Raxmatov Baxtiyor Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali bavosilni jarrohlik davolash usulini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4705.
Ilmiy rahbar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Ibatullin Artur Albertovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
«LigaSure» zamonaviy elektrojarrohlik texnologiyalaridan foydalangan holda surunkali bavosilni jarrohlik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemorroidektomiyadan keyingi ikkilamchi qon ketishining oldini olish va ichki gemorroidal tugunlarni samarali yo‘qotish maqsadida LigaSure apparati yordamida miniinvaziv shilliqosti gemorroidektomiya usuli takomillashtirilgan;
LigaSure texnologiyasining qo‘llanilishi to‘qimalarning tez tiklanishiga olib kelib, reabilitatsiya davrini an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli darajada qisqartirishi bilan ilmiy jihatdan asoslangan;
surunkali bavosilni LigaSure apparati yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash Milligan–Morgan usulining NII proktologiya II modifikatsiyasiga nisbatan operatsiya vaqti, og‘riq sindromi, asoratlar chastotasi va kasallikning qaytalanishini kamaytirish bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishishi bilan ustunligi isbotlangan;
LigaSure qurilmasidan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan miniinvaziv gemorroidektomiya usuli II–IV bosqichdagi surunkali bavosilni tezkor va uzoq muddatli klinik barqarorlikka ega holda davolash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali bavosilni jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.11.2024 y. 09/34-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: gemorroidektomiyadan keyingi ikkilamchi qon ketishining oldini olish va ichki gemorroidal tugunlarni samarali yo‘qotish maqsadida LigaSure apparati yordamida miniinvaziv shilliqosti gemorroidektomiya usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3821-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.10.2024 y. 377-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ikkilamchi qon ketishining oldini olish uchun LigaSure apparati yordamida gemorroidektomiya usuli takomillashtirildi va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytiradigan surunkali bavosillarni ichki lokalizatsiyada shilliq osti gemorroidektomiya usuli asoslandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 2576480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. «LigaSure» bipolyar elektroxirurgiyasi yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1110500 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Surunkali bavosilni davolashda operatsiya bosqichlarida «LigaSure» qurilmasini qo‘llash orqali amalga oshirilgan yangi usullar yuqori samaradorlikka, patogenetik jihatdan asoslangan va radikal usullar bo‘lib, ular operatsiyaning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: LigaSure texnologiyasining qo‘llanilishi to‘qimalarning tez tiklanishiga olib kelib, reabilitatsiya davrini an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli darajada qisqartirishi bilan ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3821-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.10.2024 y. 377-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: LigaSure qurilmasi yordamida gemorroidektomiya to‘qimalarning tezroq tiklanishi bilan birga keladi, buning natijasida reabilitatsiya davri kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan «LigaSure» dan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Surunkali bavosilni davolashda «LigaSure» bipolyar elektrokoagulyasiyasini qo‘llash an’anaviy gemorroidektomiyaga qaraganda yaraning tezroq tiklanishini ta’minlaydi, shuning uchun reabilitatsiya davri qisqaradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali bavosilni LigaSure apparati yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash Milligan–Morgan usulining NII proktologiya II modifikatsiyasiga nisbatan operatsiya vaqti, og‘riq sindromi, asoratlar chastotasi va kasallikning qaytalanishini kamaytirish bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishishi bilan ustunligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3821-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.10.2024 y. 377-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali bavosilni ushbu bipolyar elektrokoagulyasiya apparati yordamida jarrohlik amaliyoti bilan davolash har tomonlama (operatsiya davomiyligi, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi, bemorning kasalxonada bo‘lish vaqti, asoratlarning chastotasi, vaqtincha nogironlik va kasallikning qaytalanishi) Milligan-Morgan usuli NII proktologiya II modifikatsiyasiga nisbatan ustunroq hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: «LigaSure» uskunasi yordamida gemorroidektomiya operatsiyasidan keyingi davrda og‘riqning intensivligining kamayganligi bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: «LigaSure» apparati yordamida amalga oshirilgan gemorroidektomiya Milligan-Morgan usuliga qaraganda samaraliroq bo‘lib, u yaqindagi (26,4% dan 10,6% ga) va uzoq muddatli (12,2% dan 2,7% ga) operatsiyadan kiyinoq muammolarning kamayishini ta’minlaydi, shuningdek, an’anaviy gemorroidektomiya bilan solishtirganda tizimli shikastlanishlar, sigap sifatidagi og‘riqlar va antikogulyantlardan foydalanishning kamayishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: LigaSure qurilmasidan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan miniinvaziv gemorroidektomiya usuli II–IV bosqichdagi surunkali bavosilni tezkor va uzoq muddatli klinik barqarorlikka ega holda davolash asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3821-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.10.2024 y. 377-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: LigaSure qurilmasi yordamida gemorroidektomiyaning ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan miniinvaziv usullaridan foydalanish II-IV bosqichdagi surunkali bavosilni tezda va uzoq muddatli davolashning yaxshi natijalarini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6893350 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: «LigaSure» apparati bilan ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan gemorroidektomiya usullari bilan surunkali bavosilni operatsiya qilish natijalaridan 94,1% dan 94,6% gacha yaxshi, 5,4% dan 5,9% gacha esa qoniqarsiz natijalar olindi. Bunga nisbatan nazorat guruhida yaxshi natijalar 84,4%, qoniqarsiz natijalar esa 6,7% tashkil etdi.