Xujamuratov Abbos Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatg a olingan raqam:B2025.1.PhD/Iqt4859
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ilyos Xurshidovich Abduraxmonov, iqtisodiyot fanlari doktori dotsent;
Usmanov Farrux Farxodovich, PhD.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari mahsulotlari va xizmatlari xarajatlarini optimallashtirish hamda banklari mahsulotlari bo‘yicha transfert baholarini aniqlash usullarini qo‘llash orqali bankning sof foizli marjasini oshirish mexanizmi taklif etilgan;
tijorat banklari kredit portfelida “yashil” kreditlarning ulushini oshirish maqsadida yuridik shaxslar uchun “Green Loan” yashil kredit mahsulotini ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish hamda jismoniy shaxslarning ekologik tejamkor texnologiyalar xaridini rag‘batlantirish uchun “Green Comfort” yashil kredit mahsulotini ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banklarida yangi mahsulotlarni yaratish jarayoniga biznes bo‘linmalarining hamkorligi matrisasi hamda mas’ul xodimlarning kompetensiyasini oshirish modelini tatbiq etish asosida bank mahsulotlarini yaratish muddatini qisqartirish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tijorat banklari mahsulotlari va xizmatlari xarajatlarini optimallashtirish hamda banklari mahsulotlari bo‘yicha transfert baholarini aniqlash usullarini qo‘llash orqali bankning sof foizli marjasini oshirish mexanizmiga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvining 2022 yil 26 avgustdagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish tartibi” to‘g‘risidagi 106/1-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank” 2025 yil 4 yanvardagi 1-4-3/2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda bankning kredit mahsulotlaridan olingan sof foizli daromadi 2,6 trln so‘mni, 2023 yilda esa 3,0 trln so‘mni tashkil etib, 2023 yilda kredit mahsulotlaridan olingan sof foizli daromad o‘tgan yilga nisbatan 400,0 mlrd so‘mga yoki 15%ga oshdi;
tijorat banklari kredit portfelida “yashil” kreditlarning ulushini oshirish maqsadida yuridik shaxslar uchun “Green Loan” yashil kredit mahsulotini ishlab chiqishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2024 yil 30 avgustdagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish” to‘g‘risidagi 19-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank” 2025 yil 4 yanvardagi 1-4-3/2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda bankning “yashil” kredit mahsulotlaridan olingan foizli daromadi 13,4 mlrd so‘mni tashkil etib, “yashil” kredit portfeli 6,9 trln. so‘mni yoki jami kredit portfelining 10%ini tashkil qildi;
tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish hamda jismoniy shaxslarning ekologik tejamkor texnologiyalar xaridini rag‘batlantirish uchun “Green Comfort” yashil kredit mahsulotini ishlab chiqishga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvining 2023 yil 3 iyuldagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish” to‘g‘risidagi 134-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank” 2025 yil 4 yanvardagi 1-4-3/2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha 18,7 mlrd so‘m, 2024 yilda esa 22,4 mlrd so‘m kredit ajratilib, 2024 yilda ushbu kreditlarning hajmi o‘tgan yilga nisbatan 16,5%ga oshdi;
tijorat banklarida yangi mahsulotlarni yaratish jarayoniga biznes bo‘linmalarining hamkorligi matrisasi hamda mas’ul xodimlarning kompetensiyasini oshirish modelini tatbiq etish asosida bank mahsulotlarini yaratish muddatini qisqartirishga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvining 2022 yil 26 avgustdagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish tartibi” to‘g‘risidagi 106/1-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank” 2025 yil 4 yanvardagi 1-4-3/2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqishga sarflangan vaqt o‘rtacha 14 kunga, 2024 yilda 6 kunga qisqardi, bu esa o‘z navbatida 2024 yilda bank mahsulotlarini sotish hajmini o‘tgan yilga nisbatan 27%ga oshishiga olib keldi.