Atoev Dilshod Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun nolokal teskari masalalar”, 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/FM863
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.30/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Durdiev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori professor.
Rasmiy opponentlar: Ishankulov Tolib, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Safarov Jo‘rabek Shakarovich fizika-matematika fanlari doktori. Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integro–differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun nolokal boshlang‘ich va nolokal chegaraviy masalalardan yadroni aniqlash usullarni qurish va bu teskari masalalar echimlarining mavjudligi, yagonaligini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chegaralangan sohada integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun qo‘yilgan nolokal boshlang‘ich-chegaraviy masala echimining mavjud va yagonaligi haqidagi etarlilik shartlari topilgan;
integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun integral had qatnashgan nolokal boshlang‘ich-chegaraviy masala klassik echimining lokal mavjud va yagonalik shartlari o‘zgarmas koeffisientlarga bog‘liq ravishda isbotlangan;
integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun nolokal boshlang‘ich-chegaraviy, integral ko‘rinishdagi qo‘shimcha shartli masaladan vaqtga bog‘liq yadroni aniqlashning teskari masalasining lokal bir qiymatli echiluvchanligi isbotlangan;
nolokal boshlang‘ich va nolokal chegaraviy shartli integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasidan yadroni aniqlash teskari masalaning bir qiymatli echilishi, echimining global mavjudligi va yagonaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integro-differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun nolokal teskari masalalarga oid olingan ilmiy natijalaridan:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan IL-21071166 “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (2024 yil 17-dekabrdagi 1563-3-son ma’lumotnomasi). Jumladan, dissertatsiya ishida parabolik tipdagi integro-differensial tenglamalar uchun yadroni aniqlash nolokal teskari masalalarining bir qiymatli echiluvchanligi isbotlangan. Ushbu natijalardan loyihada shamol turbinalarining samarali ishlashi maqsadida tuzilgan matematik model tenglamalarining korrektligini tekshirishda foydalanilgan;
№122041100096-4. «Sotsiologiyada, geofizikada va muhandislik fanlarida matematik modellashtirish» mavzusidagi xorijiy fundamental loyihada teskari masalalarni tadqiq etishning taklif etilgan usuli qo‘llanilgan, qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan o‘rama ko‘rinishidagi yadroni aniqlash teskari masalalarida foydalanilgan (Yujniy Matematicheskiy Institut filial FGNBU FNS «Vladikavkazskiy nauchniy sentr RAN», 2024 yil 2-dekabr 141-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilganligi qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan nolokal shartlar yordamida o‘rama ko‘rinishidagi yadroni aniqlash va teskari masala echimining mavjudlik va yagonaligini isbotlash imkonini bergan.