Xaytbaeva Nodira Seytjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonnning ayrim markaziy va janubiy hududlarida kuzgi bug‘doy va sholining fuzarioz kasalliklariga qarshi kurash choralari”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Qx268.
Ilmiy rahbar: Xasanov Botir Achilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Haytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Teelyaev Rixsivoy Shomuxamedovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Meyliev Akmal Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning ayrim markaziy va janubiy hududlarida bug‘doy va sholi ekinlarida fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium turkumi tur tarkibi, biologiyasi, tarqalishi, don hosili va sifatiga ta’siri, ularga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikaning Jizzax, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida bug‘doy dalalirdan Fusarium zamburug‘larining 10-11 ta turi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida sholiekilgandalalarning tuproqlaridan10-11 ta turga mansub fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar borligi aniqlangan va ular orasidan eng agressiv izolyatlaridan 4 ta shtamm ajratib olingan;
respublikaning Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida etishtirilayotgan bug‘doy va sholining donini zararlovchi Fusarium turkumi zamburug‘lari F.graminearum va F.incarnatum turlari mikotoksinlik xususiyati o‘rganilganda, F.graminearum turining zaharlilik xususiyati mavjudligi aniqlangan, bunda letal dozasi (LD50) – >5000 mg/kg dan yuqori ekanligi aniqlangan, Fusarium turkumiga mansub F. avenaceum F. lateritium,, F. heterosporum, F. sambucinum, F. oxysporum, F. solani, Fusariumsp, F. culmorum, F. Equiseti turlari o‘simlikning ildiz, poya, o‘simlik bo‘g‘in oralari va barglarini zararlovchi turlar ekanligi aniqlangan.
bug‘doy va sholi rivojlanish fazalarida fuzarioz kasalligi bilan keng zararlanishi bug‘doyda tuplash fazasida 33,5% gacha, sholida unib chiqish davrida 38,7 % zararlanishi aniqlangan;
bug‘doyning fuzarioz kasalligiga nisbatan chidamli navlari Alekseich, G‘azg‘on, Tanya, Vexa, Bunyodkor, Grom, sholining Iskandar va Sadaf navlari ekanligi aniqlangan;
respublikaning Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari sharoitida bug‘doy va sholidan ajratilgan Fusarium turkumiga mansub zamburug‘larning bug‘doyni zararlovchi 3 ta turi Fusarium graminearum, Fusarium culmorum, F.equiseti, sholini zararlovchi 1 ta Fusarium incarnatum turi DNK-tahlili orqali identifikatsiya qilingan;
bug‘doy va sholining fuzarioz kasalligiga qarshi Ful`vogumat Bionik biopreparati bilan 0,4 l/t me’yorda urug‘larga ishlov berib ekilganda biologik samaradorligi 83,5-88,4%, Selest top 312,5 FS sus.k. kimyoviy fungisidi 1,5 l/t me’yorda qo‘llanilganda 94,1-96,0% biologik samaradorlikka erishilgan va qo‘shimcha 13,0-14,5 s/ga don hosili olinishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida bug‘doy va sholi ekinlarining fuzarioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Bug‘doy va sholining fuzarioz kasalliklari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-01-46-sonli ma’lumotnoma). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda qo‘llanma sifatida agroklaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan amaliy faoliyatida foydalanib kelinmoqda.
Bug‘doyning fuzarioz kasalliklariga qarshi kimyoviy fungisidlardan Selest top 312,5 FS, sus.k. 1,5 l/t me’yorda, Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. 1,0 l/t qo‘llash Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 18,0 ga, Sharof Rashidov tumanida 20,0 ga, Buxoro viloyati Jondor tumanida 6,0 ga, Buxoro tumanida 0,5 ga, Qashqadaryo viloyatida Shaxrisabz tumanida 10,0 ga, Yakkabog‘ tumanida 12,0 ga, jami 66,5 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-01-46-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bug‘doyning fuzarioz kasalligiga qarshi kimyoviy fungisidlar qo‘llanilganda biologik samaradorlik 90-96,8% bo‘lib, qo‘shimcha 13,0-14,5 s/ga don hosili olingan.
Bug‘doyning fuzarioz kasalliklariga qarshi mikrobiologik preparatlardan Trixodermin 4,0 l/t me’yorda, Ful`vogumat Bionik 0,4 l/t me’yorda qo‘llash Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2,0 ga, Sharof Rashidov tumanida 8,0 ga, Buxoro viloyati Jondor tumanida 4,0 ga, Qashqadaryo viloyatida Shaxrisabz tumanida 5 ga, Yakkabog‘ tumanida 6,0 ga, jami 25,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-01-46-sonli ma’lumotnoma). Bunda, biologik samaradorlik 78,5-83%, bug‘doy don hosili nazoratga nisbatan 10-13 s/ga ortishiga erishilgan.
Sholining fuzarioz kasalligiga qarshi Selest top 312,5 FS, sus.k. 1,5 l/t me’yorda, Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. 1,0 l/t sarf me’yorda qo‘llash Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 2,0 ga, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 3,0 ga, jami 5,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-01-46-sonli ma’lumotnoma). Natijada, sholining fuzarioz kasalligiga qarshi kimyoviy fungisidlar biologik samaradorligi 90-96% ni tashkil qilgan, sholi don hosili 12-14 s/ga yuqori bo‘lgan.
Sholining fuzarioz kasalligiga qarshi mikrobiologik preparatlardan Trixodermin 4,0 l/t me’yorda, Ful`vogumat Bionik 0,4 l/t me’yorda qo‘llash Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida 1,5 ga, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 2,0 ga, jami 3,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-01-46-sonli ma’lumotnoma). Natijada, qo‘llanilgan mikrobiologik preparatlarning biologik samaradorligi 78-84,7 %ni tashkil etib, sholidan 9-12,0 s/ga qo‘shimcha don hosil olingan.