Buzrikov Shovkat Naxalovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Neytron, gamma va elektron nurlanish ta’sirida LiF va NaCl kristallarida nanotuzilishlarning qayta o‘zgarishi”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/FM1197
Ilmiy rahbar: Ibragimova Elvira Memetovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: 
Baxramov Sadulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik;
Saidahmedov Kaxraman Xusanovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi optik jihatdan toza LiF va NaCl kristallarida tezlashtirilgan elektronlarning impulsli nurlari, reaktorning aralash neytron va gamma oqimlari va radionuklidlarning nurlanishi ta’sirida nanotuzilishlarning  o‘zgarish mexanizmlarini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta 5 MeV energiyali elektronlar va reaktorda n va γ nurlari bilan nurlangan LiF kristallarining sirt qatlamida, 1-5 mkm o‘lchamdagi kvadrat yoriqlar va nano-orollar ko‘rinishidagi kirishma fazalarining hosil bo‘lishi topilgan; ularning soni va o‘lchamlarining zarracha energiyasi, flyuens va nurlanish haroratiga bog‘liqliklari aniqlangan;
birinchi marta reaktorda 5·1015 dan 5·1017 n/sm2 gacha bo‘lgan flyuenslar bilan nurlantirilganda LiF kristalida tritiy hosil bo‘lishi (beta izotopi 3H1) va LiHLiT strukturaviy-fazali o‘zgarish natijasida uning kubik panjara doimiysi 0.07 nmga zichlashishi va LiH fazasi nanozarralari hajmining pasayishi aniqlangan;
ilk bor LiF va NaCl ning optik spektrlarida 7·105 R dan yuqori gamma-dozalarda ajratilgan F-markazning ma’lum bandi o‘rnida bo‘lingan dublet paydo bo‘lishi topilgan hamda LiF va NaCl uchun F-F markazlarining o‘zaro ta’siri, optik rezonansning tarqalishi va nochiziqli effektlar uchun javobgar bo‘lgan LiH va NaH nanozarrachalari va ularning Fn agregatlarining shakllanishi boshlanadigan chegaraviy masofalari mos ravishda 14,5 nm va 20 nm ekanligi aniqlangan;
birinchi marta Cl etishmasligi va NaClO3 nanofazasining shakllanishi bilan NaCl yuzasining dastlabki nostexiometriyasi aniqlangan: gamma va elektron nurlanish natijasida ularning o‘sishi, Cl vakansiya agregatlari o‘rnida NaH ning metall nanofazalari ip, bo‘rtma, chuqurchalar ko‘rinishida hosil bo‘lishiga va F markazlarining intensiv yutilish zonasi atrofida kuchli salbiy dispersiyani keltirib chiqarishiga olib keladi;
ion kristallarda neytron, elektron va gamma nurlanish ta’sirida boshlanadigan yadroviy hamda struktura-faza o‘zgarishlari bilan bog‘liq radiatsiyaviy-indusirlangan nanozarrachalar va nanotuzilmalar hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aralash neytronlar oqimi, -kvant va elektron nurlanish ta’sirida LiF va NaCl kristallarida nanostrukturalarning o‘zgarishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
LiF kristalini neytronlar bilan nurlantirishda tarkibi va o‘lchamlari dozaga bog‘liq bo‘lgan elektronlar, reaktorda n va -nurlanish oqimlari bilan nurlangan LiF kristallarining sirtga yaqin qatlamida nanoorollar shaklidagi kvadrat izlar va kirishma fazalarini aniqlash natijalari; reaktorda LiF ni nurlantirishda kubik panjara parametrlarini va LiH fazali nanozarrachalar hajmini kamaytirish; ajratilgan F-markazining ma’lum bandi o‘rnida 7·105 R dan yuqori -dozalarda LiF va NaCl ning optik spektrlarida dublet bo‘linish; F-F markazlarining o‘zaro ta’siri ularning Fn agregatlari va LiH va NaH nanozarralari hosil bo‘lishi bilan boshlanadigan aniqlangan maksimal masofalar; Cl tanqisligi bilan NaCl yuzasining dastlabki stixiometriyasi va NaClO3 nanofazasining shakllanishi, uning o‘sishi gamma va elektron nurlanish ostida iplar, bo‘rtmalar, izlar shaklida metall NaH nanofazalari hosil bo‘lishiga olib kelishi Rossiya Federatsiyasining “Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasida MIG-41 “Turli gaz muhitlarida gamma nurlarining konsentrlangan oqimlari bilan ishlov berishdan foydalangan holda funksional kompozit va polimer materiallarni yaratish modellari, usullari va raqamli texnologiyalari” (2021-2023) xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Rossiya Federatsiyasi Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti  2024-yil 15-noyabrdagi № 1167/UNI-sonli xati). Ilmiy natijalardan foydalanish engil yadrolardagi ehtimoliy yadro reaksiyalarini aniqlash va modifikatsiyalangan polimer kompozitlarining mexanik deformatsiyalariga olib keladigan strukturaviy o‘zgarishlar mexanizmini tushuntirish imkonini bergan;
neytron--nurlanishdan so‘ng 6Li ning a-emirilishi natijasida LiF ning panjarali siqilish bilan LiH®LiT strukturaviy-fazali o‘tishi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion plazmasi va lazer texnologiyalari institutida “Dielektrik va ferroelektrik kristallarda nochiziqli hodisalar, fazaviy o‘tishlar va elastik, fotoelastik va superion xossalarning anizotropiyasi” (01.01.2021–31.12.2021), fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 26 dekabrdagi № 2/1255-3270-sonli xati). Ilmiy natijalardan foydalanish kubik litiy ftorid kristallarining asosiy kristallografik tekisliklari va yuzalarida ixtiyoriy yo‘nalish bo‘yicha samarali Gryunayzen konstantalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish