan bog‘liqligi isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi "Ijtimoiy psixologiya" moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2024-yil 13-noyabrdagi PM-259-a ma’lumotnomasi), va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati haqidagi 2024 -yil 7 -noyabrdagi 03/179-sonli ma’lumotnoma). Natijada emotsional intellektning shaxslardagi va shaxslararo tarkibiy qismlarining namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan. Emotsional intellektning bosh miyaning dominant yarimshari bilan o‘zaro bog‘liqligining qiyosiy tahlilini amalga oshirish imkoni kengaytirilgan va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlarining, maqsadli guruh bolalari bilan ishlaydigan mutaxassislarning bolalar va fuqarolarning psixologik diagnostikasini o‘tkazish bo‘yicha malakalarini oshirishga imkon berilgan.
funksional asimmetriya individual qiyofasini aniqlash metodikasidan foydalangan holda, talaba-qizlarda shaxslararo emotsional intellektning namoyon bo‘lishi chap yarimsharning motor markazlari va o‘ng yarimsharning sensor markazlarining faolligi bilan, umumiy va shaxslardagi xos emotsional intellektning ifodalanganligi chap yarimsharning motor markazlarining faolligi bilan bog‘liqligi isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi "Ijtimoiy psixologiya" moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2024-yil 13-noyabrdagi PM-259-a ma’lumotnomasi), va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga joriy etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati haqidagi 2024 -yil 7 -noyabrdagi 03/179-sonli ma’lumotnoma). Natijada sensorli va motorli funksional asimmetriyaning talabalarda signal tizimlari tarkibiy qismlarining ustunligiga bo'lgan ta'sirini o‘rganish samaradorligi oshgan va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlarining, maqsadli guruh bolalari bilan ishlaydigan mutaxassislarning  bolalar va fuqarolarning psixologik diagnostikasini o‘tkazish bo‘yicha malakalarini oshirishga imkon berilgan.
talaba-qizlarda o‘zini o‘zi boshqarish, iroda va o‘zini o‘zi baholash kabi ikkinchi signal tizimining tarkibiy qismlari o‘ng yarimsharning motor markazlari, tahliliy fikrlash esa chap yarimsharning motor markazlari faolligi bilan bog‘liq bo‘lsa, talaba-yigitlarda bu qonuniyat qarama-qarshi yo‘nalishda namoyon bo‘lishi, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish, iroda va o‘zini o‘zi baholash chap yarimsharning motor markazlari, tahliliy fikrlash esa o‘ng yarimsharning motor markazlari faolligi tufayli ortishi statistik jihatdan asoslangan oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi "Ijtimoiy psixologiya" moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2024-yil 13-noyabrdagi PM-259-a ma’lumotnomasi), va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga joriy etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati haqidagi 2024 -yil 7- noyabrdagi 03/179-sonli ma’lumotnoma). Natijada sensorli va motorli funksional asimmetriyaning talabalarda signal tizimlari tarkibiy qismlarining ustunligiga bo‘lgan ta'sirini o‘rganish samaradorligi oshgan va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlarining, maqsadli guruh bolalari bilan ishlaydigan mutaxassislarning bolalar va fuqarolarning psixologik diagnostikasini o‘tkazish bo‘yicha malakalarini oshirishga imkon berilgan.
emotsional intellektning birinchi va ikkinchi signal tizimlarining tarkibiy qismlari bilan aloqadorligi, ya’ni muloqotchanlik, faollik, o‘zini o‘zi boshqarish, tahliliy fikrlash, iroda va o‘zini o‘zi baholash emotsional intellektning tarkibiy qismlari bilan musbat bog‘liq bo‘lsa, emotsionallik, xayol va xavotirlanish kabi sifatlar uning past rivojlanganligi oqibati ekanligi korrelyasion tahlili yordamida isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi "Ontogenez va rivojlanish" moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi TDPU qo‘shidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2024-yil 13-noyabrdagi PM-259-a ma’lumotnomasi), va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati haqidagi 2024 -yil 7 -noyabrdagi 03/179-sonli ma’lumotnoma). Natijada emotsional intellektning xususiyatlari hamda birinchi va ikkinchi signal tizimlarining turli tarkibiy qismlarining ustunligi o‘rtasidagi munosabatlar majmuasini ochib berishga erishilgan va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlarining, maqsadli guruh bolalari bilan ishlaydigan mutaxassislarning bolalar va fuqarolarning psixologik diagnostikasini o‘tkazish bo‘yicha malakalarini oshirishga imkon berilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish