Turakulova Shaxnoza Marufovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuterda modellashtirish asosida osma po‘lat konstruksiyalar hisobini takomillashtirish”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4753.
Ilmiy rahbar: Fridman Gennadiy Solomonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti”.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
PhD 26/26.01.2023.T.109.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xotamov Asadullo Toshtemirovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Kondratev Vladimir Anatolevich. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika Instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osma po‘lat konstruksiyalarni statik va seysmik ta’sirlarida chekli elementlar uslubi (ChEU) asosida kompyuterda modellashtirish, hisoblash va ishlashini tadqiq qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Lira SAPR dasturiy kompleksi yordamida geometrik nochiziqlilikni hisobga olgan holda trosli va uzlyuksiz membranali osilgan tuzilmalarni modellashtirish va hisoblashning umumiy metodologiyasi ishlab chiqilgan;
har xil yuklanishda bo‘lgan to‘g‘ri burchakli va aylana shaklli, bikr tayangan yoki egiluvchan konturli, bir belbog‘li va ikki belbog‘li osma troslar sonli ekspe-riment orqali modellashtirilib, konstruksiya elementlarining kuchlanish-deformatsiyalanish holati ularning dastlabki holati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
po‘lat listlardan qilinadigan silindrsimon membranalar modellashtirilib, olingan natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarning o‘zgarishi e’tiborga olingan holda, aylana yoki kvadrat yopiq konturli membrana qobiqlarni modellashtirish va hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan.
geometrik nochiziqli egri-bikr konstruksiyalarni (ag‘darilgan arkalar) modellashtirish va hisoblash metodologiyasi spektral yondashuv asosida seysmik ta’sirlarni hisoblash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompyuterda modellashtirish yordamida osma po‘lat konstruksiyalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub quyidagi loyihalarda joriy qilingan:
- “Texnologiya” kichik korxona tomonidan Samarqand viloyatidagi Oqdaryo daryosi ustidan gaz tarmogini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 140 m uzunlikdagi vantli tizimni statik va seysmik yuklar ta’siriga geometrik nochiziklilikni e’tiborga olib hisoblangan va loyihalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi №24-06/11793-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, osma konstruksiyalarni geometrik nochiziklilikni e’tiborga olib hisoblashda konstruksiyalarning mustahkamligi va ishonchliligi oshgan, hamda materiallar sarfi 13-18% ga tejalishiga erishilgan;
- “GeoFundamentProject” MChJ tomonidan Samarqand viloyati Samarqand tumani Xishrav qo‘rg‘onidagi “Darg‘om” kanali ustida qurilgan 132 m uzunlikdagi vanta-to‘sinli piyodalar ko‘pirigini geometrik nochiziklilikni e’tiborga olib loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi №24-06/11793-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hisoblash uslubi yordamida kompyuterda modellashtirish asosida inshootning samarali geometrik echimi aniqlanib, inshootning ishonchliligi va mustahkamligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish