Egamov Dadajon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fibromialgiya sindromi: zamonaviy diagnostik yondashuvlar va davolashni optimallashtirish» 14.00.13 - Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2480.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Qilichov Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxadirova Munisa Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: K.I.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fibromialgiya bilan og‘rigan bemorlarni zamonaviy diagnostik usullar yordamida erta tashhislash va samarali davo usullarini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fibromialgiyaning klinik-nevrologik o‘ziga xos xususiyatlari hamda kuzatiladigan og‘riqning chastotasi va ifodalanganligi ushbu sindromning patogenetik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan;
fibromialgiyani erta tashxislashda laborator (laktat, serotonin) va instrumental (elektroneyromiografiya) tekshirish usullarining ahamiyati isbotlangan;
fibromialgiyaning klinik belgilari va laborator ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘liqligini (og‘riq va laktat orasida to‘g‘ri, psixo-emotsional holat va serotonin orasida teskari bog‘liqlik) patogenetik ahamiyati asoslangan;
o‘tkazilgan tahlillar asosida fibromialgiya sindromini patogenetik tashxislash va davolashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 2-dekabrdagi №04/12007 sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: fibromialgiyaning klinik-nevrologik o‘ziga xos xususiyatlari hamda kuzatiladigan og‘riqning chastotasi va ifodalanganligi ushbu sindromning patogenetik xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245 sonli, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 48/1 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlardagi klinik-nevrologik xususiyatlarni hamda miofatsial og‘riqning tez-tez uchrashi va uning qanday darajada ifodalanganligi ushbu sindromning patogenetik xususiyatlariga bog‘liq ekanligini aniqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot davomida klinik-nevrologik xususiyatlar, og‘riqning kuchi va takrorlanishi fibromialgiya sindromining patogenetik xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib, bu qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan voz kechish imkoniyatini yaratadi. Bu esa xar bir bemor uchun o‘rtacha 355000 so‘mni iqtisod qilishga, tadqiqotda ishtirok etgan 140 nafar bemor uchun umumiy hisobda 49700000 so‘m mablag‘ni tejash imkonin beradi. Xulosa: fibromialgiya sindromida klinik-nevrologik xususiyatlari ushbu sindromning patogenetik xususiyatlariga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bu esa kasallikning og‘irlik darajasini baholash va samarali davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirildi. Natijada, xar bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 136500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 355000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: fibromialgiyani erta tashxislashda laborator (laktat, serotonin) va instrumental (elektroneyromiografiya) tekshirish usullarining ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245 sonli, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 48/1 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislashda laborator va instrumental tekshiruv usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligini bilish imkonini beradi. Bu esa fibromialgiya sindromini erta tashxislash va kasallik rivojlanishining oldini olish, to‘g‘ri davolash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda fibromialgiya sindromini laborator (laktat, serotonin) va instrumental (elektroneyromiografiya) tekshiruv usullaridan foydalanib erta aniqlash imkoni paydo bo‘lib, qo‘shimcha (ortiqcha qon tahlillari va instrumental) tekshiruvlardan voz kechish imkonin beradi. Bu esa xar bir bemor uchun 430000 so‘mni iqtisod qilishga, tadqiqotda ishtirok etgan 140 nafar bemor uchun umumiy hisobda 60200000 so‘m mablag‘ni tejashga imkon berdi. Xulosa: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarni erta va aniq tashxislash mezonlari ishlab chiqildi. Ushbu tashxislash mezonlari bemorlarda fibromialgiya sindromining aynin qaysi turi kuzatilayotganligi, boshqa kasalliklardan differensial diagnostika qilish va shunga mos ravishda samarali davolash mezonlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirildi. Natijada, xar bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 195400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 430000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: fibromialgiyaning klinik belgilari va laborator ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘liqligini (og‘riq va laktat orasida to‘g‘ri, psixo-emotsional holat va serotonin orasida teskari bog‘liqlik) patogenetik ahamiyati asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245 sonli, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 48/1 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarda ushbu sindrom va bemorlardagi psixo-emotsional buzilishlar orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash fibromialgiyaning patogenetik ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish imkonin beradi. Ushbu o‘zgarishlar mutaxasislarga rivojlanib borayotgan fibromialgiya sindromining patogenezini yaxshiroq tushunishga, erta tashxis qo‘yishga va samarali davolash usullarini ishlab ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan bemorlardagi psixo-emotsional o‘zgarishlarni baholash orqali fibromialgiya sindromining asosiy patogenetik xususiyatlarini aniqlash va maqsadli davolashni tashkil etish imkonini berdi. Bu esa qushimcha invaziv va noinvaziv tekshiruvlardan voz kechishga olib keladi va xar bir bemor uchun 485000 so‘mni iqtisod qilish imkonin beradi. Tadqiqotda ishtirok etgan 140 nafar bemor uchun umumiy hisobda 67900000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarda ushbu sindrom va bemorlardagi psixo-emotsional o‘zgarishlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Ushbu natijalar fibromialgiya sindromining patogenezini yaxshiroq tushunish, uning oldini olish va maqsadli davolash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirildi. Natijada, xar bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 242000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 485000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tahlillar asosida fibromialgiya sindromini patogenetik tashxislash va davolashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245 sonli, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 48/1 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan tahlillar asoslagan holda fibromialgiya sindromini patogenetik tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan va samaradorligi isbotlangan. Bu esa mutaxasislarga fibromialgiya sindromini erta tashxislash va samarali davolash usullaridan foydalangan holda bemorlaning tezroq tuzalishi, turli xil asoratlarni oldini olishga va hayot tarzini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda ishlab chiqilgan erta patogenetik tashxislash hamda samarali davolash usullari fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarda qo‘shimcha tekshiruv va davolash usullariga bo‘lgan extiyojni kamaytirib, bemorlar sog‘ligini tiklash uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Bu esa xar bir bemor uchun 545000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Tadqiqotda ishtirok etgan 140 nafar bemor uchun umumiy hisobda 76300000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: fibromialgiya sindromi bilan og‘rigan bemorlarni patogenetik tashxislash va maqsadli davolash usullari ishlab chiqilgan. Bu esa fibromialgiya sindromini erta va to‘g‘ri tashxislash hamda samarali davolash usullaridan foydalanib, bemorlaning tezroq tuzalishi va hayot tarzini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati oshirildi va davolash xarajatlari kamaytirildi. Natijada, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 312700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 545000 so‘mgacha tejash imkoniyati yaratildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Egamov Dadajon Baxtiyor o‘g‘lining «Fibromialgiya sindromi: zamonaviy diagnostik yondashuvlar va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 2-dekabrdagi №04/12007 sonli xati yuborilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10-dekabrdagi 10/24 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosa olingan.