Xolov Shodi Rahmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylarning ektoparazitlarini tarqalishi va qarshi kurash chora-tadbirlari”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3./PhD/V93
Ilmiy rahbar: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Utkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Karimova Nazira Umurqulovna, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tog‘ oldi hududi hisoblangan Ohangaron, Parkent va sug‘oriladigan Qibray tumanlaridagi qo‘ychilikga ixtisoslashgan xo‘jaliklar va aholi xonadonlarida qo‘ylarni infestatsiya darajasini, mavsumiy tarqalish dinamikasini o‘rganish va ularga qarshi kurashning yangi samarali usul hamda vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Toshkent viloyatining tog‘ oldi hududi hisoblangan Ohangaron, Parkent va sug‘oriladigan Qibray tumanlari hududlaridagi qo‘ychilik fermer xo‘jaliklari va aholi qaramog‘idagi qo‘ylarda parazitlik qiluvchi ektoparazitlarning Hyalomma anatolicum, H.detritum, Rhipicephalus bursa, Rh.turanicus va Bovicola ovis turlari aniqlangan;
Toshkent viloyatidagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan qo‘ylarda Hyalomma anatolicum, H.detritum, Rhipicephalus bursa, Rh.turanicus kanalarining migratsiyasi mart oyining ikkinchi yarmida boshlanishi kuzatilib yoz va kuz fasllarida 82,0-85,0 foizgacha tarqalishi aniqlangan;
ektoparazitlar bilan zararlangan qo‘ylarni Cypra preparatining 0,025 foizli suvli eritmasi 1,0 l/bosh hisobida purkash usulida va 0,05 foizli kukun shakli bilan 200-300 g/bosh hisobida sepish yo‘li bilan dorilaganda 100% insektoakarisid samara berishi aniqlangan;
ektoparazitozlar bilan kasallangan qo‘ylarning qonidagi asosiy o‘zgarishlar, ya’ni gemoglobin miqdori meyorga nisbatan-2,2, eritrotsitlarning-3,0, gematokritning-5,5 foizgacha kamayishi, leykotsitlarning-1,7, limfositlarning-8,7, eozinofillarning-1,7, neytrofillarning-12,8 foizgacha oshishi, biokimyoviy tahlil natijalariga ko‘ra esa me’yorga nisbatan umumiy oqsilning-12,0-15,0, billirubinning-2,8 foizgacha oshishi aniqlangan;
qo‘ylarning ektoparazitozlariga qarshi o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida har bir bosh qo‘yning tirik vazni o‘rtacha 2,9 foizga ko‘payishi, sarf qilingan bir so‘mga 6,1 so‘m sof daromad keltirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylar ektoparazitlarini tarqalishi va qarshi kurashishning chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekto- va endoparazitlariga qarshi Cypra EC preparatini qo‘llash” bo‘yicha (2025 y.) uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 3 yanvardagi 02/23-02-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyatidagi turli mulk shaklidagi qo‘ychilik xo‘jaliklarni ektoparazitozlardan sog‘lomlashtirishga erishilgan;
Toshkent viloyati Ohangaron, Parkent va Qibray tumanlaridagi shaxsiy hamda qo‘ychilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklaridagi qo‘ylarda parazitlik qiluvchi ektoparazitlarga qarshi Deltametrin preparatining 0,015 %, Karatin-50 preparatining 0,03 %, Cypra preparatining 0,025 % konsentrat emulsiyalari amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 3 yanvardagi 02/23-02-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylarda parazitlik qiluvchi ektoparazitlarga nisbatan 100% insektoakarisid samara berishi hamda ularga qarshi kurashishda va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;.
Qo‘ylarning ektoparazitozlariga qarshi o‘tkazilgan chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Xolto‘raev Oybek XM” fermer xo‘jaligidagi qo‘ylarning iksodidoz va bovikolyozlariga qarshi dezinseksiya va dezakarizatsiya tadbirlari joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 3 yanvardagi 02/23-02-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylarda parazitozlarni davolash va oldini olishga sarflangan 1 so‘m xarajatga 6,1 so‘m iqtisodiy samara olishga hamda ularga qarshi samarali kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqilishiga erishilgan.