Xojieva Shaxnoza Akramkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtika sanoati xodimlarini mehnat xavfsizligini oshirishga oid innovatsion texnik echimlar ishlab chiqish”, 05.10.01–Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD /T3193.
Ilmiy rahbar: Narziev Shovkiddin Murtozaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zulfikarieva Dilnoza Alisherovna, farmatsiya fanlari doktori (DSc), professor; Kamilov Xasan Mirzaxitovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi. Ishlab chiqarish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillaridan himoyalanishning tashkiliy-texnik usullarini ishlab chiqish orqali farmatsevtika sanoati xodimlarini mehnat xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika sanoati xodimlarining salomatligi va funksional holatiga ishlab chiqarish muhitidagi zararli va (yoki) xavfli omillarning ta’sirini inobatga olgan holda riskga asoslangan yondashuv asosida mehnat muhofazasining boshqaruv tizimi takomillashtirilgan;
farmatsevtika sanoati korxonalarida olib borilgan videoxronometraj va ijtimoiy so‘rov ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxsiz hodisalar va kasb kasalliklarini aniqlashda, xodimning yoshi, jinsi hamda sohadagi ish stajini inobatga olgan holda statistik va monografik tahlil qilish usuli takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillar ko‘rsatkichi sabab, yuzaga keluvchi baxsiz hodisalar va kasb kasalliklari yuzasidan yoʻqotilayotgan ish kunlarini aniqlashni matematik modeli ishlab chiqilgan;
farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillarni maxsus sezgir elementlar (sensorlar) yordamida aniqlash va ulardan xodimlarni vizual yoki akustik ko‘rinishda ogohlantirish, monitoring va nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmatsevtika sanoati xodimlarini mehnat xavfsizligini oshirishga oid innovatsion texnik echimlar ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Farmatsevtika sanoatida mehnat muhofazasini boshqarish tizimida ishlab chiqarishning alohida xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan mantiqiy sxemasi, farmatsevtika sanoatida mehnat muhofazasini boshqaruvi va tashkil etish tizimi hamda xavfli holat, xavfli hodisa yuzaga kelishini mehnatni muhofaza qilishga ta’sirini baholash imkoniyatini beruvchi boshqaruv jarayonidagi bir-biridan mustaqil uch turdagi statistik, monografik va ijtimoiy so‘rov tahlillari asosida baxsiz hodisalar va kasb kasalliklari sababli ish kunlarini yoʻqotilishining ijtimoiy-iqtisodiy zararni baholash usullari “Samarkand-England Eco-Medical” QK MChJga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 25-sentyabrdagi 02-28/21834-sonli ma’lumotnoma). Natijada farmatsevtika sanoatida mehnatni muhofaza qilishni to‘g‘ri tashkil qilish orqali ish kuni yoʻqotolishi kamayib 277,6 mln.so‘m ehtimoliy zarar iqtisod qilinishiga erishilgan;
Farmatsevtika sanoatida mavjud texnik qurilmalarning ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarishning zararli omillari ta’sirini kamaytirish, xodimlar salomatligini saqlash, mehnat unumdorligini oshishiga olib keladigan himoya qurilmasi “inson-ishlab chiqarish-muhit” tizimini inobatga olgan NAD-1 qurilmasi “Zuma-Pharma” MChJga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 25-sentyabrdagi 02-28/21834-sonli ma’lumotnoma). Natijada farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishning zararli omillari natijasida kasb kasalliklarini erta aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Ish o‘rinlaridagi zararli omillar ta’sirida ish kunlarining yoʻqotilishiga shovqin, titrash, yoritilganlik ko‘rsatkichining ta’sir darajasini baholovchi to‘rt faktorlik eksperimentning matematik modeli, ish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillar ta’siridan ogohlantirish, monitoring va nazorat qilish tizimi “Samarkand-England Eco-Medical” QK MChJga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 25-sentyabrdagi 02-28/21834-sonli ma’lumotnoma). Natijada farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘luvchi shovqining xodimlarga ta’sirini 56-59 dB gacha pasaytirishga erishildi. Shuningdek, mehnat muhofazasi tadbirlarini joriy etilishi natijasida korxonada yoʻqotilgan ish kunlari kamayib, iqtisodiy samaradorlik 238,9 mln. so‘m, har bir xodimga nisbatan 0,796 mln.so‘m ni tashkil etgan.