Narmatova Manzura Tulaganovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
 “Xalq dostonlarida  ijtimoiy-siyosiy va maishiy leksika (“Malika ayyor” va “Bahrom va Gulandom” dostonlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/3058
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Sharipov Fazliddin Galievich filologiya fanlari doktori, professor, Siddiqova Shoxida Isaqovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xalq dostonlaridan “Malika ayyor”, “Bahrom va Gulandom” matnidagi ijtimoiy-siyosiy va maishiy leksik birliklarni etimologik va funksional-semantik aspektda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Malika ayyor”, “Bahrom va Gulandom” dostonlari matnidagi  epik qahramon tushunchasiga oid navkar, sipoh, dushman, otliq, piyoda, yayov, asir kabi, qurol-yarog‘larni ifodalovchi aslaha, nayza, qilich, shamshir, parli yoy, kamon, sadoq, qopqon kabi, harbiy xatti-harakatlarga oid hamla, zarb, bosmoq, urush, lashkar kabi, makon tushunchasiga oid zindon, choh, darband kabi leksemalarning funksional-semantik, etimologik xususiyatlari aniqlangan;
oila tushunchasiga oid ota, ona, aka, uka, o‘g‘il, qiz, og‘a, bobo, farzand, zurriyot va qavm-qarindoshlikka oid tog‘a, jiyan, jezna, amma, yanga, avlod, nasl-nasab, urug‘ kabi leksemalarga semantik maydon sifatida yondashilib, bu nomlarning etimologik, etnolingvistik, etnomadaniy tabiati ochib berilgan;
taom va oziq-ovqatga oid, quyuq taom nomlari osh, palov, qovurma non, go‘sht kabi, suyuq taom  nomlari sho‘rva, ta’til kabi, ichimlik nomlari sharbat, sharob, may, aroq, shirinlik va quruq meva nomlari qandolat, qand, parvarda, pista, rusta kabilar o‘zbek moddiy madaniyati va ma’naviyati, ijtimoiy-maishiy hayot tarzini ifodalovchi etnolingvistik birliklarning tarkibiy qismi ekanligi dalillangan;
kiyim-kechak nomlari to‘n, salla, qalpoq, kavush, kimxob kabi, libos va mato nomlari baxmal, atlas, banot kabi, shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlariga oid dasturxon, taboq, tavoq, qozon, o‘choq, pichoq, kosa, piyola, g‘alvir, elak, lagan, chiroq, to‘rva kabi, uy-ro‘zg‘or jihozlariga oid to‘shak, yostiq, gilam, kigiz kabi leksemalarning lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  “Malika ayyor”, “Bahrom va Gulandom” dostonlari tilidagi ijtimoiy-siyosiy va maishiy leksikaning etnolingvistik, etimologik va funksional-semantik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Malika ayyor”, “Bahrom va Gulandom” dostonlari matnidagi epik qahramon tushunchasiga oid navkar, sipoh, dushman, otliq, piyoda, yayov, asir kabi, qurol-yarog‘larni ifodalovchi aslaha, nayza, qilich, shamshir, parli yoy, kamon, sadoq, qopqon kabi, harbiy xatti-harakatlarga oid hamla, zarb, bosmoq, urush, lashkar kabi, makon tushunchasiga oid zindon, choh, darband kabi leksemalarning funksional-semantik, etimologik xususiyatlari aniqlangan o‘rinlardan F1-A1-P007-sonli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik obekt sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 11-oktyabrdagi 471/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va loyihaning ilmiy-nazariy asoslanishiga erishilgan;
oila tushunchasiga oid ota, ona, aka, uka, o‘g‘il, qiz, og‘a, bobo, farzand, zurriyot va qavm-qarindoshlikka oid tog‘a, jiyan, jezna, amma, yanga, avlod, nasl-nasab, urug‘ kabi leksemalarga semantik maydon sifatida yondashilib, bu nomlarning etimologik, etnolingvistik, etnomadaniy tabiatiga oid xulosalardan F1-F2-043429-sonli “Qoraqalpoq folklor va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 11-oktyabrdagi 472/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr etilgan ishlarning yangi misollar, manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
taom va oziq-ovqatga oid, quyuq taom nomlari osh, palov, qovurma non, go‘sht kabi, suyuq taom  nomlari sho‘rva, ta’til kabi, ichimlik nomlari sharbat, sharob, may, aroq, shirinlik va quruq meva nomlari qandolat, qand, parvarda, pista, rusta kabilar o‘zbek moddiy madaniyati va ma’naviyati, ijtimoiy-maishiy hayot tarzini ifodalovchi etnolingvistik birliklarning tarkibiy qismi ekanligi aniqlangan o‘rinlardan F1-A1-P007-sonli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik obekt sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 11-oktyabrdagi 471/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yangi nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
kiyim-kechak nomlari to‘n, salla, qalpoq, kavush, kimxob kabi, libos va mato nomlari baxmal, atlas, banot kabi, shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlariga oid dasturxon, taboq, tavoq, qozon, o‘choq, pichoq, kosa, piyola, g‘alvir, elak, lagan, chiroq, to‘rva kabi, uy-ro‘zg‘or jihozlariga oid to‘shak, yostiq, gilam, kigiz kabi leksemalarning lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan materiallardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Sarchashma”, “Subhidam”, “So‘z sehri” ko‘rsatuvlari dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-avgustdagi 378/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish