Xodjaeva Nozima Xayrullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onkologik kasallikka chalingan bemorlarda reproduktiv salomatlikni saqlash va tiklash strategiyalarni ishlab chiqishga mul`tidissiplinar yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Tib1053.
Ilmiy maslahatchi: Kaxxarov Alisher Jamoliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori; Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: “Memorial Sloan Kettering” Onkologiya markazi (AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onkologik patologiyaning tuxumdonlar rezerviga ta’sirini kompleks baholash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan fertillikni saqlashning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fertil yoshdagi onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarda yoshiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘smaning tuxumdonlarga tizimli ta’siri sababli, antral follikulalar sonining kamayishi hisobiga tuxumdon zahirasining muddatidan oldin kamayishi kuzatilganligi isbotlangan;
onkologik jarayonning kechki bosqichida o‘smaning paraneoplastik faolligi va tuxumdonlarning metastazlar bilan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlanishi tufayli FSG va AMG darajasining pasayishi bilan kechishi isbotlangan;
HER2neu musbat va uch karra manfiy sut bezi saratonining subturlari biologik xususiyatlari va tuxumdon faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq ravishda tuxumdon zahirasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
Xodjkin limfomasida umumiy simptomlarning (A toifa) mavjudligi o‘sma jarayonining gonadal faoliyatiga ta’siri, sitokinlar orqali bilvosita ta’sirlar va tuxumdon follikulyar apparatiga toksik ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda antral follikulalar darajasini pasayishi isbotlangan;
Xodjkin limfomasida o‘sma mikro muhitida sitokinlar ishlab chiqarilishi va nodulyar skleroz bilan bog‘liq ravishda tuxumdon zahirasi va follikulogenez ko‘rsatkichlarining pasayishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/15 -son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarda yoshiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘smaning tuxumdonlarga tizimli ta’siri sababli, antral follikulalar sonining kamayishi hisobiga tuxumdon zahirasining muddatidan oldin kamayishi kuzatilganligi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan onkofertillikni baholash usuli onkologik kasallikka chalingan ayollarda tuxumdon zaxirasining muddatidan oldin kamayishini aniqlash bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, u reproduktiv salomatlikni saqlash imkoniyatlari va mavjud xavflar haqida xabardorlik darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik bemorlarda fertillikni saqlab qolish va tiklash strategiyalarini joriy etish onkologiyaga chalingan bemorlarda profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va fertillikni qo‘llab-quvvatlash orqali kelajakda bepushtlikni davolash va reproduktiv texnologiyalarga davlat budjeti xarajatlarini 25% ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: onkologiyaga chalingan ayollarda tuxumdonlar zaxirasining erta tugashini aniqlash erta aralashuv strategiyalarini ishlab chiqish, bemorlarning psixoemotsional salomatligini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, bu esa davolashni optimallashtirish, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish, uzoq muddatli tibbiy xarajatlarni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini 25% tejash imkonini beradi, bu sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: onkologik jarayonning kechki bosqichida o‘smaning paraneoplastik faolligi va tuxumdonlarning metastazlar bilan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlanishi tufayli FSG va AMG darajasining pasayishi bilan kechishi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan onkofertillikni baholash usuli onkologik kasalligi bo‘lgan ayollarda tuxumdon zaxirasining muddatidan oldin kamayishini aniqlash bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, u reproduktiv salomatlikni saqlash imkoniyatlari va mavjud xavflar haqida xabardorlik darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik bemorlarda fertillikni saqlab qolish va tiklash strategiyalarini joriy etish onkologik bemorlarda profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va fertillikni qo‘llab-quvvatlash orqali kelajakda bepushtlikni davolash va reproduktiv texnologiyalarga davlat budjeti xarajatlarini 25% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: onkologiyaga chalingan ayollarda tuxumdonlar zaxirasining erta tugashini aniqlash erta aralashuv strategiyalarini ishlab chiqish, bemorlarning psixoemotsional salomatligini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, bu esa davolashni taqqomilashtirish, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish, uzoq muddatli tibbiy xarajatlarni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini 25% tejash imkonini berdi, bu sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: HER2neu musbat va uch karra manfiy sut bezi saratonining subturlari biologik xususiyatlari va tuxumdon faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq ravishda tuxumdon zahirasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sut bezi saratonining HER2neu musbat va uch karra manfiy kichik turlarining tuxumdon zaxirasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirini aniqlash saratonning ushbu turi bilan kasallangan ayollarning reproduktiv salomatligini qo‘llab-quvvatlashning yanada maqsadga yo‘naltirilgan strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi, bu esa bemorlarning xavflar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga, ularning hayot sifatini yaxshilashga va onalik imkoniyatini saqlab qolish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu kashfiyotning joriy etilishi bepushtlikni davolash va yordamchi reproduktiv texnologiyalar uchun moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni taqsimlashni optimallashtirish imkonini beradi. O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va fertillikni qo‘llab-quvvatlash onkologiyaga chalingan bemorlarda bepushtlikni davolash bilan bog‘liq uzoq muddatli xarajatlarni 30 foizga sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Xulosa: sut bezi saratonining HER2neu musbat va uch karra manfiy kichik turlarining tuxumdon zaxirasi ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashga asoslangan usullarni joriy etish nafaqat saratonning ushbu shakllari bilan kasallangan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi, balki bepushtlikni davolash uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshiradi va davolanishni taqqomilashtirish, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish, uzoq muddatli tibbiy xarajatlarni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini 25% tejash imkonini beradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Xodjkin limfomasida umumiy simptomlarning (A toifa) mavjudligi o‘sma jarayonining gonadal faoliyatiga ta’siri, sitokinlar orqali bilvosita ta’sirlar va tuxumdon follikulyar apparatiga toksik ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda antral follikulalar darajasini pasayishi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Xodjkin limfomasida umumiy alomatlarning mavjudligi va antral follikulalar darajasining pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash tibbiyot mutaxassislariga bemorlarning reproduktiv salomatligini yanada samarali monitoring qilish imkonini beradi, bu esa ayollarni ularning fertilligi uchun potensial xavflar haqida yaxshiroq xabardor qilishga yordam beradi va ularning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Xodjkin limfomasi bo‘lgan ayollarda gonadal faoliyatini erta aniqlash va tuzatish bepushtlikni kech davolash uchun yuqori xarajatlarni oldini oladi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan foydalanishni sezilarli darajada optimallashtiradi va davlat budjetini 20% ga tejaydi. Xulosa: Xodjkin limfomasining umumiy belgilari va antral follikulalar darajasining pasayishi o‘rtasidagi isbotlangan bog‘liqlik onkologiyada ayollarning reproduktiv salomatligini qo‘llab-quvvatlashga kompleks yondashuvni joriy etish zarurligini ta’kidlaydi, bu nafaqat bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, balki sog‘liqni saqlashga bo‘lgan iqtisodiy yuklamalarni kamaytiradi, davolashni optimallashtirish, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish orqali har bir bemor uchun budjet mablag‘larini 25% tejash imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: Xodjkin limfomasida o‘sma mikro muhitida sitokinlar ishlab chiqarilishi va nodulyar skleroz bilan bog‘liq ravishda tuxumdon zahirasi va follikulogenez ko‘rsatkichlarining pasayishi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik 2025- yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Xodjkin limfomasida nodulyar sklerozning tuxumdon zaxirasi ko‘rsatkichlariga ta’sirini isbotlash tibbiyot mutaxassislariga ayollarning reproduktiv salomatligi uchun xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va baholash imkonini beradi, ularga oilani rejalashtirish va fertillikni saqlash imkoniyatlariga yanada xabardorlik yondashuvini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi bepushtlikni davolash xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi mumkin, chunki erta tashxis qo‘yish va tuxumdon zaxirasini saqlash jarayoniga aralashuv kelajakda yordamchi reproduktiv texnologiyalarga 25% yuqori xarajatlarni oldini olishga yordam beradi. Xulosa: Xodjkin limfomasida nodulyar skleroz va tuxumdonlar zaxirasining pasayishi o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik onkologiyaning ushbu shakliga chalingan ayollarning reproduktiv salomatligini boshqarishga kompleks yondashuvning muhimligini ta’kidlaydi, bu ularning hayot sifatini yaxshilashga va sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy yuklamalarni kamaytirishga yordam beradi, davolashni optimallashtirish, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun budjet mablag‘larini 25% tejash imkonini yaratadi.