Raximov Anvar Norimovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish metodologiyasi (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt817
Ilmiy maslaxatchi: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farhod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish metodologiyasiga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqada qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi umumiy omillar samaradorligini oshirishda K-means va GMM usullari integratsiyasi bo‘yicha optimal segmentatsiyalashning yangi gibrid yondashuvi taklif etilgan;
mintaqa sanoatini hududlarining innovatsion ishlab chiqarish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, investisiya va mehnat hamda intellektual resurs samaradorligi bo‘yicha integral ko‘rsatkich modeli 〖IK〗_(G(s))^((s))=√(n&∏_(i=1)^n▒√(n_s&∏_(p∈G_s)▒ω_pi )) asosida 4 toifali sanoat zonasiga ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa sanoatini hududlararo innovatsion rivojlanishning IK≥111,39 – yuqori, 107,55≤IK<111,39 – faol o‘rta, 106,22≤IKI<107,55 – passiv o‘rta va IK<106,22 – quyi toifalash mezonlari asosida investisiya va mehnat samaradorligini muvozanatli oshirishga erishilgan;
sanoat tarmoqlarining kapital va resurs o‘zgaruvchanlik dinamikasidagi ishlab chiqarish disproporsiyasini (dSI(t))/dt=D_t^(-1)∙[Y_t-(I-T_t )∙〖SI〗_t ] baholash modeli yordamida takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning VAR va kengaytirilgan VARMA modellari asosida 2025-2030-yillarda prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish metodologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi umumiy omillar samaradorligini oshirishda K-means va GMM usullari integratsiyasi bo‘yicha optimal segmentatsiyalashning yangi gibrid yondoshuvi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-martdagi 07-07/2064-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida qayta ishlash sanoati tarmoqlarini kapital, mehnat va texnologiya ustuvorligiga asoslangan uchta segmentga ajratish negizida sanoatni rivojlantirish dasturlari takomillashtirilgan;
mintaqa sanoatini hududlarining innovatsion ishlab chiqarish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, investisiya va mehnat, hamda intellektual resurs samaradorligi bo‘yicha integral ko‘rsatkich modeli 〖IK〗_(G(s))^((s))=√(n&∏_(i=1)^n▒√(n_s&∏_(p∈G_s)▒ω_pi )) asosida 4 toifali sanoat zonasiga ajratish taklifi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-martdagi 07-07/2064-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati sanoatini hududlararo innovatsion rivojlanirishning muhim omillarini baholash tizimi takomillashtirilgan va sanoat tarmoqlarida kadrlar salohiyati o‘sish sur’atiga mos ravishda innovatsiyon o‘sish sur’atini oshirishga erishilgan;
mintaqa sanoatini hududlararo innovatsion rivojlanishning 𝐼𝐾≥111,39 – yuqori, 107,55≤IK<111,39 – faol o‘rta, 106,22≤IKI<107,55 – passiv o‘rta va 𝐼𝐾<106,22 – quyi toifalash mezonlari asosida investisiya va mehnat samaradorligini muvozanatli oshirish taklifi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-martdagi 07-07/2064-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati hududiy sanoat zonalarining texnologik taraqqiyot ta’sirida innovatsion o‘sishning muddatli o‘zgarish davrlarini aniqlash imkoniyatini yaratgan, investisiya va mehnat omilining ininnovatsion ishlab chiqarishga ta’sirini baholash aniqligini oshirgan hamda mintaqa sanoat tizimida investisiya va mehnat samaradorligi muvozanat darajasining 1 foizga oshishi innovatsion ishlab chiqarish hajmini 0,38 foiz ortishiga xizmat qilgan;
sanoat tarmoqlarining kapital va resurs o‘zgaruvchanlik dinamikasidagi ishlab chiqarish disproporsiyasini (dSI(t))/dt=D_t^(-1)∙[Y_t-(I-T_t )∙〖SI〗_t ] baholash modeli Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-martdagi 07-07/2064-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati qayta ishlash sanoatida ichki xom-ashyo va zahira kapital sarfini 2,1 foizga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tizimida 1,4 foizga kamaytirish tarmoqlararo ishlab chiqarish va resurs hajmida disproporsiyani kamayishini ta’minlab, sanoat tizimida eksport hajmi va ichki bozor talablarini muvofiqlashtirish dasturlarini takomillashtirishga, tarmoqlararo resurs oqimini muvozanatlashtirish va resurs taqchilligi o‘sishini pasaytirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyati sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning VAR va kengaytirilgan VARMA modellari asosida 2025-2030-yillar uchun ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-martdagi 07-07/2064-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mintaqa sanoatini strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishini belgilashda foydalanilgan.