Yarmatov Sharofiddin Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish» (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4572.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxtiyor Xolmatjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarni barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani barqaror rivojlantirishning murakkab kompleks muammolarini bartaraf etishda cheklangan byudjet resurslarini yo‘naltirishda multiplikator effektidan samarali foydalanish dasturi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish samaradorligini baholash asosida Termiz shahri, Termiz, Boysun, Oltinsoy va Denov tumanlari o‘rtachadan yuqori (BRM>0.5), Sherobod, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlari o‘rtacha (0.3<BRM≤0.5), Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlari urtachadan past (BRM<0.3) guruhlarida ekanligi asoslangan;
Termiz shahrida xalqaro savdo iqtisodiy zonasi; Boysun, Sariosiyo, Oltinsoy, Sherobod tumanlarida turizm klasteri va komplekslari; Termiz, Bandixon, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlarida kichik sanoat va yoshlar zonalari; Termiz va Boysun tumanlarida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish; Termiz va Oltinsoy tumanlarida innovasion hududni tashkil etish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash; Sariosiyo, Sherobod va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yashil energiya markazlarini shakllantirish asoslangan;
Surxondaryo viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida barqaror rivojlanish dasturlarini joriy qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatining barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqani barqaror rivojlantirishning murakkab kompleks muammolarini bartaraf etishda cheklangan byudjet resurslarini yo‘naltirishda multiplikator effektidan samarali foydalanish dasturi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-fevral 02-02/341-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish tashkiliy iqtisodiy modeli asosida davlat tarmoq, mahalliylashtirish dasturlari tahlil qilingan;
mintaqa iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish samaradorligini baholash asosida Termiz shahri, Termiz, Boysun, Oltinsoy va Denov tumanlari o‘rtachadan yuqori (BRM>0.5), Sherobod, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlari o‘rtacha (0.3<BRM≤0.5), Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlari urtachadan past (BRM<0.3) guruhlarida ekanligi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 4-iyundagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 447-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalaniylgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-fevral 02-02/341-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyati shahar va tumanlari iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash dasturlari ishlab chiqilgan;
Termiz shahrida xalqaro savdo iqtisodiy zonasi; Boysun, Sariosiyo, Oltinsoy, Sherobod tumanlarida turizm klasteri va kompleksi; Termiz, Bandixon, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlarida kichik sanoat zonalari; Termiz va Boysun tumanlarida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish; Termiz va Oltinsoy tumanlarida innovasion hududni tashkil etish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash; Sariosiyo, Sherobod va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yashil energiya markazlarini shakllantirish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 30-iyuldagi “Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish hamda sanoat korxonalari bilan ishlashning monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 552-8-0-Q/24- son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-fevral 02-02/341-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatining 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida 6,2 trln. so‘mlik 416 ta investisiya loyihalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan;
Surxondaryo viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida barqaror rivojlanish dasturlarini joriy qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab boyicha taklif  Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 30-iyuldagi “Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish hamda sanoat korxonalari bilan ishlashning monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 552-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-fevral 02-02/341-son ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilga kelib, Surxondaryo viloyati YHM hajmi 1.5 barobarga, investisiyalar hajmi 2 barobarga oshirish prognoz qilinib, Surxondaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish dasturlarini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish