Xamidova Suluv Yangiboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish xarajatlarining boshqaruv hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kalonov Faxriddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining boshqaruv hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining boshqaruv hisobi maqsadlarida qo‘llaniladigan hisob siyosatiga “Operatsion xarajatlar kontrollingi” nomli bo‘limni kiritish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini tezkor va strategik boshqarish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
xodimlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish maqsadida 8521-“Ijtimoiy xarajatlar bo‘yicha rezerv kapitali” va 8920-“Ijtimoiy himoya  va ta’minot bo‘yicha to‘lovlar uchun rezerv” nomli hisobvaraqlarni ochish hamda ular asosida moliyalashtirish manbalarini nazorat qilish tartibi ishlab chiqilgan;
don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda material qiymatiga bonifikatsiya va refaksiya xarajatlarini kiritish orqali ularning boshqaruv hisobi hamda tahlilining axborot ta’minoti takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha tahlili jarayonida mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi omillarni guruhlarga ajratish orqali kompleks boshqaruv tahlili takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyatidagi don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish tannarxiga sof tushum, inflyasiya darajasi, soliqlar, kredit va qarzlar miqdorlarining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish orqali mahsulotlar tannarxining 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarning boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif  va amaliy tavsiyalar asosida:
boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini me’yoriy tartibga solish va takomillashtirish yuzasidan donni qayta ishlash korxonalarining boshqaruv hisobi maqsadlarida qo‘llaniladigan hisob siyosatiga “Operatsion xarajatlar kontrollingi” nomli bo‘limni kiritish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini tezkor va strategik boshqarish samaradorligini oshirish taklifi “Sho‘rchidonmahsulotlar” AJning, “Surxondonmahsulotlari” AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (“Sho‘rchidonmahsulotlar” AJning 2024 yil 4 oktyabrdagi 21/06-7-204-sonli, “Surxondonmahsulotlari” AJning 2024 yil 11 oktyabrdagi 01-20/674-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida xarajatlar hajmi va tarkibiga bo‘lgan me’yorlar belgilangan. Belgilangan me’yorlar orqali korxona boshqaruv samaradorligi 10-12 foizga oshgan. Bu esa, korxona xarajatlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish imkoniyatini yaratdi, natijada ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini rejalashtirish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat tug‘ilgan;
     boshqaruv hisobi ob’ektlari va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy element           va kal`kulyasiya moddalari tahlili yuzasidan hisobot ma’lumotlariga ta’sir etuvchi omillarning umumiy va xususiy, ichki va tashqi guruhlarga ajratish orqali ishlab chiqarish xarajatlarining kompleks boshqaruv tahlili uslubiyotini takomillashtirish taklifi “Sho‘rchidonmahsulotlar”, “Surxondonmahsulotlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (“Sho‘rchidonmahsulotlar” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 oktyabrdagi  21/06-7-204-sonli, “Surxondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 11 oktyabrdagi 01-20/674-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida “Sho‘rchidonmahsulotlar” aksiyadorlik jamiyatida mahsulot tannarxi 2024 yil 1 yanvar` holatiga 124 778 665.0 so‘mga kamayib, asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija esa, 100444029.0 so‘mga, “Surxondonmahsulotlari” AJda mahsulot tannarxi      2024 yil 1 yanvar` holatiga 311.754.185 ming so‘mga kamayib, asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija esa 1.400.065 ming so‘mga ko‘payishiga erishilgan;
don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda material tannarxiga bonifikatsiya    va refaksiya xarajatlarini kiritish orqali ularning boshqaruv hisobi hamda tahlilining axborot ta’minoti takomillashtirish taklifi “Sho‘rchidonmahsulotlar”, “Surxondonmahsulotlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (“Sho‘rchidonmahsulotlar” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 oktyabrdagi 21/06-7-204-sonli, “Surxondonmahsulotlari” AJning 2024 yil 11 oktyabrdagi 01-20/674-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida donni qayta ishlash korxonalarida bonifikatsiya va refaksiya xarajatlarining hisobi va tahlili asosida ularning nazoratini samarali tashkil etish imkoni yaratildi. Buning natijasida bonifikatsiya va refaksiya xarajatlarining o‘zgarishini mahsulot sifati va ta’minot jarayonlariga ta’sirini ishonchli baholash orqali sotish hajmini 5 foizga oshirishga erishilgan;
ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot va jarayonlarga qo‘shimcha faoliyat turlari kesimida hisobini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida donni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobini segmentlar va mas’uliyat markazlari bo‘yicha tashkil etish va tahlil qilish taklifi “Sho‘rchidonmahsulotlar”, “Surxondonmahsulotlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (“Sho‘rchidonmahsulotlar” AJning 2024 yil 4 oktyabrdagi 21/06-7-204-sonli, “Surxondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 11 oktyabrdagi 01-20/674-sonli ma’lumotnomalari). Bu esa boshqaruv hisobi ob’ektlari va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy element va kal`kulyasiya moddalari tahlili yuzasidan hisobot ma’lumotlariga ta’sir etuvchi omillarning umumiy va xususiy, ichki va tashqi guruhlarga ajratilishi, xo‘jalik hisobi axborotlarining sifatini oshirish bo‘yicha takliflar axborot ta’minotining to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlab, korxona xarajatlarini to‘g‘ri shakllanishiga va hisobot axborotlari sifatining oshishiga xizmat qilgan;
donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish tannarxiga sof tushum, inflyasiya darajasi, soliqlar, kredit va qarzlar miqdorlarining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish orqali mahsulotlar tannarxini 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognozi “Sho‘rchidonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati, “Surxondonmahsulotlari” AJ faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanilgan (“Sho‘rchidonmahsulotlar” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 oktyabrdagi 21/06-7-204-sonli, “Surxondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 11 oktyabrdagi 01-20/674-sonli ma’lumotnomalari). Buning natijasida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali boshqarish, uni pasaytirish bo‘yicha ichki rezervlarni aniqlash hamda tashqi omillar ta’sirini baholash imkonini bergan. Shuningdek, “Sho‘rchidonmahsulotlar” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish tannarxi, inflyasiya darajasi, soliqlar, kredit va qarzlarni samarali boshqarish hisobi sof tushumni 2030 yilgacha 10-15 foizga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish