Olimjonova Gulida Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda bojxona tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi (1991 – 2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1443
Ilmiy rahbar: Muminova Gavxar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor Yunusova Xurshida Erkinovna.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida yangi bojxona tizimining yo‘lga qo‘yilishi va bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni ilmiy tadqiq etish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga to‘sqinlik qilgan kamchilliklar (izdan chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy soha, mintaqadagi murakkab vaziyat, qo‘shni davlatlar hududiy chegaralarining ochiqligi va nazoratsizligi noqonuniy tovar aylanishiga keng yo‘l ochilganligi, davlat chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payishi, bojxona tizimi kadrlar kuchli tanqisligi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha samarali mexanizmning ishlab chiqilmaganligi va h.k.) va davlat tomonidan chegara postlari ishini mustahkamlash tadbirlari (bojxona tizimini hozirgi zamon sharoitidan kelib chiqib shakllantirish, modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirish, bojxona tizimi shtatlari sonini ko‘paytirish, qolaversa, kinologiya xizmati tashkil etish, oliy ma’lumotli bojxonachi mutaxassislar tayyorlash maqsadida oliy harbiy bojxona institutini ochish) dalillangan;
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bojxona tizimning huquqiy bazasi mustahkamlanib, jiddiy islohotlar amalga oshirilishi natijasida soha moddiy-texnika bazasini kuchaytirishda xususan, postlarni zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar bilan ta’minlashda qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, ammo bojxona xodimlari tomonidan noqonuniy tovar aylanish natijasida chegarada o‘shlab qolingan tovar moddiy boyliklarini rasmiylashtirish, narxlash va taqsimlashdagi kamchilliklar tufayli har yili davlat byudjetiga millionlab zarar etkazilganligi isbotlangan;
Davlat bojxona Qo‘mitasi tashkil etilganidan keyingi yillari kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar olib borilgan bo‘lsada, ammo kadrlarning sifati talablarga javob bermasligi bilan bog‘liq holatlar, ya’ni xodimlarning atigi 4 foizga yaqini chet tillarini bilishi va sertifikatlash amalga oshirilmaganligi, tasodifiy kishilar bojxona tizimiga ishga olinishi, xodimlar orasida turli xatoliklari tufayli ishdan olinish va jinoiy javobgarlikka tortilish ko‘payganligi isbotlangan;
bojxona tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasi shakllantirilib, yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishdagi qo‘layliklar va chegara postlarida yuklarni nazoratdan o‘tkazish jarayonida yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi tufayli bojxona organlari faoliyati samaradorligining oshishiga erishilib, davlat byudjetiga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bojxona tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga to‘sqinlik qilgan muammolar (izdan chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy soha, mintaqadagi murakkab vaziyat, qo‘shni davlatlar hududiy chegaralarining ochiqligi va nazoratsizligi noqonuniy tovar aylanishiga keng yo‘l ochilganligi, davlat chegaralarini noqonuniy kesin o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payishi, bojxona tizimi kadrlar kuchli tanqisligi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha samarali mexanizmning ishlab chiqilmaganligi va h.k.) va davlat tomonidan chegara postlari ishini mustahkamlash tadbirlari (bojxona tizimini hozirgi zamon sharoitidan kelib chiqib shakllantirish, modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirish, kinologiya xizmati tashkil etish, oliy ma’lumotli bojxonachi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oliy harbiy bojxona institutini ochish) oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yilning 6-sentyabrdagi 02-31-992-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, shuningdek bojxona organlari tizimidagi islohotlarning samaradorligiga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bojxona tizimning huquqiy bazasi mustahkamlanib, jiddiy islohotlar amalga oshirilishi natijasida soha moddiy- texnika bazasini kuchaytirishda xususan, postlarni zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar bilan ta’minlashda qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yilning 6-sentyabrdagi 02-31-992-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar ongida bojxona tizimidagi yangilanish va islohotlar bo‘yicha yangi ma’lumotlar shakllanishiga yordam beradi.
Davlat bojxona Qo‘mitasi tashkil etilganidan keyingi yillari kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar olib borilgan bo‘lsada, ammo kadrlarning sifati talablarga javob bermasligi bilan bog‘liq holatlar, ya’ni xodimlarning atigi 4 foizga yaqini chet tillarini bilishi va sertifikatlash amalga oshirilmaganligi, tasodifiy kishilar bojxona tizimiga ishga olinishi, xodimlar orasida turli xatoliklari tufayli ishdan olinish va jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar, shuningdek, kadrlar tayyorlash sohasidagi bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar haqidagi ma’lumotlardan Bojxona institutining 1-kursida tahsil olayotgan kursantlarga bojxona tarixi fanini o‘qitish jarayonida fan dasturi, sillabus, ma’ruza matnlari, taqdimot va mustaqil ta’lim topshiriqlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutining 2024 yilning 11- oktyabrdagi 7/25-24-0105-son ma’lumotnomasi). Bu Bojxona instituti kursantlariga o‘quv jarayonlarida bojxona organlari tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Bojxona tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasi shakllantirilib, bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishdagi qulayliklar va chegara postlarida yuklarni nazoratdan o‘tkazish jarayonida yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi tufayli bojxona organlari faoliyati samaradorligining oshishiga erishilib, davlat byudjetiga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga sabab bo‘lganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutining bojxona xizmati Faxriylar uyushmasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvlari”ni o‘tkazish yillik dasturini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutining 2024 yilning 11-oktyabrdagi 7/25-24-0105-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlar va bo‘lajak bojxonachi mutaxassislar soha islohotlari va uning natijalari bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon yaratildi.
Tadqiqotda olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari, kasbiy va xizmat tayyorgarlik mashg‘ulotlarining yillik rejasini tuzish va unda belgilangan tadbirlarni yanada mazmunli tashkil etish va o‘tkazishda. Shuningdek, dissertatsiyada tarixiy-huquqiy ilmiy adabiyotlar va bojxona organlari faoliyatiga oid arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayonida olib borilgan tadqiqotlar Bojxona qo‘mitasida tashkil etilgan “Bojxona tarixi muzeyi”ni milliy bojxona tizimining rivojlanishida ro‘y bergan va kam o‘rganilgan tarixiy jarayonlar, voqealar va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda foydalanildi.(O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutining 2024 yilning 22-oktyabrdagi 3/03-24-01167-son ma’lumotnomasi).