Baysarieva Charos Usmanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron resurslar yordamida talabalar mustaqil ta’lim mazmunini takomillashtirish uslubiyoti (Biotexnologiya fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7011.
Ilmiy rahbar: Alikulov Begali Saydullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida biotexnologiya fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish uslubiyatini elektron resurslarni qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biotexnologik fanlarni o‘qitish mazmunini takomillashtirishning zamonaviy talablar asosida shakllantirilgan o‘quv dialog, muammoli ta’lim, o‘quv vazifalari bilan mustaqil ishlash va interfaol ta’lim texnologiyalarining samaradorligini ta’minlashda qo‘llaniladigan elektron ta’lim resurslarining turlari, ularning kognitiv faoliyatdagi ahamiyati, ijodiy jarayonga jalb qilish va ragʻbatlantiruvchi nazorat komponentlarini qo‘llashning yangicha yondashuvlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
mustaqil ishni tashkil etish samaradorligi biotexnologik jarayonlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajarishdagi ijodiy yondashuv jarayoni,  va ta’limiy natijadorligini monitoring qilishga qaratilgan ta’limiy-raqamli elektron resurslardan o‘quv va bilish faoliyatining individual samaradorligini oshiruvchi  sunʼiy to‘siqlarni bartaraf etishning zaruriy va ehtimoliy imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zini-o‘zi baholash, ijodiy, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda muammolar echimini bartaraf etish ko‘nikmalarini turli fanlar bilan integratsiyalashgan, o‘zini-o‘zi tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi elektron ta’lim resurslarini keng qo‘llash hamda ta’lim subektlari ijodiy munosabatlaridagi qayta aloqa mobilligini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan;
biotexnologik fanlarni o‘qitishda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarini bajarishda zamonaviy biotexnologik ta’limiy resurslar asosida yaratilgan  elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish orqali talabalarda ijodiy, tahliliy, kommunikativ, mantiqiy va tanqidiy fikrlashini hamda axborot bilan ishlash, qiziquvchanlik, ilmiy va ijodiy g‘oyaviylik, kognitivlik, moslashuvchanlik, kreativlik, global fikrlash, o‘z-o‘zini boshqara olish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida biotexnologiya fanidan talabalarning mustaqil ta’limi samaradorligini elektron resurslar yordamida oshirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar  asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari bo‘yisha talabalar mustaqil ta’limini elektron axborot resurslari yordamida takomillashtirish bo‘yicha taklif AIF-2/13 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 10-3450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar mustaqil ta’limi mazmunini takomillashtirish professor-o‘qituvchilarga talabalarda bilim olish motivlarini shakllantirish orqali “Ustoz-shogird” tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
elektron ta’lim sharoitida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish tamoyillari axborot texnologiyalari vositasi sifatida elektron resurslarga qo‘yiladigan didaktik talablar hamda elektron ta’lim resurslarining ta’lim jarayoniga integratsiyalash mexanizmlarini belgilash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Biotexnologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022-yil 31-martdagi 9-son qaroriga asosan berilgan 505-raqamli nashr ruxsatnomasi va 2024-yil 15-iyuldagi 10-3450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektron ta’lim resurslarini maqsadli tahlil qilish orqali talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil imkoniyati kengaytirilgan;
elektron ta’lim sharoitida talabalar mustaqil ta’limining mazmuni ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra mustaqil ta’limning hajmi, turlari, shakliga asoslanib, mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqish mezonlarini aniqlashtirish va talabalarning axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish hamda taqdim etish mexanizmlarini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan 60710200-biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 10-3450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  axborot resurslarining innovatsion uslubda boyitilishi professor-o‘qituvchilarga talabalar mustaqil ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish imkoniyatlarini taqdim etgan;
elektron ta’lim sharoitida talabalarga beriladigan topshiriqlarni mustaqil ta’lim hajmi, turi va shakliga ko‘ra yaratish mezonlarini aniqlashtirish, axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish hamda taqdim etish mexanizmlarini belgilashga oid taklif 60710200-biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 10-3450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 60710200-biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida mutaxassislik fanlarning mustaqil ta’lim mazmunini optimallashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish