Xo‘jayorov Asilbek Otabek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): IX – XII asrlarda Nasaf vohasi allomalarining Markaziy Osiyo ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qo‘shgan hissasi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1341.
Ilmiy rahbar: Buriev Achil, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori, professor; Aminov Bobir Bomuradovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX – XII asrlarda Nasaf vohasi allomalarining Markaziy Osiyo ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qo‘shgan hissasini ilmiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda birinchi Uyg‘onish (Renessans) davrida Nasaf shahrining yirik ilmiy-ma’naviy markazga aylanishi bilan bog‘liq jarayonlar birinchi marotaba tarixiy manbalar asosida dalillangan, shuningdek, Qarshi davlat universiteti tuzilmasida “Abu-l Mu’in an-Nasafiy” ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishining ahamiyati ochib berilgan;
Nasaf vohasining o‘rta asrlarda somoniylar, qoraxoniylar sulolalari davridagi siyosiy mavqei, vohaning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti, yirik shaharlari va qishloq xo‘jaligi, hunarmandlik, savdo-sotiq ishlarining rivojlanganligi tarixiy manbalar va adabiyotlar asosida dalillangan;
voha allomalarining islom ilmlari – kalom (aqoid), tafsir, fiqh (islom huquqshunosligi) va hadisshunoslik sohalaridagi faoliyati, ilmiy va ma’naviy merosi, ularning o‘rganilishi, bizning davrimizgacha etib kelishi, shuningdek, Abul Mu’an Nasafiyning “Turkiya qo‘lyozma asarlar fondi”da saqlanayotgan “Tabsirat al-adilla” (2825-raqam ostida), “At-tamhid li qavoid at-tavhid” (1479-raqam ostida) va “Bahr ul-kalom” (1354-raqam ostida) asarlari qo‘lyozmalari to‘g‘risida ma’lumotlar ilk marotaba bayon etilgan;
tadqiqotda vohada tasavvuf ta’limotlarining tarqalishi, etishib chiqqan mutasavvuflar faoliyati, ularning asarlari va ilgari surilgan g‘oyalariga to‘xtab o‘tilgan, shuningdek, o‘rta asrlarda Nasaf vohasida yozma adabiyot namunalarining paydo bo‘lishi, tilshunoslik ilmining rivoji, bundan tashqari voha allomalarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi ham tarixiy manbalarga tayangan holda asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IX – XII asrlarda Nasaf vohasi allomalarining Markaziy Osiyo ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qo‘shgan hissasi oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda birinchi Uyg‘onish (Renessans) davrida Nasaf shahrining yirik ilmiy-ma’naviy markazga aylanishi bilan bog‘liq jarayonlarning birinchi marotaba tarixiy manbalar asosida yoritilganligi, shuningdek, Qarshi davlat universiteti tuzilmasida “Abu-l Mu’in an-Nasafiy” ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishining ahamiyatiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 16 iyundagi 02-31-976-son ma’lumotnomasi). Bu aholi, ayniqsa, yoshlar orasida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan tanishish imkonini yaratgan;
Nasaf vohasining o‘rta asrlarda somoniylar, qoraxoniylar sulolalari davridagi siyosiy mavqei, vohaning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti, yirik shaharlari va qishloq xo‘jaligi, hunarmandlik, savdo-sotiq ishlarining rivojlanganligi tarixiy manbalar va adabiyotlar asosi ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” XJF Qashqadaryo viloyati muassasiga “Qarshining o‘tmishidan taralgan yog‘du” nomli loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan 22-22-12/3t-10-son Davlat grantida foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-23-06/05-23-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda ilmiy-ma’naviy merosni saqlash va uning targ‘ibotini amalga oshirishga, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga xizmat qiladi.
vohada tasavvuf ta’limotlarining tarqalishi, etishib chiqqan mutasavvuflar faoliyati, ularning asarlari va ilgari surilgan g‘oyalariga to‘xtab o‘tilgan, shuningdek, o‘rta asrlarda Nasaf vohasida yozma adabiyot namunalarining paydo bo‘lishi, tilshunoslik ilmining rivoji, bundan tashqari voha allomalarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi ham tarixiy manbalarga tayangan holda asoslanganligiga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” XJF Qashqadaryo viloyati muassasasiga “Qarshining o‘tmishidan taralgan yog‘du” nomli loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan 22-22-12/3t-10-son Davlat grantida foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-23-06/05-23-son ma’lumotnomasi). Bu Yangi O‘zbekiston sharoitida aholini etuk allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish imkonini yaratgan.
voha allomalarining islom ilmlari – kalom (aqoid), tafsir, fiqh (islom huquqshunosligi) va hadisshunoslik sohalaridagi faoliyati, ilmiy va ma’naviy merosi, ularning o‘rganilishi, bizning davrimizgacha etib kelishi, shuningdek, Abul Mu’an Nasafiyning “Turkiya qo‘lyozma asarlar fondi”da saqlanayotgan “Tabsirat al-adilla” (2825-raqam ostida), “At-tamhid li qavoid at-tavhid” (1479-raqam ostida) va “Bahr ul-kalom” (1354-raqam ostida) asarlari qo‘lyozmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Abul Mu’in Nasafiy majmuasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 12 sentyabrdagi 01-23-3392/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar Abul Mu’in Nasafiy majmuasi va uning tarkibidagi muzey ma’lumotlari hamda kutubxona fondidagi voha allomalari merosi haqidagi manbalarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.