Rasulova Dilbar Kamaliddinovnaning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insultli bemorlar reabilitatsion potensialini hisobga olgan holda insul`t yakunini bashoratlash va yangi neyroreabilitatsion dasturlar yaratish», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib353.
Ilmiy maslahatchi: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Koval`chuk Vitaliy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanova,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi insult o‘tkazgan bemorlar klinik-nevrologik xolatlari va komorbid kasalliklarini xamda reabilitatsiya potensialini xisobga olib, insult yakunini bashoratlash va bemor yaqinlari uchun insultli bemorlar bilan ishlash uchun yangi «Insultga yordam»  neyroreabilitatsion dasturini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor insult o‘tkazgan  bemorlarda Charlson komorbidlik indeksi bilan nevrologik xolat og‘irlik darajasi orasida korrelyasion bog‘liqlikni baholash orqali  insult o‘tkir davrida reabilitatsion potensial  aniklangan;
insult o‘tkazgan  bemorlarni xavf guruxlari bo‘yicha stratifikatsiyalash va reabilitatsiyaga yondashuv SSI indeksi va NIHSS shkalasini qo‘llash orqali optimallashtirilgan;
diabetik polineyropatiyali  insult o‘tkazgan  bemorlarda mavjud distal periferik tetraparezga markaziy gemiparez qo‘shilganligi sababli past reabilitatsion potensial isbotlangan;
ilk bor insultli bemorlarda NIHSS, CCI va Fugl-Mayer shkalasi ko‘rsatkichlari va  insul`tning o‘tkir davri asoratlarini oldini olishga qaratilgan  reabilitatsiya taktikasi ishlab chiqilgan; 
insultli bemorlar  reabilitatsiya davrining 3 oyida yosh (40-49 esh) va jins (erkaklar) kabi omillar reabilitision prognozga ta`siri aniklangan va 6-chi oyga kelib ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:    
Insultli bemorlar reabilitatsion potensialini hisobga olgan holda insul`t yakunini bashoratlash va yangi neyroreabilitatsion dasturlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor insult o‘tkazgan  bemorlarda Charlson komorbidlik indeksi bilan nevrologik xolat og‘irlik darajasi orasida korrelyasion bog‘liqlikni baholash orqali  insult o‘tkir davrida reabilitatsion potensial  aniklanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/306t-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Insultdagi komorbidlik va reabilitatsiya saloxiyatini prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024 yildagi 95AG‘-son xamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.05.2024 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usulda insul`tli bemorlarni  insult o‘tkir davridayoq   komorbid xolatlarni hisobga olib  bashorat qilish  reabilitatsion potensialini prognozlash imkonini beradi. Ya’ni bemorlardagi somatik kasalliklariga, komorbidlik indeksi yuqori  va nevrologik xolati og‘ir bemorlarga alohida ko‘proq ahamiyat berilsa, ular orasidagi o‘lim ko‘rsatkichi kamayadi. Iqtisodiy samaradorlik: insul`t o‘tkir davridayoq  klinikada davolanayotgan insul`tli bemorlar  komorbid xolatlari og‘irlik darajasini  baholanishi,  og‘ir  bemorlar parvarishiga ketadigan harajatlarni kamaytiradi. Xulosa: aniqlangan reabilitatsion prognozni bashoratlash usuli  reabilitatsiya  choralarni optimallashtirish imkonini  beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik:  insult o‘tkazgan  bemorlarni xavf guruxlari bo‘yicha stratifikatsiyalash va reabilitatsiyaga yondashuv SSI indeksi va NIHSS shkalasini qo‘llash orqali optimallashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/306t-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Insultdagi komorbidlik va reabilitatsiya saloxiyatini prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.   Mazkur takliflar  Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 02.05.2024 yildagi 95AG‘-son xamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.05.2024 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/30-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul insul`tli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ulardagi falaj, nutq buzilishi tufayli kommunikativ muammolar, somatik kasalliklariga axamiyat berib reabilitatsiya  bosqichlarini takomillashtirishga va kelgusida nogironlik darajasini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: o‘tkir insul`t davrida klinikada davolanayotgan insul`tli bemor parvarishi uchun  tibbiy hamshira  hizmati  37,5% ga  kamayishi iqtisodiy samara hisoblanadi. Xulosa: komorbidlik indeksi (SSI) va insul`t og‘irlik darajasini baholovchi  (NIHSS) o‘rtasidagi  kuchli ijobiy  bog‘liqlik   reabilitatsion prognozni bashoratlash  imkonini  beradi.
