Usmonova Umida Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarning funksional-stilistik va pragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD.Fil3002.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘afur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:, filologiya fanlari doktori, dotsent Mirsanov G‘aybulla Kulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent Normurodov Zayniddin Rajabovich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik matnning sintaktik-stilistik va pragmatik xususiyatlarni qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida axboriy (information), tahliliy (analitik) va badiiy publisistik (features) janrlar izohlanib, falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, adabiy-tanqidiy xarakterga ega bo‘lgan publisistik matnlarning bahs-munozora, tashviqot-targ‘ibot, tanqidiy, analitik, satirik kabi o‘ziga xos belgilari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida “Live long and prosper?”, “Shabnam ostidagi muhabbat”, “How China is designing flood-resistant cities”, “Kimga mazza?”, “Yashasin, mo‘ylov!”, “Make it last..!” kabi darak, so‘roq, buyruq gap shaklidagi sarlavhalarining kommunikativ maqsad, janrlar va formatlar xilma-xilligi singari funksional-stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida harakat, holat, belgi, egalik, miqdoriy aniqlovchi, mavjudlik, idrok qiluvchi, qiyoslanuvchi, baholash, emotsional kabi subekt turlarining falsafiy, mantiqiy va lingvistik xususiyatlari morfologik va sintaktik aspektlarda dalillangan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida lug‘aviy birliklarning sinonimik va antonimik xususiyatlari, ma’no kuchaytirish uslubiy bo‘yoqdorlikni oshirish kabi ifodaviy imkoniyatlari funksional-stilistik va lingvopragmatik jihatdan ochib berilib, turg‘un iboralar, iqtibos, maqol va matallar, turli trop va figuralarning gazeta tilida ekspressiyani oshirishning vositalaridan biri ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarining funksional-stilistik va pragmatik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida axboriy (information), tahliliy (analitik) va badiiy publisistik (features) janrlar izohlanib, falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, adabiy-tanqidiy xarakterga ega bo‘lgan publisistik matnlarning bahs-munozora, tashviqot-targ‘ibot, tanqidiy, analitik, satirik kabi o‘ziga xos belgilari asoslangan o‘rinlardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-avgustdagi 313\1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan adabiyotlarning matn, matnning funksional-stilistik xususiyatlari doirasidagi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida “Live long and prosper?”, “Shabnam ostidagi muhabbat”, “How China is designing flood-resistant cities”, “Kimga mazza?”, “Yashasin, mo‘ylov!”, “Make it last..!” kabi darak, so‘roq, buyruq gap shaklidagi sarlavhalarining kommunikativ maqsad, janrlar va formatlar xilma-xilligi singari funksional-stilistik xususiyatlari asoslangan o‘rinlardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 10-iyuldagi 1397/02-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasining yangi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida harakat, holat, belgi, egalik, miqdoriy aniqlovchi, mavjudlik, idrok qiluvchi, qiyoslanuvchi, baholash, emotsional kabi subekt turlarining falsafiy, mantiqiy va lingvistik xususiyatlari morfologik va sintaktik aspektlarda dalillangan o‘rinlaridan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-avgustdagi 313\1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning yangi nazariy manbalar, amaliy misollar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tili publisistik matnlarida lug‘aviy birliklarning sinonimik va antonimik xususiyatlari, ma’no kuchaytirish uslubiy bo‘yoqdorlikni oshirish kabi ifodaviy imkoniyatlari funksional-stilistik va lingvopragmatik jihatdan ochib berilib, turg‘un iboralar, iqtibos, maqol va matallar, turli trop va figuralarning gazeta tilida ekspressiyani oshirishning vositalariekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 02-iyildagi 04-36-801-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida publisistik matnning o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi bahs-munozaralarga oydinlik kiritilgan.