Usmanov Muradxan Saidmaxmudovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Shahar makonining ijtimoiy infratuzilmasini va erkin muloqot tizimini shakllantirish (Shahar muhitining konseptual tahlili)”, 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarni rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/A29. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  Ilmiy maslahatchi: Raximov Kamol Djalolovich, texnika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Kuspangaliev Bo‘lat Urayxanovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Yunusov Shukurulla Hayrullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: ToshkentboshplanLITI.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-madaniy sohadagi o‘zgarishlarga muvofiq shahar muhitining ijtimoiy infratuzilmasini qayta tashkil etish va shakllantirish konsepsiyasini, erkin muloqot tizimida dam olish muassasalarining turlari va tarmoqlarini shakllantirish hamda ularni funksional va rejalashtirishni tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida istalgan va zarur xizmatlarni taqsimlashda farq qiluvchi shahar muhitini shakllantirishga fundamental yondashuv baholanib, shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasi (jamoat xizmat ko‘rsatish muassasalari)ni qayta tashkil etish konsepsiyasi yaratilgan;
ijtimoiy infratuzilmaning fundamental ierarxik tarmog‘i ishlab chiqilib, taklif etilayotgan tarmoqning har bir o‘ziga xos tipdagi muassasalar faoliyatining maqsadli yo‘naltirilganligi (muvofiqlashtirish-uslubiy, ijodiy va ko‘ngilochar)  asosida uchta takrorlanuvchi (markaziy hordiq chiqarish majmuasi; markazlashtirilgan ijod uyi; birlamchi mahalliy klub) va bitta noyob turdagi (unikal qiziqish klubi) muassasalardan iboratligi asoslangan; 
dam olish muassasalarining fazoviy muhitida potensial yuzaga keladigan ijtimoiy jarayonlarning fazoviy-vaqtincha ifodalash xususiyatiga asoslangan bo'sh vaqt elementlarining (ijod qilish, sport, dam olish, tomoshalar) yangi tasnifi ishlab chiqilgan;
funksiyadan (ijodiy jarayon, tomoshalar, faol va passiv dam olish, sport) muhitga "to'g'ri (korrekt)" o'tishga asoslangan jamoat muassasalarining funksional-rejalashtirish tuzilmasini va asosiy binolar majmuasini aniqlash usuli taklif etilgan va buning natijasida "ijtimoiy makonlar matrisasi" ishlab chiqilgan;
ijtimoiy jarayonlardan jamoat muassasalarining fazoviy tashkil etilishiga o‘tish metodologiyasiga, shuningdek, eng yirik va yirik shaharlardagi erkin muloqot tizimining tarkibiy modeliga asoslanib, ularning har birida turli faoliyat turlari bo‘yicha (funksional-uslubiy, ijodiy va ko‘ngilochar) dam olish muassasalaridan iborat maskanlarini rejalashtirish tuzilmasini shakllantirishning matrisali, grafo-analitik va jadvaliy kabi tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar makonining ijtimoiy infraturukturasini va erkin muloqot tizimini shakllantirish (Shahar muhitining konseptual tahlili) mavzusi bo ’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida istalgan va zarur xizmatlarni taqsimlashda farq qiluvchi shahar muhitini shakllantirishga fundamental yondashuv baholanib, shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasi (jamoat xizmat ko‘rsatish muassasalari)ni qayta tashkil etish konsepsiyasi yaratilgan takliflar “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining boshqarma va bo‘linmalarida arxitektura-shaharsozlik loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 29 yanvardagi 06/1054-son ma’lumotnomasi). Natijada - shahar muhitini shakllantirishga fundamental yondashuv va shaharni barqaror rivojlantirish bosh rejalarida qo‘llaniladigan ijtimoiy infratuzilmani qayta tashkil etishning dastlabki sotsiologik konsepsiyasi hisobga olindi va foydalanishga erishilgan;
