Zoxidov Ismatjon Yunusjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er qa’ridan samarali foydalanishda soliq mexanizmining  rolini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt   
Ilmiy rahbar: Babaev Shavkat Bayramovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi er qa’ridan samarali foydalanishda soliq mexanizmidan samarali foydalanishga oid ilmiy oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchi tomonidan qazib olingan tabiiy gazni va (yoki) neftni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, ularga soliq to‘lovchi tomonidan sarflangan dastlabki ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlash orqali soliq bazasini aniqlash mexanizmini takomillashtirish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larini jalb qilish asoslangan;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) tasarrufidagi yangi konlar uchun soliq stavkasini amaldagi 7% dan 10% ga qadar oshirish orqali soliqlarning adolatlilik tamoyilini ta’minlash hamda er qa’ri boyliklaridan milliy manfaatlar yo‘lida samarali foydalanish taklifi ilmiy asoslangan;
sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh uchun soliq stavkasining pasaytirilishi ta’sirida yuridik shaxslar tomonidan yangi qurilish ob’ektlarining qiymatini kamaytirish, boshqa tomondan, qurilish ishlarini olib borayotgan jismoniy shaxslarning xarid qobiliyatini qisman oshirish orqali milliy iqtisodiyotda sement mahsulotiga bo‘lgan talabni soliq mexanizmi orqali tartibga solish asoslangan; 
noruda metallar bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ma’murchiligini amalga oshirish uslubiyoti er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni o‘z vaqtida byudjetga tushishini ta’minlash, bevosita shaklda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasini to‘g‘ri hisoblash, soliq ob’ektini ob’ektiv ravishda hisobga olishning ko‘zdan kechirish asnosida monitoringini tashkil etish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er qa’ridan foydalanishda soliq mexanizmining samaradorligi ta’minlash bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
soliq to‘lovchi tomonidan qazib olingan tabiiy gazni va (yoki) neftni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, ularga soliq to‘lovchi tomonidan sarflangan dastlabki ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlash orqali soliq bazasini aniqlash mexanizmini takomillashtirish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larini jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 iyundagi 18/1-75633-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi er qa’ridan foydalanishda soliq mexanizmining ta’sirchanligini oshirib, soliq bazasini to‘g‘ri shakllantirish imkonini bergan;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) tasarrufidagi yangi konlar uchun soliq stavkasini amaldagi 7% dan 10% ga qadar oshirish orqali soliqlarning adolatlilik tamoyilini ta’minlash hamda er qa’ri boyliklaridan milliy manfaatlar yo‘lida samarali foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 iyundagi 18/1-75633-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy qilinishi asosida soliqlarning adolatlilik tamoyilini qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan;
sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh uchun soliq stavkasining pasaytirilishi ta’sirida yuridik shaxslar tomonidan yangi qurilish ob’ektlarining qiymatini kamaytirish, boshqa tomondan, qurilish ishlarini olib borayotgan jismoniy shaxslarning xarid qobiliyatini qisman oshirish orqali milliy iqtisodiyotda sement mahsulotiga bo‘lgan talabni soliq mexanizmi orqali tartibga solish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 iyundagi 18/1-75633-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi orqali milliy iqtisodiyotda sement mahsulotiga bo‘lgan talabni soliq mexanizmi orqali ta’sir qilish, bozorni tartiblash va aholi real xaridlarining oshishiga imkon bergan; 
noruda metallar bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ma’murchiligini amalga oshirish uslubiyoti er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni o‘z vaqtida byudjetga tushishini ta’minlash, bevosita shaklda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasini to‘g‘ri hisoblash, soliq ob’ektini ob’ektiv ravishda hisobga olishning ko‘zdan kechirish asnosida monitoringini tashkil etish asosida takomillashtirish taklifi soliq Soliq qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 iyundagi 18/1-75633-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida er, mol-mulk va er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlarni undirish mexanizmini raqamlashtirilib, soliq xodimlarining mehnat sig‘imini kamaytirish va real samaradorlikka erishish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish