Soxibova Nigora Sadritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intensiv tutzorlarni tashkil etishning turli optimal sxemalarini barg hosildorligiga va ipak qurti mahsuldorligiga ta’siri”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx549
Ilmiy rahbar: Valiev Sayfiddin Tojiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.36/30.01.2020.Qx.103.01.
Rasmiy opponentlar: Daniyarov Umirzak Tuxtamuradovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sodiqov Davron Sodiq o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tutning Jarariq 14, Marhamat 2017 navlari va O‘zbekiston duragaylari asosida 1,4×0,5m, 1,2×0,22m va 0,9×0,9m sxemalardagi tutzorlarni ishlab chiqarishga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha usullar o‘rganilib, optimal intensiv sxemalarning samaradorligi, kasalliklarga bardoshliligi, bargini oziqaviyligi, to‘yimliligi, ipak qurtini rivojlanishiga, pilla hosili va sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor respublikamiz iqlim sharoitlariga mos 1,4×0,5 m, 1,2×0,22 m va 0,9×0,9 m sxemadagi tutzorlar tashkil etishning maqbul sxemalari ilmiy jihatdan asoslangan;
intensiv usuldagi 1,4×0,5 m, 1,2×0,22 m va 0,9×0,9 m sxemalarda tashkil etilgan tutzorlarning barg sathini nazoratga nisbatan 18,1-25,2 smga, barg og‘irligini qiyoslovchiga nisbatan 1,9 % ga va barg hosilini gektariga 227% oshirish mumkinligi isbotlangan;
tutning Jarariq 14, Marxamat 2017 navlari va O‘zbekiston duragay ko‘chatlaridan tashkil qilingan intensiv tutzorlarni yil davomida o‘g‘itlash, gektariga mahalliy o‘g‘it 40 tonna, azot 140 g/m2, kaliy 40 g/m2, fosfor 70 g/m2, sug‘orish 8-10 marta hamda qator oralariga ishlov berish tadbirlari 2 martani tashkil etishi optimal me’yor sifatida tavsiya etilgan;
1,4×0,5 m, 1,2×0,22 m va 0,9×0,9 m sxemali tutzorlarda etishtirilgan ozuqa barglarida suv saqlash xususiyatini 7,2 % ga ortishi hamda protein miqdorini 25,08 % ga va uglevodlarni 8,93 % ga etkazish mumkinligi aniqlangan;
yangi sxemalarda tashkil etilgan tutzorlar bargi bilan parvarishlangan duragay ipak qurtlarining pilla vaznini nazoratga nisbatan 2,3 % ga, ipakchanligini 1,4 % ga oshirish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intensiv tutzorlarni tashkil etishning turli optimal sxemalarini barg hosildorligiga va ipak qurti mahsuldorligiga ta’sirini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Yangi ko‘p hosil olish mumkin bo‘lgan tutning intensiv 1,2×0,22 m sxemada ekilgan tutzor Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi “Shaxnoza, Komila, Azizjon” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 26-oktyabrdagi № 3-669-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,20 gektar tutzordan olingan barg hisobiga Ipakchi 1×Ipakchi 2 duragayining 6 qutisidan olingan iqtisodiy samaradorlik 7973,7 ming so‘m tashkil etib, sof foyda esa 7575,0 ming so‘mni, bir so‘m xarajatga 1,05 so‘mdan daromad olingan, rentabellik 29,6 % teng bo‘lgan;
1 gektar maydondan olinadigan barg hosili va moddiy manfaatdorlikni oshrish maqsadida tutning yangi ishlab chiqilgan intensiv shakldagi 1,4×0,5 m sxemasi Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Ipak Ko‘chat Klaster” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 26-oktyabrdagi № 3-669-son ma’lumot-nomasi). Natijada, 0,40 gektardan olingan 13714 kg barg hosilidan iqtisodiy samaradorlik 2614,2 ming so‘m, sof foyda esa 2483,5 ming so‘mni, bir so‘m xarajatga 1,06 so‘mdan daromad olindi hamda rentabellik 36,2 % tashkil etgan.
Tutning yangi intensiv 1,4×0,5 m sxemalarda ekilgan tutzor Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-ilmiy tajriba bo‘limining jami 0,10 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 26-oktyabrdagi № 3-669-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi sxemadan mavjud standart 4×0,5 m sxemaga nisbatan 1150 kg ko‘p barg hosili etishtirishga erishilgan va 0,10 gektardan olingan iqtisodiy samaradorlik 460,0 ming so‘m, sof foyda esa 437,0 ming so‘mni va bir so‘m xarajatga 1,31 so‘mdan daromad olingan hamda rentabellik 53,9 % ni tashkil etgan.