Shodieva Musharraf Sadirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda gastroduodenal kasalliklarning klinik-morfologik, immunologik jixatlari va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib980.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ragimov Razin Mirzekerimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Arzikulov Abdurayim Shamsievich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk xalqlar do‘stligi davlat ordeni tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anor danagi moyining samaradorligini klinik, morfologik va immunologik baholash orqali o‘smirlarda gastroduodenal kasalliklarni davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba anor danagi moyi oq kalamushlarda indometatsin va sirka kislotasi keltirib chiqaradigan eroziya va o‘tkir yaralarda samarali ekanligi va surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tish jarayonini sekinlashtirishi isbotlangan;
surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, IgG tanqisligi fonida sIgA va IL-10 darajasining pasayishi, AST, TNF-a, VEGF-A darajasining oshishi bilan tavsiflanganligi aniqlangan;
o‘smirlarda surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, IgG tanqisligi va sIgA kamayishi fonida rivojlanishi aniqlangan;
surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, o‘smirlarda TNF-a darajasining oshishi kuzatilgan, bu oshqozon yarasi kasalligini rivojlanish xavfi yuqori ekanligini isbotlangan;
sitokinlarning yuqori konsentratsiyalari IL-1 >5.9 pg/ml, IL-10<8.7 pg/ml, TNF-a >17.0 pg/ml va VEGF-A >115.6 pg/ml o‘smirlarda surunkali gastritning yara kasalligiga o‘tish xavfining immunologik ko‘rsatkichlari bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tishining xavf omillarini hamda anor urug‘i yog‘ining eksperimental yaralarda laboratoriya hayvonlarining oshqozonida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarga ta’sirini qiyosiy tahlil qilish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba anor danagi moyi oq kalamushlarda indometatsin va sirka kislotasi keltirib chiqaradigan eroziya va o‘tkir yaralarda samarali ekanligi va surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tish jarayonini sekinlashtirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat tibbiyot institutining Ekspert komissiyasining 24 yil 13 maydagi 088-m/2024-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Anor urug‘i yog‘ining eksperimental yaralarda laboratoriya hayvonlarining oshqozonida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarga ta’siri” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filiali (22.05.2024-yildagi 91-sonli buyruq), Samarqand viloyat BKTTM (16.05.2024-yildagi 794-sonli buyruq) hamda Buxoro viloyat BKTTM (17.05.2024-yildagi 48-sonli buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anor danagi moyidan foydalanish oshqozon shilliq qavati eroziyasi hamda o‘tkir yaralarida samarali ekanligi aniqlangan bo‘lib, surunkali gastritning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomalarni qo‘llash natijasida oshqozonning organometrik va morfologik parametrlarini optimallashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Viloyat va tuman tibbiyot markazlari gastroenterologlari va pediatrlarining amaliy faoliyatida tavsiya etilgan taktikadan foydalanish bitta bemorni davolash uchun davlat byudjetidan 430 ming so‘m miqdorida moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, anor danagi moyini qo‘llash yallig‘lanish jarayonlarini sezilarli darajada kamaytiradi va yarali shikastlanishlarning tezda bitishini rag‘batlantiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, IgG tanqisligi fonida sIgA va IL-10 darajasining pasayishi, AST, TNF-a, VEGF-A darajasining oshishi bilan tavsiflanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘smirlarda surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tishining xavf omillarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filiali (22.05.2024-yildagi 91-sonli buyruq), Samarqand viloyat BKTTM (16.05.2024-yildagi 794-sonli buyruq) hamda Buxoro viloyat BKTTM (17.05.2024-yildagi 48-sonli buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gastritning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomalarni qo‘llash natijasida surunkali gastrit uchun davolanish va kasalxonaga yotqizishning har bir aniq holatida iqtisodiy samaradorlik davlat xarajatlari asosida hisoblab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Viloyat va tuman tibbiyot markazlari gastroenterologlari va pediatrlarining amaliy faoliyatida tavsiya etilgan taktikadan foydalanish bitta bemorni davolash uchun davlat byudjetidan 430 ming so‘m miqdorida moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: 1-gurux bemorlarda TNF-α 6.3marta, 2-guruxda 5marta yuqori ekanligi, oshqozon yara kasalligida mahalliy qon aylanishi buzilishi va qon-tomirlar jaroxatlanishi xavfi yuqori ekanligi aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlarda surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, IgG tanqisligi va sIgA kamayishi fonida rivojlanishi, surunkali gastritda aniqlangan immunologik ko‘rsatkichlarining xususiyatlari surunkali gastritlarning kechishini patogenetik mexanizmlarining yangi jihatlarini ochib berishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘smirlarda surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tishining xavf omillarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filiali (22.05.2024-yildagi 91-sonli buyruq), Samarqand viloyat BKTTM (16.05.2024-yildagi 794-sonli buyruq) hamda Buxoro viloyat BKTTM (17.05.2024-yildagi 48-sonli buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘smirlarni ratsional ovqatga o‘rgatish, lyamblozlarni vaqtida davolash va bolalarni ona suti orqali oziqlantirish orqali gastroduodenal patologiyalar sonini ortishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Viloyat va tuman tibbiyot markazlari gastroenterologlari va pediatrlarining amaliy faoliyatida tavsiya etilgan taktikadan foydalanish bitta bemorni davolash uchun davlat byudjetidan 430 ming so‘m miqdorida moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: Surunkali gastritlarda Helicobacter pyloriga bog‘liq bo‘lmagan holda, sekretor sIgA va IL-10 miqdorining pasayishi, AST, TNF-α, VEGF-A miqdorining oshishi xosdir.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali gastrit Helicobacter pylori bilan bog‘liqligidan qat’i nazar, o‘smirlarda TNF-a darajasining oshishi kuzatilgan, bu oshqozon yarasi kasalligini rivojlanish xavfi yuqori ekanligini to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘smirlarda surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tishining xavf omillarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filiali (22.05.2024-yildagi 91-sonli buyruq), Samarqand viloyat BKTTM (16.05.2024-yildagi 794-sonli buyruq) hamda Buxoro viloyat BKTTM (17.05.2024-yildagi 48-sonli buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Anor danagi moyining ovqatdan keyin iste’mol qilinishi og‘riqni kamaytirish uchun eng katta samaradorlikka ega bo‘lganligi, ko‘ngil aynish, qusish va dispepsiyani oldini olish kabi klinik belgilarning kamayishiga hamda Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lmagan surunkali gastritda anor danagi moyi TNF-a ning sitotoksik ta’sirini faollashtirish orqali immunomodulyasion va yallig‘lanishga qarshi ta’siri natijasida samarali davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Viloyat va tuman tibbiyot markazlari gastroenterologlari va pediatrlarining amaliy faoliyatida tavsiya etilgan taktikadan foydalanish bitta bemorni davolash uchun davlat byudjetidan 430 ming so‘m miqdorida moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: 1-gurux bemorlarda TNF-α 6.3marta, 2-guruxda 5 marta yuqori ekanligi, oshqozon yara kasalligida mahalliy qon aylanishi buzilishi va qon-tomirlar jaroxatlanishi xavfi yuqori ekanligi aniqlandi.
beshinchi ilmiy yangilik: sitokinlarning yuqori konsentratsiyalari IL-1 >5.9 pg/ml, IL-10<8.7 pg/ml, TNF-a >17.0 pg/ml va VEGF-A >115.6 pg/ml o‘smirlarda surunkali gastritning yara kasalligiga o‘tish xavfining immunologik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘smirlarda surunkali gastritning oshqozon yarasiga o‘tishining xavf omillarini aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filiali (22.05.2024-yildagi 91-sonli buyruq), Samarqand viloyat BKTTM (16.05.2024-yildagi 794-sonli buyruq) hamda Buxoro viloyat BKTTM (17.05.2024-yildagi 48-sonli buyruq) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lmagan surunkali gastritda anor danagi moyi TNF-a ning sitotoksik ta’sirini faollashtirish orqali immunomodulyasion va yallig‘lanishga qarshi ta’siri natijasida samarali davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Viloyat va tuman tibbiyot markazlari gastroenterologlari va pediatrlarining amaliy faoliyatida tavsiya etilgan taktikadan foydalanish bitta bemorni davolash uchun davlat byudjetidan 430 ming so‘m miqdorida moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: 1-gurux bemorlarda VEGF-A.2.2marta, 2-gurux bemorlarda 1.36 marta yuqori ekanligi, gastroduodenal kasalliklarda qon-tomirlar jaroxatlanish nazariyasini tasdiqlaydi.