ijtimoiy infratuzilmaning fundamental ierarxik tarmog‘i ishlab chiqilib, taklif etilayotgan tarmoqning har bir o‘ziga xos tipdagi muassasalar faoliyatining maqsadli yo‘naltirilganligi (muvofiqlashtirish-uslubiy, ijodiy va ko‘ngilochar)  asosida uchta takrorlanuvchi (markaziy hordiq chiqarish majmuasi; markazlashtirilgan ijod uyi; birlamchi mahalliy klub) va bitta noyob turdagi (unikal qiziqish klubi) muassasalardan iboratligi asoslangan takliflar “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining boshqarma va bo‘linmalarida arxitektura-shaharsozlik loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 29 yanvardagi 06/1054-son ma’lumotnomasi). Natijada - shahar muhitini shakllantirishga fundamental yondashuv va shaharni barqaror rivojlantirish bosh rejalarida qo‘llaniladigan ijtimoiy infratuzilmani qayta tashkil etishning dastlabki sotsiologik konsepsiyasi hisobga olindi va foydalanishga erishilgan;
dam olish muassasalarining fazoviy muhitida potensial yuzaga keladigan ijtimoiy jarayonlarning fazoviy-vaqtincha ifodalash xususiyatiga asoslangan bo'sh vaqt elementlarining (ijod qilish, sport, dam olish, tomoshalar) yangi tasnifi ishlab chiqilgan takliflar “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining boshqarma va bo‘linmalarida arxitektura-shaharsozlik loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 29 yanvardagi 06/1054-son ma’lumotnomasi). Natijada - shahar muhitini shakllantirishga fundamental yondashuv va shaharni barqaror rivojlantirish bosh rejalarida qo‘llaniladigan ijtimoiy infratuzilmani qayta tashkil etishning dastlabki sotsiologik konsepsiyasi hisobga olindi va foydalanishga erishilgan;
funksiyadan (ijodiy jarayon, tomoshalar, faol va passiv dam olish, sport) muhitga "to'g'ri (korrekt)" o'tishga asoslangan jamoat muassasalarining funksional-rejalashtirish tuzilmasini va asosiy binolar majmuasini aniqlash usuli taklif etilgan va buning natijasida "ijtimoiy makonlar matrisasi" ishlab chiqilgan takliflar  “O‘zshaharsozlikLITI” DUKning shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (“O‘zshaharsozlikLITI” DUKning 2024 yil 09 fevraldagi 1-07/155-1-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston shaharlarida qurilish ishlari qanday bo‘lishi lozimligi, ularning sifati va jihati haqida tushinchalar berishga erishilgan;
ijtimoiy jarayonlardan jamoat muassasalarining fazoviy tashkil etilishiga o‘tish metodologiyasiga, shuningdek, eng yirik va yirik shaharlardagi erkin muloqot tizimining tarkibiy modeliga asoslanib, ularning har birida turli faoliyat turlari bo‘yicha (funksional-uslubiy, ijodiy va ko‘ngilochar) dam olish muassasalaridan iborat maskanlarini rejalashtirish tuzilmasini shakllantirishning matrisali, grafo-analitik va jadvaliy kabi tamoyillari ishlab chiqilgan takliflar Mahalla telekanali Minbar ko‘rsatuvining 2024 yil 28 may kuni efirga uzatilgan sonida “Shaharsozlik va ekologiya: shaharlarda yashil hududlar va bog‘lar barpo etish, ularni xavo sifatini va odamlar xayotini yaxshilashdagi o‘rni” mavzusidagi ko‘rsatuvda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali Davlat muassasasining 2024 yil 5 iyundagi 01-13-392-son hamda 2024 yil 4 sentyabrdagi 13-11-537-son ma’lumotnomalari). Natijada O‘zbekiston shaharlarida qurilish ishlari qanday bo‘lishi lozimligi, ularning sifati va seysmik jihatdan bardoshliligi to‘g‘risida tushintirishlar berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish