Kadirov Bexzod Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston badiiy kinematografida vizual ifoda vositalari (yorug‘lik komponenti misolida)”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San275.
Ilmiy rahbar: Karimova Nigora Ganievna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor . 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019. San.51.01. 
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Azizova Omina Baxromovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston badiiy kinematografida vizual ifoda vositalari rivojida yorug‘lik komponentining o‘rnini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek badiiy kinosida yorug‘lik komponentining rivojida kinotasvirning estetik va vizual jihatlardan ijobiy ta’siriga ko‘ra, umumlashgan ekspozisiya, ichki montajli kadr, kadr ichki kontrasti darajasi, rapidli tasvir, yorug‘lik va optik filtrlar kabi kinooperatorlik vositalari yetakchilik qilgani dalillangan;
so‘nggi yuz yilda kinotexnologiyalar taraqqiyoti fonida yorug‘lik komponenti kino rassomlari, kinooperatorlar uchun asosiy ijodiy laboratoriya sifatida xizmat qilgani sababli film badiiy estetikasini boyitishda vizual tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etgani isbotlangan;
Markaziy Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan tabiiy yorug‘lik boshqa mintaqalardan quyosh nuri keskin burchak ostida akslanishi va uning diffuziyali yoyilishidagi farqi sababli O‘zbekiston zaminida suratga olingan filmlarning kadr kompozisiyasida kinotasvir muhitidagi nur va soya mutanosibligi, yorug‘likning izchilligi, tuslarning akslanishi va jilosi singari kinooptik tasvir uslublari birlamchi vosita bo‘lgani aniqlangan;
XX asr oxirida raqamli texnologiya va kompyuter dasturlari film yaratish jarayonida real dunyodan mustaqil, yangi virtual muhitli tasvir paydo qilishi va HD raqamli formatdagi kinotasvirga 3 o‘lchamli zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi natijasida milliy operatorlik maktabining virtual kinomuhitni yaratishdagi tasvirni aks ettiruvchi an’ana va uslublari takomillashgani, kinotasvirdagi ifodaviylikka va samaradorlikka ijobiy ta’sir etgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy filmlari vizual ifoda vositalari rivojida yorug‘likning o‘rnini tadqiq etish doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek badiiy kinosida yorug‘lik komponentining rivojida kinotasvirning estetik va vizual jihatlardan ijobiy ta’siriga ko‘ra, umumlashgan ekspozisiya, ichki montajli kadr, kadr ichki kontrasti darajasi, rapidli tasvir, yorug‘lik va optik filtrlar kabi kinooperatorlik vositalari yetakchilik qilgani dalillangani hamda XX asr oxirida raqamli texnologiya va kompyuter dasturlari film yaratish jarayonida real dunyodan mustaqil, yangi virtual muhitli tasvir paydo qilishi va HD raqamli formatdagi kinotasvirga 3 o‘lchamli zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi natijasida milliy operatorlik maktabining virtual kinomuhitni yaratishdagi tasvirni aks ettiruvchi an’ana va uslublari takomillashgani, kinotasvirdagi ifodaviylikka va samaradorlikka ijobiy ta’sir etgani bo‘yicha xulosalardan 2022-yil 23-fevraldagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “O‘zbek badiiy filmlar vizual ifodasi tarixiy bosqichi, vizual ifoda elementlari” mavzusida sara filmlar kadrlari fotolavhalaridan fotoko‘rgazma tashkil etishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 10-yanvardagi 3/1255-52-son ma’lumotnomasi). Natijada yorug‘lik va soya, umumlashgan ekspozisiya, ichki montajli kadr, kadr ichki kontrasti darajasi, rapidli tasvir, yorug‘lik va optik filtrlarga oid vizual ifoda vositalari, 3 o‘lchamli zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi natijasida kinoportretni yoritishda uning o‘rni, mohiyati va alohida xususiyatlari haqida keng auditoriyani xabardor qilish imkoniyatini bergan;
so‘nggi yuz yilda kinotexnologiyalar taraqqiyoti fonida yorug‘lik komponenti kino rassomlari, kinooperatorlar uchun asosiy ijodiy laboratoriya sifatida xizmat qilgani sababli film badiiy estetikasini boyitishda vizual tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etgani isbotlangani haqidagi xulosalardan 2018 yili suratga olingan “Yagona osmon ostida”, 2019 yili ishlangan “Mening Vatanim… Ona tuprog‘im” hujjatli filmlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”ning 2020-yil 14-dekabrdagi 01-15/117-son ma’lumotnomasi). Natijada hujjatli filmlar yosh avlodning estetikasi, ma’naviyati va milliy g‘ururini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan tabiiy yorug‘lik boshqa mintaqalardan quyosh nuri keskin burchak ostida akslanishi va uning diffuziyali yoyilishidagi farqi sababli O‘zbekiston zaminida suratga olingan filmlarning kadr kompozisiyasida kinotasvir muhitidagi nur va soya mutanosibligi, yorug‘likning izchilligi, tuslarning akslanishi va jilosi singari kinooptik tasvir uslublari birlamchi vosita bo‘lgani aniqlangani haqidagi xulosalardan 2021-yil O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston  tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021-yil 16-fevraldagi 02-40/232-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda badiiy filmlar ifoda vositalari, xususan, yorug‘likning kino muhitga ta’siri, kinoportretdagi yoritish porteturasi haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlarning estetik didini o‘stirish imkonini bergan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish