Boltaev Mansur O‘ral o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bombyx mori L. tut ipak qurtining nosematoz kasalligiga qarshi kurashishni integrallashgan tizimini asoslash”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1572
Ilmiy rahbar: Ismatullaeva Diloram Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.36/30.01.2020.Qx.103.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor; Aqilov Ulug‘bek Hakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi samarali vositalar va usullardan kompleks foydalangan holda tut ipak qurtining xavfli kasalliklaridan biri bo‘lgan nosematozga qarshi kurashishni integrallashgan tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor ipak qurti urug‘ini zararsizlantirish maqsadida keng spektrli ta’sir etuvchi antibiotiklarni, xususan Metronidazol, Amoksisillin, Siprofloksatsin dozalari va ularni qo‘llash ekspozisiyalari aniqlangan;
tut ipak qurtini urug‘lariga Metronidazol, Sinurol, Amoksisillin, Siprofloksatsinlarni 0,5 % va 1,0 % li konsentratsiyalarida ishlov berish natijasida jonlanish foizi nazoratga nisbatan o‘rtacha 2,0-12,0 % oshgani va kasallanish darajasini 7,6-14,9 % ga pasaygani aniqlangan;
tuxumlarga ishlov berish natijasida qurtlarni nosematoz bilan kasallanishini kamayishi hisobiga ipak qurtlarini hayotchanligi 9-11 % ga oshganligi ilmiy asoslangan;
“Antibiotiklar kompleksi” (Metronidazol 1,0 % bilan Amoksisillin 1,0 % aralashmasi) nosematoz sporasiga nisbatan sinergetik ta’sir ko‘rsatishi natijasida ipak qurtlarini hayotchanligi qiyoslovchiga nisbatan 9,5-11,5 % va kapalaklar chiqishi 7,4-8,7 foizga oshganligi aniqlangan;
sun’iy yo‘l orqali (Per os) Nosema bombycis N. qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan ipak qurtlari V-yoshining birinchi 5 kunligida tadqiq etilgan vositalar bilan oziqlantirish natijasida kasallik tarqalishi kamaygani aniqlangan;
ipak qurtini lichinkalik davrida nosematoz kasalligi erta aniqlangan hollarda yarimsintetik antibiotiklarni qo‘llash xisobiga kapalaklarda kasallanish darajasini pasayganligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurtining nosematoz kasalligiga qarshi kurashishni integrallashgan tizimini asoslash bo‘yicha tadqiqot natijalari:
«Tut ipak qurtlarini boqishda nosematoz kasalligiga qarshi davolash-profilaktika maqsadida antibiotiklardan foydalanish» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlanib, Farg‘ona viloyatining «Farg‘ona Pilla Naslchiligi» MChJda Ipakchi 1 x Ipakchi 2 duragayini 6 quti sog‘lom urug‘lariga «Antibiotiklar kompleksi» bilan ishlov berilib, joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 3-8-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir quti urug‘dan qo‘shimcha 8,3 kg navli pilla olinib, iqtisodiy samaradorlik 3034582,0 so‘mni tashkil etgan;
yangi yaratilgan «Antibiotiklar kompleksi» 2023 yilda Farg‘ona viloyatini «Farg‘ona Pilla Naslchiligi» MChJda mahalliy Ipakchi 2 x Ipakchi 1 duragayidan 10 quti sog‘lom urug‘lariga ishlov berib joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 3-8-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba variantida qo‘shimcha 8,1 kg pilla hosili olingan va rentabellik darajasi 15,2 % ko‘tarilgan;
«Antiseptik vosita» preparati bilan qurtlarni IV-yoshida 3 kun va V-yoshining birinchi 5 kunligida bir kunda 2 mahal barglarga sepib boqib, tut ipak qurtini nosematoz kasalligini oldini olish usuli Qashqadaryo viloyatini Yakkabog‘ tumani «Agro-pilla» MChJ korxonasida parvarishlanayotgan Jingsong x Haoyou horij sanoat duragayi 2 quti xajmdagi qurtlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 3-8-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba qurtlari parvarishlangan xonadonda 1 quti urug‘ hisobidan qo‘shimcha 8 kg xom pilla olinib, olingan qo‘shimcha pilla hisobidan iqtisodiy samaradorlik 2607733,3 so‘m tashkil etgan, sof foyda esa 1428085,3 so‘m bo‘lib, rentabellik darajasi 14,0 % ga oshirilgan.