Narzieva Dilfuza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ sohasidagi furunkul va karbunkullarni kompleks davolashni takomillashtirishda fitoterapiya bilan birgalikda antibakterial preparatni limfotrop usulda yuborish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1558.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: MARA Technological University (Malayziya).    
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fitoterapiya bilan birgalikda limfotrop usulda antibakterial preparatni kiritish orqali yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolashni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
prospektiv taxlillar asosida, yuz-jag‘ sohasida furunkul va karbunkullar (burun sohasida — 25%, yuqori labda — 18%; pastki labda —13%, lunj sohasida — 12,4%)  uchrash chastotasi aniqlangan;
qondagi biokimyoviy va immunologik o‘zgarishlarni tekshirish natijasi asosida ishonchli ma’lumotlar keltirilib, unga ko‘ra kasallikning boshlang‘ich davrida FI miqdori 2,3 baravar, LII ning miqdori esa 8,8 baravar ko‘payishi aniqlangan; 
antibiotikini limfotrop yo‘l bilan kiritish va  fitoterapiya bilan birgalikda qo‘llash kasallikning klinik kechishi va davolash natijalariga ijobiy ta’siri, ya’ni koyka kunlari 7-10 kundan 5-7 kungacha kamayishi  isbotlangan; 
yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolashda taklif qilingan kompleks davoni qo‘llash, bemorlarda jarohatlarni bitishi  an’anaviy davoga nisbatan 3-5 kunga qisqargani aniqlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 8 iyuldagi 02/11- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: prospektiv taxlillar asosida, yuz-jag‘ sohasida furunkul va karbunkullar (burun sohasida — 25%, yuqori labda — 18%; pastki labda —13%, lunj sohasida — 12,4%)  uchrash chastotasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkul tashxisi qo‘yilgan bemorlarda kasalliklarini uchrash chastotasi tahlil qilinib va ularni xavfli sohalarda uchrashi foizi yuqoriligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30.04.2024 yildagi 1156-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i,  Toshkent Davlat stomatologiya instituti klinikasining 30.01.2024 yildagi 12- sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11-sonli №11/37 yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni erta aniqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarda furunkul va karbunkullarni davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida bir bemorning davolanishiga o‘rtacha 360000 so‘m sarflansa, o‘rtacha davolashni hisobga olgan holda 70000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini davolashda limfotrop terapiyaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 16.04.24 y.da 60-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.  
ikkinchi ilmiy yangilik: qondagi biokimyoviy va immunologik o‘zgarishlarni tekshirish natijasi asosida ishonchli ma’lumotlar keltirilib, unga ko‘ra kasallikning boshlang‘ich davrida FI miqdori 2,3 baravar, LII ning miqdori esa 8,8 baravar ko‘payishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkul kasalliklarining rivojlanishi, klinik kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir etuvchi gematologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30.04.2024 yildagi 1156-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i,  Toshkent Davlat stomatologiya instituti klinikasining 30.01.2024 yildagi 12- sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11-sonli №11/37 yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolash samaradorligini qiyosiy baholash imkon beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarda furunkul va karbunkullarni davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida bir bemorning davolanishiga o‘rtacha 360000 so‘m sarflansa, o‘rtacha davolashni hisobga olgan holda 70000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini davolashda limfotrop terapiyaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 16.04.24 y.da 60-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: antibiotikini limfotrop yo‘l bilan kiritish va  fitoterapiya bilan birgalikda qo‘llash kasallikning klinik kechishi va davolash natijalariga ijobiy ta’siri, ya’ni koyka kunlari 7-10 kundan 5-7 kungacha kamayishi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarida tavsiya etilayotgan kompleks davolash usuli batafsil tavsiflangan va keltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30.04.2024 yildagi 1156-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i,  Toshkent Davlat stomatologiya instituti klinikasining 30.01.2024 yildagi 12- sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11-sonli №11/37 yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini davolashda taklif etilgan usul samaralidir va bemorlarning klinikadagi koyka kunlari 7-10 kundan 5-7 kungacha kamayishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarda furunkul va karbunkullarni davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida bir bemorning davolanishiga o‘rtacha 360000 so‘m sarflansa, o‘rtacha davolashni hisobga olgan holda 70000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini kompleks davolashda antibiotikli limfotrop terapiya va fitoterapiyani birgalikda qo‘llash imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 16.04.24 y.da 61-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolashda taklif qilingan kompleks davoni qo‘llash, bemorlarda jarohatlarni bitishi  an’anaviy davoga nisbatan 3-5 kunga qisqargani aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolashda limfotrop usul va mahalliy antiseptik Zub-pre ni qo‘llash bemorlarda jarohat bitishini tezlashtirish natijasida kasallik asoratlari rivojlanishini 95% kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30.04.2024 yildagi 1156-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i,  Toshkent Davlat stomatologiya instituti klinikasining 30.01.2024 yildagi 12- sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11-sonli №11/37 yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarda furunkul va karbunkullarni davolashda qo‘llaniladigan vositalarini oson topilishi, ta’sir darajasi yuqoriligi va arzonligi davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida bir bemorning davolanishiga o‘rtacha 360000 so‘m sarflansa, o‘rtacha davolashni hisobga olgan holda 70000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarini kompleks davolashda antibiotikli limfotrop terapiya va fitoterapiyani birgalikda qo‘llash imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 16.04.24 y.da 61-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya yuz-jag‘ sohasi furunkul va karbunkullarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish