Begimqulov Sherzod Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):     «Quyosh nurida ishlaydigan ko‘p sterjenli lazerlar», 01.04.11 – Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1160 .
Ilmiy rahbar: Payziev Shermaxamat Dalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.09.2020.FM.55.04.
Rasmiy opponentlar: Eshqobilov Nafas Beknazarovich , fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshonqulov G‘ofur Boboqulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Quyosh lazeri samaradorligini oshirish uchun ko‘p sterjenli faol muhitlardan va sensibilizatorlardan tashkil topgan turli lazer konfiguratsiyalarini Monte Karlo fotonlarni kuzatish metodiga asoslangan simulyasiya usuli bilan o‘rganib yuqori lazer chiqish quvvati va samarodorligiga ega bo‘lgan optimal konfiguratsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi echimlarni taklif qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Monte-Karlo foton yo‘lini kuzatish metodi asosida ko‘p sterjenli quyosh lazerining simulyasion modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor Nd:YaG bilan Ti:Sa sensibilizatorini kombinatsiyasi asosidagi kompozit strukturali Nd:YaG/Ti:Sa/Nd:YaG faol muhit uchun simulyasion modeli ishlab chiqilgan va chiqish quvvatini 25% gacha oshirish mumkinligi ko‘rsatilgan;
uch sterjenli quyosh lazerining simulyasiya modelini ishonchliligi eksperimental tadqiqotda olingan ma’lumotlar bilan solishtirish asosida tasdiqlangan (model validatsiya qilingan) va bunda hisoblash aniqligi 5% atrofida bo‘lishi  ko‘rsatilgan;  
Nd:YaG, Ce:Nd:YaG va Cr:Nd:YaG faol muhitlarini uch sterjenli quyosh lazerlarida ishlatilishida qiyosiy baholangan. Unga ko‘ra Cr:Nd:YaG da eng yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi, ya’ni Cr:Nd:YaG uchun samaradorlik Nd:YaG ga nisbattan 2 baravar, Ce:Nd:YaG ga nisbattan esa 1.7 baravar yuqori chiqishi aniqlangan;
past va yuqori optik damalash quvvatida quyosh lazerining turli xil ko‘p sterjenli konfiguratsiyalarini o‘rganish natijasida, ko‘p sterjenli konfiguratsiyalar orqali termik muammolarni hal qilish mumkinligi ko‘rsatilgan va bunda 7 sterjenli konfiguratsiya uchun samardorlik eng yuqori chiqishi aniqlangan; 
ilk bor termal effektlarni hisobga olgan holda, ko‘p sterjenli konfiguratsiyalar umumiy effektiv hajmi bir hil bo‘lgan bir sterjenlik konfiguratsiyaga nisbatan lazer chiqish quvvati taxminan 2.5 baravargacha yuqoriroq bo‘lishi mumkinligi simulyasiya usuli bilan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh nurida ishlaydigan ko‘p sterjenli lazerlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar loyihalarda:
ko‘p sterjenli lazer uchun yutilish, temperatura taqsimoti va termik stress jarayonlarini modellashtirishda olingan ilmiy natijalar xorijiy nashrlardagi bir qator tadqiqotlarda ( 1. Costa, H., Liang, D., Matos, A., & Almeida, J. (2024, September). Multi-Fresnel-lens pumping approach for simultaneous emission of seven TEM00-mode beams with 3.73% conversion efficiency. Photonics Vol. 11, No. 9, p. 889, MDPI;  2. Almeida, J., Costa, H., Vistas, C. R., Tibúrcio, B. D., Matos, A., & Liang, D. (2024). Multirod Pumping Approach with Fresnel Lens and Ce: Nd: YaG Media for Enhancing the Solar Laser Efficiency. Energies, 17(22), 5630;  3. Matos, A., Liang, D., Costa, H., Tibúrcio, B. D., & Almeida, J. (2025). Five-Ce: Nd: YaG-rod solar laser approach with TEM00-mode collection efficiency of 51.7 W/m2. Applied Optics, 64(4), 797-807; 4. Boutaka, R., Liang, D., Bouadjemine, R., & Hendaoui, N. (2024). Design of high-power Nd: YaG solar laser pumped with off-axis parabolic concentrators. Optoelectronics and Advanced Materials-Rapid Communications, 18(November-December 2024), 516-524) foydalanilgan. Natijalardan foydalanish ko‘p sterjenli laser konfiguratsiyalari uchun simulyasion modellar yordamida o‘tkazilgan nazariy tadqiqotlarda lazerlarning samaradorligini 1.5 baravardan ko‘proqqa oshirish mumkinligini asoslash imkonini bergan;
Monte-Karlo foton yo‘lini kuzatish metodi asosida ishlab chiqilgan model asosida olingan natijalardan O‘zR FA Materialshunoslik instituti “O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti Quyosh Sandonida sintez qilingan keramikalarda fazaviy o‘zgarishlar jihatlari” mavzusidagi AL-4821023123 loyihasida ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 17-dekabrdagi № 2/1255-2797 sonli ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanish geliostat va konsentrator fasetlarining egrilik radiusi noaniqliklarining konsentrator fokusidagi nurlanishga kuchli ta’sir qilishini aniqroq tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish