Sopaev Zinatning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Keksa yoshdagi bemorlarda son suyagi proksimal kismidan sinishlarda endoprotezlash”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2 PhD/Tib3618.
Ilmiy rahbar: Alimov Aziz Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tos-son bo‘g‘imi endoprotezlash uslublarini takomillashtirish yo‘li bilan keksa yoshdagi bemorlarda son suyagi proksimal sinishlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksalarda son suyagi proksimal sinishlarida AO/ATO klassifikatsiyasi bo‘yicha sinish turiga, densitometrik ko‘rsatkichlar va bemorning umumiy komorbid xolatiga qarab, chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash usulini tanlashga differensial yondashuv uchun imkon yaratuvchi optimal operativ davolash taktikasi asoslangan;
osteosintezning turli versiyalarini retrospektiv o‘rganish asosida ko‘p fragmentli nostabil turdagi proksimal son suyagi sinishlari va mineral zichligi past bo‘lgan bemorlarda qoniqarsiz davolash natijalari kam bo‘lakli va barqaror sinishlarni maloinvaziv Gamma tizimini qo‘llash orqali davolash natijalariga ko‘ra yuqori ekanligi isbotlangan;
son suyagining proksimal sinishlarida ikki yoki undan ortiq Kirshner sixlaridan foydalanib va sixlarning uchlarini tayanch sifatida pastga egish yo‘li orqali suyak bo‘laklarini mahkamlash asosida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash usuli ishlab chiqilgan;
son suyagining proksimal bo‘limi sinishlari mavjud 70 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarda total endoprotezlashga solishtirganda bipolyar endoprotezlash ishonarli tarzda 10% ga samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining ilmiy ishlanmani sog‘liqni saqlash tizimining boshqa muassasalariga joriy qilish haqidagi 2024 yilning 10 dekabrdagi 10-sonli qaroriga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: keksalarda son suyagi proksimal sinishlarida sinish xarakteri, suyak to‘qimasining mineral zichligi va komorbid sharoitga bog‘liq holda tos-son bo‘g‘imini endoprotezlashning eng optimal turini tanlash imkonini beruvchi tashhislash va davolash taktikasi asoslangan. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli markaz (12.06.2023g. №46), Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiy markazning Samarqand filiali (14.02.2024 g. №752) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaz (13.05.2024 g. №109-1/I) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: total endoprotezlash uslubini joriy qilish og‘riq sindromi jadalligini 10%ga kamaytirish, operativ aralashuv vaqtini 1,0-1,5 soatga qisqartirish, erta reabilitatsiya va tos-son bo‘g‘imi funksiyasining to‘liq tiklanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yumshoq to‘qimalar shikastlanishi kamligi, asoratlar uchrashi pasayishi, statsionar davo muddatlari qisqarishi, reabilitatsiya davri qisqarishi 80,9% holatlarda yaxshi natijalar olishga imkon beradi. Bir bemorning gospitalizatsiya davomiyligi 14 kundan 9 kungacha qisqardi, bu 1690 ming so‘m tejalishiga olib keldi (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra, statsionar davolashning 1 kunlik narxi 338 ming so‘mni tashkil qiladi); medikamentlar sarf-xarajati kamayadi (taxminan 110 ming so‘mga); qayta operatsiyalar yo‘qligi byudjet mablag‘larini 2390 ming so‘mga tejalishiga imkon beradi; bemorlarni reabilitatsiya xarajatlari (reabilitatsiyaning 1 kuni o‘rtacha 338 000 so‘mni tashkil qiladi); ishlab chiqilgan ko‘rsatmalardan foydalanish bemorlarning erta vertikalizatsiyasiga va erta reabilitatsiyani boshlashni tezlashtiradi, bu bemorlarning nogironligini kamaytiradi. Xulosa: keksalarda son suyagining proksimal bo‘limi sinishlarini tashhislash va davolash borasida isbotlangan taktikani qo‘llash bir bemorga nisbatan 5640000 so‘m tejalishiga sharoit yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Zweimuller alloclassic, Wagner turidagi uzun oyoqcha asosidagi tos-son bo‘g‘imi endoprotezlarining son komponentlari tizimi suyak fragmentlarini serklyaj va vintlar bilan barqaror fiksatsiyalashga imkon berishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli markaz (12.06.2023g. №46), Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiy markazning Samarqand filiali (14.02.2024 g. №752) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaz (13.05.2024 g. №109-1/I) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Zweimuller oyoqchasidagi texnik teshiklar katta ko‘st siniqlarini lavsan bilan fiksatsiyalash yoki sinish fragmentlari xarakteriga bog‘liq holda simli chok o‘tkazishga imkon berdi. Distal fiksatsiyalanadigan konussimon shakldagi oyoqchasi bor Wagnerning taftish tizimi serklyaj va transfragmentar vintlarni qo‘llash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan son komponenetlari tizimini amaliyotga tadbiq qilish taftishli reendoprotezlashni amalga oshirishni talab qiladigan soxta bo‘g‘im va son komponenetining nobarqarorligi kabi asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini berdi, ushbu asoratlarni davolash uchun, mos ravishda, taxminan 10000000 so‘m va 50000000 so‘m ishlatiladi. Xulosa: tos-son bo‘g‘imining Zweimuller alloclassic, Wagner endoprotezlarining son komponentlari tizimini qo‘llash orqali 1 bemorni davolaganda chamasi 25000000 so‘m xarajat talab qiladigan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: son suyagining proksimal sinishlarida ikki yoki undan ortiq Kirshner sixlaridan foydalanib va sixlarning uchlarini tayanch sifatida pastga egish yo‘li orqali suyak bo‘laklarini mahkamlash asosida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash usuli ishlab chiqilgan (“Ko‘p fragmentli sinishda tos-son bo‘g‘imini endoprotezlashda siniqlarni fiksatsiyalash uslubi”, № FAP 2423). Tadqiqot natijalari Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli markaz (12.06.2023g. №46), Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiy markazning Samarqand filiali (14.02.2024 g. №752) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaz (13.05.2024 g. №109-1/I) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: keksa yoshdagi bemorlarda bipolyar boshchali son komponentlarini qo‘llash operativ aralashuvning hajmi va davomiyligini 1-1,5 soatga qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: son suyagining prkosimal bo‘limi ko‘p fragmentli sinishida suyak siniqlarini taranglashtirilgan Kirshner sixlari bilan fiksatsiyalashni qo‘llash operativ aralashuvning hajmi va davomiyligini 1-1,5 soatga qisqartirish imkonini beradi, bu moliyaviy ekvivalentda 1792000 so‘mdan 2688000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: son suyagining proksimal bo‘limi ko‘p fragmentli sinishlarida suyak siniqlarini taranglashtirilgan Kirshner sixlari yordamida fiksatsiyalash usulini keksalarda qo‘llash operativ aralashuv hajmi va davomiyligi qisqarishiga, natijada moliyaviy chiqimlarning o‘rtacha 2000000 so‘mga tejalishiga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: son suyagining proksimal bo‘limi sinishlari mavjud 70 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarda total endoprotezlashga solishtirganda bipolyar endoprotezlash ishonarli tarzda 10% ga samarali ekanligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli markaz (12.06.2023g. №46), Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiy markazning Samarqand filiali (14.02.2024 g. №752) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaz (13.05.2024 g. №109-1/I) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bipolyar endoprotezlashning ustunliklariga quyidagilar taalluqli: operativ aralashuv vaqtini va qon yo‘qotishni kamaytirishi, bunda muolaja davomiyligi chamasi yarim soatga qisqaradi; maksimal tez reabilitatsiya; implantatlarning boshqa turlariga solishtirganda texnik jihatdan bajarilishi oddiyligi; manipulyasiyaning kam qiymatliligi; ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar olinib-solinadigan boshchali protezlarni taklif qilishadi, bu ma’lum bir bemor uchun implantatni tanlash masalasini engillashtiradi, shuningdek taftishli operatsiya masalasini oddiylashtiradi; protez yaroqlilik muddati katta; tos-son bo‘g‘imini total endoprotezlashga (ikki soatdan ko‘p davom etadi) solishtirganda bipolyar endoprotezlash operatsiyasi ancha tez (chamasi yarim soat) bajariladi va ham narkoz ostida, ham mahalliy anesteziya qo‘llanilgan holda bajarilishi mumkin, bu operatsiya total endoprotezlashga qaraganda ancha kam shikastli va kam energiya talab qiladigan usul. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bir bemorning gospitalizatsiya davomiyligi 14 kundan 9 kungacha qisqardi, bu 1690000 so‘m tejalishiga olib keldi (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra, statsionar davolashning 1 kunlik narxi 338 ming so‘mni tashkil qiladi); medikamentlar sarf-xarajati kamayadi (taxminan 110 ming so‘mga); qayta operatsiyalar yo‘qligi byudjet mablag‘larini 2390 ming so‘mga tejalishiga imkon beradi; bemorlarni reabilitatsiya xarajatlari (reabilitatsiyaning 1 kuni o‘rtacha 338000 so‘mni tashkil qiladi); bipolyar endoprotezlash usulini qo‘llash erta reabilitatsiya imkoniyatini oshiradi, bu esa bemorlarning nogironligini kamaytiradi. Xulosa: keksa va qari yoshdagi bemorlarda bipolyar endoprotezlashdan foydalangan holda tos-son bo‘g‘imini endoprotezlashning kam shikastli uslublarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Son suyagining prkosimal bo‘limi sinishlari mavjud 60 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda total va bipolyar endoprotezlashni qiyosiy tahlil qilish bipolyar boshchali tos-son bo‘g‘imi endoprotez tizimi samaradorligi ushbu yosh doirasida 10% dan baland.