uchinchi ilmiy yangilik:  diabetik polineyropatiyali  insult o‘tkazgan  bemorlarda mavjud distal periferik tetraparezga markaziy gemiparez qo‘shilganligi sababli past reabilitatsion potensial isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/305t-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Insultdan keyingi harakat buzilishlari reabilitatsiyasida yangi innovatsion usullar samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi bo‘yicha 03.05.2024 yildagi U/011-76-son xamda Toshkent viloyati Parkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 1954-10-141-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan dastur  insul`tli bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ulardagi falaj, nutq buzilishi tufayli kommunikativ muammolar, somatik kasalliklariga axamiyat berib reabilitatsiya  bosqichlarini takomillashtirishga va kelgusida nogironlik darajasini kamaytirishga  qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: o‘tkir insul`t davrida klinikada davolanayotgan insul`tli bemor parvarishi uchun  tibbiy hamshira  hizmati  narhining kamayishi tufayli 937500 so‘m  sum usul qo‘llanilganda bir bemor uchun iqtisodiy samara hisoblanadi. Xulosa: insultdan keyingi harakat buzilishlari reabilitatsiyasida  gemiparezlar darajasini baholovchi Fugl-Mayer shkalasining   o‘zbek tiliga adaptatsiya qilingan  varianti  qulay «Insultga yordam» dasturidan foydalanish natijasida iqtisod qilingan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor insultli bemorlarda NIHSS, CCI va Fugl-Mayer shkalasi ko‘rsatkichlari va  insul`tning o‘tkir davri asoratlarini oldini olishga qaratilgan  reabilitatsiya taktikasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/305t-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan "Insultdan keyingi harakat buzilishlari reabilitatsiyasida yangi innovatsion usullar samaradorligini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi bo‘yicha 03.05.2024 yildagi U/011-76-son xamda Toshkent viloyati Parkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 1954-10-141-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan  “Insultga yordam” dasturi insul`tli bemorlar hayot sifatini ulardagi falaj, nutq buzilishi tufayli kommunikativ muammolarni yaxshilab, reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirishgani va nogironlik darajasini kamaytirgani uchun samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: insul`t o‘tkir davridayoq  «Insultga yordam»  dasturidan foydalanish  bemor yaqinlariga insul`t  og‘ir asoratlarini oldini olishda, og‘ir bemorlar  parvarishiga ketadigan harajatlarni kamaytirishda iqtisodiy samara beradi.  Xulosa: «Insultga yordam»  dasturi bemor yaqinlari uchun tayyor uslubiy yo‘riqnoma  bo‘lib xizmat qilgani, insul`t asoratlaridan  kontrakturalar, artrozlar,  og‘riqlar  darajasini  kamaytirgani uchun  samarali hisoblanadi. 
beshinchi ilmiy yangilik: insultli bemorlar  reabilitatsiya davrining 3 oyida yosh (40-49 esh) va jins (erkaklar) kabi omillar reabilitision prognozga ta`siri aniklangan va 6-chi oyga kelib ijobiy ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/305t-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan "Insultdan keyingi harakat buzilishlari reabilitatsiyasida yangi innovatsion usullar samaradorligini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi bo‘yicha 03.05.2024 yildagi U/011-76-son xamda Toshkent viloyati Parkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.05.2024 yildagi 1954-10-141-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan insultli bemorlar reabilitatsiya taktikasini tanlashda  NIHSS, CCI, Fugl-Mayer shkalasi ko‘rsatkichlari va «Insul`tga yordam» dasturi bilan  birgalikda takomillashtirilgan algoritmi insultdan keyingi og‘ir harakat buzilishlarini oldini olgani, insul`tli bemorlar hayot sifati yaxshilagani , nogironlik darajasi sezilarli kamaytirgani uchun samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: o‘tkir insul`t davrida klinikada davolanayotgan bir insul`tli bemor parvarishi uchun  tibbiy hamshira  hizmati  narhining 937500 so‘mga kamayishi, bir oy, yillar davomida olsak bir necha milliondan oshishi davlatimiz uchun iqtisodiy samaradir. Xulosa: NIHSS, CCI, Fugl-Mayer shkalasi ko‘rsatkichlari  va «Insul`tga yordam» dasturi bilan  birgalikda takomillashtirilgan algoritmi  insultdan keyingi og‘ir harakat buzilishlarini  oldini  olish natijasida iqtisod qilingan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish