Boboyorov Rasul Abdullo o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali yiringli o‘rta otitning jarroxlik davosini optimallashtirish», 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3283.
Ilmiy rahbar: Amonov Aminjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Burkutbaeva Tat`yana Nuridenovna, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va audiologik tadqiqotlar asosida surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda jarrohlik davo usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bolalarda klinik – funksional, nurli va mikrobiologik tekshirishlarga asoslanib, ilk bora surunkali yiringli o‘rta otitlarning klinik kechishi, qaytalanish va og‘irlik darajasi aniqlangan;
klinik-audiologik tekshiruvlar natijalariga asoslanib surunkali yiringli o‘rta otitli bolalarda turli xil jarrohlik usullarining samaradorligi asoslangan;
ilk bor surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda jarrohlik bajarilishi vaqtida va jarrohlikdan keyingi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlangan;
SYO‘O bilan og‘rigan bolalarda kasallikning kechishini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va davolash ketma-ketligi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosan: 
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda klinik – funksional, nurli va mikrobiologik tekshirishlarga asoslanib, ilk bora surunkali yiringli o‘rta otitlarning klinik kechishi, qaytalanish va og‘irlik darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlarga asoslanib, klinik amaliyotda bolalarda CYO‘O kechishining xususiyatlari haqidagi mavjud tasavvurlarni kengaytirishga muhim hissa qo‘shib, kasallik rivojlanishining klinik mexanizmlarini taxlil qilish, shuningdek, klinik-laborator va instrumental ma’lumotlar asosida CYO‘O bilan og‘rigan bolalarda kasallikning o‘ziga xos klinik belgilarini aniqlash og‘irlik darajasini bashoratlash uchun zarur. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalarda surunkali yiringli o‘rta otit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida to‘liq tashhislash, zaruriy bo‘lgan tekshirishlarni to‘g‘ri tanlash, keraksiz yoki ortiqcha tekshiruvlar bilan bemorlarni nurlantirish kabi holatlarni cheklash davo samaradorligini 84% ga oshganligi ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Surunkali yiringli o‘rta otitlarni kompleks tashxislash va davolashga yondashuvni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2025 yil 8 yanvardagi №182-sonli xat yuborilgan. Xulosa: bolalarda surunkali yiringli o‘rta otitlarni kompleks tashxislash uchun otooendoskopiya, otomikroskopiya va mikrobiologik ko‘rsatkichlar va nur tashxis tekshirishlarini qo‘llash, ularda kuzatiladigan yo‘ldosh kasalliklari, jumladan LOR a’zolari surunkali kasalliklarini aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan klinik va audiologik tekshiruvlar natijalariga asoslanib surunkali yiringli o‘rta otitli bolalarda turli xil jarrohlik usullarining samaradorligi asoslangan. Bolalarda surunkali yiringli o‘rta otilarni davolash uchun ishlab chiqilgan usul asosida zamonaviy baholash mazkur kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davo taktikasi to‘g‘ri tanlash, konservativ davo usullariga zamonaviy yondoshish, ulardan samarali natija olinmagan holatlarda kaminvaziv jarrohlik amaliyotini qo‘llash SYO‘Oli bemor bolalarda davo samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalarda surunkali yiringli o‘rta otit kasalligining avj olib ketuvchi shakllariga o‘tishini kamaytirish, ichki quloq va kallaichi kabi asoratlarini oldi olindi, tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishildi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SYO‘O ni davolashda timpanoplastika amaliyotini chakka mushagining ustki fassiyasi bilan bir vaqtda nog‘ora bo‘shlig‘ini shuntlash amaliyotini bajarish 94,7% holatda anatomik va 89,8% funksional natija beradi, shuningdek ularda eshitish darajasi 24,4 dB yaxshilanishiga imkon berdi. Tavsiya qilingan jarrohlik aralashuvining joriy qilinishi hisobiga takroriy statsionar davolanishlarning kamayishi hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 6450000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: bolalarda SYO‘O ni davolashda timpanoplastika amaliyotini chakka mushagining ustki fassiyasi bilan bir vaqtda nog‘ora bo‘shlig‘ini shuntlash amaliyotini bajarish  yuqori klinik samaraga erishish bilan birga, bemorlarda moliyaviy mablag‘i tejalishi, ularda qatnovlar sonining kamayishi va yosh bemor bolalar salomatligini saqlanishini ta’minlanadi va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim o‘rin egallaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda jarrohlik bajarilishi vaqtida va jarrohlikdan keyingi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlangan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib mazkur bemorlarda an’anaviy usul bilan bajarilgan usul yordamida qo‘yilgan bioto‘qimaning o‘rta quloq tizimida yopishib qolishi natijasida eshitish suyakchalarining harakatchanlik faoliyatini cheklab qo‘yishi va qo‘zg‘aluvchanlik funksiyasini pasayishi kuzatilgan. Ilmiy va amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar amaliyotida amalda qo‘llanilib kelinayotgan an’anaviy jarrohlik usullari natijasida bemorlarda ortiqcha aralashuvlar bo‘lishi, eshituv nayining o‘tkazuvchanlik faoliyatining tiklanmasligi, shuningdek, SYO‘O kasalligining qaytalanishi yoki avj olib qo‘zish davriga o‘tish jarayonlari kuchayib ketishiga olib kelishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shuni ta’kidlash lozimki, surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarda olingan katamnestik ma’lumotlarga asoslanib, taklif qilingan usul bo‘yicha kasallikning remissiya davrining o‘rtacha 11,2±0,3 oyga cho‘zilishi va residivlar sonining keskin kamayishi 1,1±0,03 va chakka mushagi fassiyasidan foydalanish ishonchli va xavfsiz usul bo‘lib, uning nojo‘ya ta’siri va noxush asoratlari juda kam holatlarda qayd qilinishi amalda isbotlandi. Xulosa: bolalarda kuzatiladigan surunkali yiringli o‘rta otitlarni kompleks davolash uchun tadbiq qilingan jarrohlik amaliyoti nog‘ora bo‘shlig‘i va yon a’zolarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni oldini olish va statsionar davolanish sonining kamayishi evaziga yuqori klinik samaraga erishish imkoniyatini yaratadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SYO‘O bilan og‘rigan bolalarda kasallikning kechishini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va davolash ketma-ketligi algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SYO‘O bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan jarrohlik usuliga asoslangan holda eshitish a’zosining shikastlanishini klinik, audiologik va nurli kompleks tashxisotlarining natijalarini inobatga olish ularda timpanoplastika amaliyotini asoratsiz bajarilishi va jarrohlikdan keyingi reabilitatsiya jarayonlarining yaxshilanishi uchun ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmi alohida ahamiyat kasb etishi bilan tafsiflanadi. Ilmiy va amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy va amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (07.11.2024 y.; №94), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (07.11.2024 y.; №150), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarrohlik amaliyotidan so‘ng kasallik uzoq vaqt muddatda o‘rganilganda, an’anaviy usuldan foydalanilgan gurux bolalarida suyak havo o‘tkazuvchanligi jarrohlikdan oldingi va yaqin muddat oralig‘idagi natijalar solishtirilganda ishonchli raqamlar qayd qilinmadi (R˃0,05). Shuningdek, SHI orasidagi farqlanishining o‘rtacha ko‘rsatkichi asosiy guruh bemorlarida 4,40±0,85 dBni tashkil qilsa, qiyosiy guruhda o‘rtacha 17,30±1,40 dB qiymatga teng bo‘lishi (P<0,001) zamonaviy tibbiyotda yanada afzalroq jarrohlik amaliyotini qo‘llashni isbotladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: timpanoplastika bajarilgan bolalarning dinamikada otomikroskopik kartinasi solishtirib ko‘rilganda (uzoq muddatda, 12-24 oy) chakka mushagidan olingan fassiya autotransplantat sifatida tabiiy nog‘ora pardasidan juda kam farq qilishi, uning harakatchan tebranishi, qo‘zg‘aluvchanlik va taranglik xususiyatlarining saqlanib qolishi, mavjud kulrang tusdan keyinchalik sadaf tusiga aylanishi qo‘llanilgan usulning an’anaviy usulga nisbatan ancha afzal va samarali ekanligini isbotladi. Shuningdek, bemorlarida transplantatning yopishish qobiliyati yaxshiroq bo‘lib, pardaning ko‘chib ketishi yoki ikkilamchi perforatsiya hosil bo‘lish kabi salbiy holatlar aniqlanmasligi iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini tafsiflaydi. Xulosa: SYO‘O li bolalarni tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan optimal klinik algoritm, timpanoplastika usulini tanlash va qo‘llaniladigan biomaterialni belgilab olishga imkon yaratadi, shuningdek, eshitish qobiliyatini tiklash va kasallikning qaytalanish ehtimolligini kamaytiradigan istiqbolli yondashish hisoblanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish