Qobulov Ozodbek O‘ktamboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4860
Ilmiy rahbar: Raximov To‘xtabek Jumaboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yaqubov Azizibek G‘anibekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qaroqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilma faoliyatini samarali va uzlyuksiz rivojlantirishning ko‘p bosqichli “xususiy tibbiyot subekti (xizmat ko‘rsatuvchi) - mijoz (iste’molchi)” o‘zaro integratsion modelini tashkil etish taklifi asoslangan;
viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi infratuzilma salohiyatini baholash yondashuvlari takomillashtirilgan;
tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xususiy sog‘liqni saqlash muassasalarining faoliyatini aholi talabini o‘rganish bo‘yicha quyi (Qd=0,378), o‘rta (Qd=0,575) va yuqori (Qd=0,745) xizmat sifati darajasining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilmasi rivojlanish holatlarini ekonometrik baholash orqali ushbu soha taraqqiyotining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilma faoliyatini samarali va uzlyuksiz rivojlantirishning ko‘p bosqichli “xususiy tibbiyot subekti (xizmat ko‘rsatuvchi) - mijoz (iste’molchi)” o‘zaro integratsion modelini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 28-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 193-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 19-martdagi 7-756-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mintaqada xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilma faoliyatini samarali va uzlyuksiz rivojlantirish imkoniyatini yaratish imkonini bergan;
viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi infratuzilma salohiyatini baholashning takomillashtirilgan yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 28-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 193-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 19-martdagi 7-756-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mintaqada xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilma samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 3-5 foizga oshirish imkonini bergan;
tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xususiy sog‘liqni saqlash muassasalarining faoliyatini aholi talabini o‘rganish bo‘yicha quyi (Qd=0,301), o‘rta (Qd=0,575) va yuqori (Qd=0,745) xizmat sifati darajasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 28-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 193-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 19-martdagi 7-756-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Xorazm viloyati shahar va tumanlarida infratuzilma salohiyatlarini baholash orqali sohada foydalanilmayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar aniqlangan;
Xorazm viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilmasi rivojlanish holatlarini ekonometrik baholash orqali ushbu soha taraqqiyotining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 28-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 193-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 19-martdagi 7-756-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida innovatsion yondashuvlar asosida xususiy tibbiyot muassasalari infratuzilma faoliyatini yaxshilash orqali kelajakda 5 ta xususiy korxonaning iqtisodiy rentabelligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish